Oʻzbekiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 1:
{{Maʼnolari|Oʻzbekiston (maʼnolari)}}
'''Oʻzbekiston''' (rasman: '''Oʻzbekiston Respublikasi''') — [[Oʻrta Osiyo]]ning markaziy qismida joylashgan mamlakat. Oʻzbekistonning [[poytaxt]]i — [[Toshkent]] shahri boʻlib, davlat tili — [[Oʻzbekoʻzbek tili]] hisoblanadi. Maydoni — 448,978<ref name="Сведения о Республике Узбекистан"/> km<sup>2</sup>. Aholi soni (2018) — ↗32.979.000<ref>Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po statistike : Informatsionnaya slujba Goskomstata : Demograficheskie dannie — [http://www.stat.uz/press/1/3399/ Novosti GKS]</ref>. Pul birligi — [[soʻm]]. Oʻzbekiston Respublikasi 12 ta [[Viloyatlar|viloyat]], [[Toshkent|Toshkent shahri]] va [[Qoraqalpogʻiston|Qoraqalpogʻiston Respublikasidan]] iboratdir, shuningdek, davlat mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat ham hisoblanadi. Oʻzbekiston [[Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi|MDH]], [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]], YXHT, va [[Shanxay Hamkorlik Tashkiloti|SHHT]] aʼzosidir. Oʻzbekiston qirgʻoqqa ega bo'lmagan besh mamlakat bilan, yaʻni: shimoldan [[Qozogʻiston]]; shimoli-sharqdan [[Qirgʻiziston]]; janubi-sharqdan [[Tojikiston]]; janubdan [[Afgʻoniston]]; va janubi-gʻarbiy qismida [[Turkmaniston]] bilan chegaradosh.
{{Oʻzbekiston_info}}
Oʻzbekiston iqtisodiyoti [[bozor iqtisodiyoti]]ga bosqichma-bosqich oʻtadi, tashqi savdo siyosati import oʻrini bosishga asoslangan. 2017-yil sentabrida mamlakat valyutasi bozor kursi boʻyicha toʻliq konvertatsiya qilinmoqda. Oʻzbekiston [[paxta]] tolasini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi yirik korxonadir. Mamlakatda shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin koni mavjud. Sovet davridagi ulkan energiya ishlab chiqarish qurilmalari va [[tabiiy gaz]]ni yetkazib berish bilan Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik elektr ishlab chiqaruvchisi boʻldi.