Jizzax viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 65:
 
== Tabiati ==
Relyefi togʻlik, qir va tekisliklardan iborat. Janubiy qismini Turkiston tizmasining tarmoqlari (Molguzar tizmasi), gʻarbini Nurota tizmasining sharqiy qismi egallagan. Shim., shimoli-gʻarbi va sharqiy qismi (Mirzachoʻl va Qizilqum choʻlining janubi-sharqi) tekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi –G dan —4° gacha, iyulniki 28°. Togʻ oldilarida iqlim choʻl va dashtlarga nisbatan yumshoq. Yillik yogʻin viloyat janubida 400–500 mm, shimolida 250– 300 mm. Vegetatsiya davri 210—240 kun. Yillik quyoshli kunlar 2800—3000 soat. Eng yirik daryolari — Sangzor, Zominsuv. Togʻlardan oqib tushuvchi soy koʻp. Ekinlarni sugʻorish uchun Tuyatortar kanali, 1- va 2-Jan.Janubiy Mirzachoʻl kanallari, Jizzax, Zomin, Qorovultepa suv omborlari qurilgan. 2001 yilda Arnasoy suv ombori qurila boshlandi. Arnasoy, Aydarkoʻl va Tuzkon koʻllaridan baliqchilikda foydalaniladi. Togʻ yon bagʻirlarida yovvoyi jiyda, archa, bodom, yongʻoq, naʼmatak, zira, rovoch, zirk kabilar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan oq tirnoqli ayiq, chiyaboʻri, tulki, quyon, qobon, boʻrsiq, jayra uchraydi; burgut, lochin, qora turna, bulduruq, tuvaloq, tustovuq, qirgʻovul, yovvoyi oʻrdak, kaklik kabi qushlarning 150 dan ortiq turi mavjud. Viloyatda Zomin milliy bogʻi, Zomin va Nurota davlat quriqxonalari tashkil qilingan.
 
Tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqor boʻlgan shifobaxsh mineral suvlar bor. Gʻallaorol, Forish, Mirzachoʻl tumanlarida balneologik sanatoriylar faoliyat koʻrsatadi. Sulfatxlorid natriyli Chimqoʻrgʻon balchigʻidan fizioterapiya va davolash profilaktika muassasalarida foydalaniladi.