Surxondaryo viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 122:
 
== Transporti ==
Viloyatda temir yo'l transportining salmogi katta. Surxondaryoda dastlabki temir yo' 1915 yilda (Kogon— Termiz) qurilgan. Bu viloyatni boshqa regionlar bilan bogʻlaydigan dastlabki muhim yoʻl boʻldi. 1925 yilda 248 km li Termiz—Dushanba temir yo'lni qurishga kirishildi. Bu yoʻlning qurilishi Termizni Oʻrta Osiyoning yirik shaharlari — Toshkent va Dushanba bilan bogʻladi. 1971 yilga kelib Surxondaryo viloyatini Tojikistonning jan. tumanlari bilan bogʻlovchi Termiz—Qoʻrgʻontepa — Yavan temir yo'ini qurishga kirishildi. Gʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon t.yilningtemir yoʻlning qurilishi yakunlanmoqsa. Amudaryo ustidan Hayraton temir yo' koʻprigi qurilgan. Viloyat hududidan Moskva — Dushanba, Ashxobod — Dushanba temir yo'llari oʻtgan. Termiz — Toshkent, Termiz — AmuZang, Termiz — Sariosiyo, Termiz — Boldir yoʻnalishlarida poyezdlar kdtnaydi. Shuningdek, Termiz orkali Dushanba — Astraxon, Dushanba — Konibodom, Qoʻrgʻontepa — Konibodom, Koʻlob — Astraxon yoʻnalishlarida poyezdlar qatnaydi. Viloyatdagi t.yillarningtemir yoʻllarning uz. 300 km. Viloyatning ichki transport aloqalarida avtomobil yoʻlining ahamiyati juda muhim. Surxondaryo viloyatidagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllarning uz. 2,7 ming km. Viloyatning asosiy avtomobil yoʻli —Katta Oʻzbekiston traktoʻ. Avtomobilda mamlakatlararo yuk tashish xizmati korxonasi yuklarni qoʻshni Afgʻonistonga yetkazib bermoqda. Surxondaryo viloyatining yirik shaharlari (Termiz va Denov)dan bir qancha xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekistonning ichki tumanlariga avtomobil transporti qatnaydi. Termiz — Qarshi, Termiz — Hayraton (Afgʻoniston), Termiz — Dushanba, Termiz — Toshkent, Denov — Qarshi, Denov — Shahrisabz, Denov — Gʻuzor, Denov — Urganch, Denov — Samarqand yoʻnalishlari shular jumlasidan.
 
Surxondaryo viloyatida respublikada yagona boʻlgan Termiz dare porti joylashgan. Termiz va Sariosiyoda aeroport bor. Termiz aeroportidan Toshkent, Moskva, Ashxobod, Olmaota, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon va boshqa yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.