Malabo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Malabo''' (1973 yilgacha Santa-Isabel) — [[Ekvatorial Gvineya]] Respublikasi poytaxti. Bioko orolda joylashgan. Ikdimi ekvatorial iqlim, yillik oʻrtacha temperatura 25,4°; yiliga 200 mm chamasida yogʻin yogʻadi. Aholisi 40 ming kishidan ziyod. Shaharga 19-asrning 20-yillarida inglizlar tomonidan asos solingan. 1843 yilgacha Port-Klarens, oʻsha yildan Santa-Isabel deb atalgan. 1968 yilgacha Ispaniya mustamlakasi Gvineyaningmaʼmuriy markazi boʻlgan, 1968 yil 12 oktabrdan mustaqil Ekvatorial Gvineya Respublikasi poytaxti. 1973 yildan mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon boshchisi, qabila boshligʻi nomi bilan M.Malabo deb atala boshladi.
 
M.Malabo — Gvineya qoʻltigʻidagi port (kakao, kofe, mevalar eksport qilinadi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Taxta tilish va yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Palma moyi va sovun ishlab chiqariladi. Kutubxonalar, muzeylar bor. M.daMalaboda hukumat idoralari, prezident saroyi joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==