Kishinyov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q. x. → qishloq xoʻjaligi, 2 y. → 2 yil (3), -a.ni → -asrni (5) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Kishinyov''' — [[Moldaviya|Moldaviya Respublikasi]] poytaxti. Bik daryosi (Dnestrning oʻng irmogʻi) sohilida. Kishinyov stansiyasi Yanv.ningYanvarning oʻrtacha temperaturasi —3,5°, iyulniki 21,5°. Aholisi 700 ming kishi (1990-yillar oxiri; shahar maʼmuriyatiga boʻysoʻngan aholi punktlari bilan birga). K.da 3 shahar tumani bor.
 
Hozirgi K. oʻrnida katta qishloq boʻlganligi haqidagi dastlabki maʼlumot 1466 yilga mansub. 17-asrning 2-yarmida K. shaharga aylangan. 16-asr boshlaridan 1812 yil gacha Moldaviya knyazligi tarkibida Turkiyaga qaram boʻlgan. 1812 yilda Rossiya imperiyasi Bessarabiyani bosib olgan. 1818 yildan K. — Bessarabiya viloyati markazi. 1873 yildan yangidan tuzilgan Bessarabiya gubernyasi tarkibiga kirgan. K.da 1918 yil 1(14) yanvar da shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. Oʻsha yili yanvarda shahar Ruminiya tasarrufiga oʻtdi. 1940 yil 2 avg .daavgustda Moldaviya Sovet Respublikasi toʻzilgach, K. uning poytaxti, 1991 yilda shoʻrolar imperiyasi qulagach, mustaqil Moldaviya Respublikasi poytaxti boʻldi.
 
K.da mashinasozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, savdo va oziq-ovqat sanoati jihozlari, sovitkichlar, elektr oʻlchash priborlari, televizorlar va boshqalar), oziqovqat (vino, meva-sabzavot konserva, tamaki), yengil (koʻn poyabzal, trikotaj va boshqalar) kimyo, yogʻochsozlik (shu jumladan, mebel) sanoati korxonalari bor. Moldaviya FAFanlar akademiyasi, 7 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Moldaviya universiteti), 5 teatr, 9 muzey (shu jumladan, oʻlkashunoslik, tarix, badiiy, A. S. Pushkin muzeylari) mavjud. Cherkov (18-asr), kafedrali sobor (19-asr) va Zafar toki (hozir Gʻalaba toqi; 19-asr) saqlangan. 60—80-yillarda yangi sanoat va turar joy binolari qurilgan.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==