Sarayevo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
[[]]
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Sarayevo''' — [[Bosniya va Gersegovina]] poytaxti. Togʻ oraligʻidagi soylikda, Milyaska daryosi boʻyida joylashgan. Aholisi 360 ming kishi (1997). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning yirik savdo va sanoat markazi. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, elektrotexnika, radioelektronika), kimyo, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan, gilam toʻqiladi. Fan va sanʼat akademiyasi, universitet (1946), ilmiy tadqiqot intlariinstitutlari, kutubxonalar, kartinalar galereyasi, muzey vateatrlar bor. Turizm markazi. Shahar yaqinida Ilija kurorti joylashgan. Shahar 1244 yildan Vrxbosna nomi bilan maʼlum. 1435 yildan Usmonli turklar qoʻl ostida boʻlgan. 1507 yildan S. (turkcha Saray — saroy) deb atalgan. S.da Sharq meʼmorligi uslubida kurilgan Hisravbek masjidi (1531), Aliposhsho masjidi (1561) saqlangan. Zamonaviy maʼmuriy va turar joy binosi koʻp. S. kishki sport oʻyinlari markazi. 1984 yilda 14qishki Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==