Parij: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k removed Category:Geografiya using HotCat
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 34:
| ilovalar =
}}
'''Paris''' — [[Fransiya|Fransiyaning]] poytaxti. Mamlakatning eng muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Dunyodagi eng katta va goʻzal shaharlardan. Il-deFrans tarixiy viloyatining bosh shahri. Sena daryosi sohilida. Ikdimi yumshoq, moʻʼtadil, dengiz iqlimi. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha temperaturasi 3,4°, iyulniki 18,8°. Yillik yogʻin 645 mm. Aholisi 2,2 mln. kishi (2013). Atrofidagi shaharlar bilan Katta P.ni tashkil etadi (aholisi 8,7 mln. kishi).
 
Miloddan avvalgi 1-asrda hozirgi P. oʻrnida gallar qabilasi boʻlgan pariziylarning Lyutetsiya qishlogʻi bor edi; rimliklar davrida yirik savdo markazi, milodiy 3—4asrlarda Pariziya deb atalgan (Parij nomi shundan olingan). 497 yildan frank qirollari qarorgohi. Karolinglar davrida — faflik markazi. 885—886 yillarda P. normannlar qamaliga bardosh bergan. 987 yildan P. fransuz qirolligi poy-taxti. 14—15-asrlarda P. bir qancha xalq harakatlari maydoniga aylangan. Yuz yillik urush davrida (1337—1453) P. inglizlar tomonidan bosib olinib, 1436 yilgacha ular qoʻlida boʻlgan. 16-asrdagi diniy urushlarda P.ning siyosiy mavqei kuchaydi. 17-asrning oʻrtalarida, ayniqsa, 18-asrda P. Yevropaning mada-niy markaziga aylangan. Fransiya— [[Prussiya]] urushi (1870—71) davrida P.ni nemis qoʻshinlari bosib oldi. Ikkinchi jahon urushi davrida P. gitlerchilarga qarshilik koʻrsatishning yirik markazlaridan biriga aylandi. Shahar 1944 yil 19—25 avg .daavgustda ulardan ozod qilindi.
 
P. mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 1/4 qismini beradi. Sanoatning yetakchi tarmoklari: mashinasozlik (xususan, avtomo-bilsozlik, elektrotexnika va elektropika) va metallsozlik. Samolyotsozlik, stanoksozlik, aniq mexanika va optika buyumlari ishlab chiqarish, harbiy sanoat ham salmoqli oʻrin egallagan. Kime sanoatida rezina, dori-darmon, fotomateriallar ishlab chiqariladi. P.da tayerlangan galantereya va parfyumeriya hamda zargarlik buyumlari, tayyor kiy-imlar, safar anjomlari, turistlar uchun esdalik buyumlari dunyoga mashhur. Tikuvchilik, qogʻoz, poligrafiya, mebel, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Turistlar koʻp keladi.
Qator 42:
P. — transport yoʻllarining yirik tuguni, dare porti. Shahardan I tomonga radial ketgan t.yillar 2 qator xalqa yoʻl bilan birlashtirilgan. 3 ta yirik aeroport bor. P.da 1900 yildan metropoliten ishlamoqda.
 
Shahar radial-halqasimon qilib planlashtirilgan. Bir-biriga bogʻlanib ketgan, shaklan oʻziga xos ansambllar sistemasi sha-har qiyofasiga alo-hida husn bagʻishlaydi. Shaharning qad. markazi Site o. boʻlgan. Bu yerda gotika uslubida qurilgan Bibi Maryam ibodatxonasi (Notr-Dam, 1163—1257), Sent-Shapel butxonasi (1243—48) kabi yodgorliklar saqlangan. 16—17-asrlarda P. salo-batli poytaxt qiyofasiga kirgan. Koʻchalar, maydonlar plan asosida qurilgan. Luvr (1546—19-asr oʻrtalari), Lyuksemburg saroyi (1615—21), Sorbonna un-tiuniversiteti va uningcherkovi (1629—53), Nogironlar uyi (1671—76), Nogironlar sobori (1680—1706), Vogezlar maydoni (1606—12), Val-degras monasti-ri(1645—71) bunyod etilgan. 18-asr va 19-asr boshlarida P. markazida ulkan may-don barpo etildi. U Luvr maydonini, Karusel (1806) maydonidagi arkni yangi Rivoli koʻchasi, Tyuilri bogʻi, Yelisey maydoni, de Goll maydonidagi Zafar darvozasi (1806—37) bilan birlashtiradi. Shu r-nningrayonning gʻarbida turar joy kvartallari joylashgan. U Bulon oʻrmoniga borib taqaladi. Daryoning chap sohilida Panteon (1758— 90), Burbonlar saroyi (18—19-asrlar), Grand-Opera teatri binosi (1860—75), Eyfel minorasi (1889) qad koʻtargan. 20-asrda P.da zamonaviy meʼmorlik uslubida Mars maydoni (1908—28), Shayo saroyi (1936), 60-yillarda va 70-yillarning boshlarida YUNESKO binosi va boshqa yangi majmualar bunyod etildi. Sena daryosiga 60 dan ziyod koʻprik qurilgan.
 
P.da mamlakatning yetakchi ilmiy tadqiqot in-tlariinstitutlari va oliy oʻquv yurtlari joylashgan. Parij (Sorbonna) un-tiuniversiteti (13-asr), Fransiya kolleji, konservatoriya, konchilik, sanʼat maktablari, qishloq xoʻjaligi in-tiinstituti, Fransiya in-tiinstituti (tarkibida 5 akademiya mavjud), muzeylar (Luvr muzeyi va boshqalar), 60 dan ziyod teatr (jumladan, "GrandOpera", "Komedi Fransez"), konsert zallari, yirik ku-tubxonalar, kosmosni tadqiq qilish markazi, telemarkaz va boshqa bor. Shaharda sanoat va savdo birlashmalari, yirik mahalliy va xorijiy banklar, davlat maʼmuriy-boshqaruv idoralari, siyo-siy partiyalarning rahbarlik organlari va h.k. joylashgan. Har yili P.da savdo yarmarkalari oʻtkaziladi. P.da 1900 va 1924 yillarda 2- va 8-olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan. Shahar atro-fida oʻrmonlar saqlangan.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
[[Tasvir:Paris Night.jpg|thumb|left|400px]]