Novosibirsk viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Novosibirsk viloyati''' - [[Rossiya|Rossiya Federatsiyasi]] tarkibidagi viloyat. 1937 yil 28 sentabrda tashkil etilgan. Gʻarbiy Sibirning janubi-sharqida joylashgan. Gʻarbiy Sibir iqtisodiy rnirayoni tarkibida. Maydoni 178,2 ming km². Aholisi 2744,0 ming kishi (2000), asosan, ruslar, shuningdek, nemis, ukrain, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 30 maʼmuriy tuman, 14 shahar va 18 shaharcha bor. Markazi – Novosibirsk shahri
 
Novosibirsk viloyati asosan, Ob va Irtish daryolari oraligʻida joylashgan. Vasyuganye te-kisligining janubiy qismini, Baraba payettekisligini egallaydi, sharqda Salair kryajiga tutashgan. Yer yuzasi tekislik, balandligi 150–200 m, viloyatning faqat sharqiy qismida balandligi 300–350 m boʻlgan Salair kryajining etaklari bor (eng baland joyi 498 m). Foydali kazilmalari: tabiiy gaz, neft, tosh-koʻmir, torf, oltin. Iklimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi janubida –16° gacha, shimolida –20° gacha. Ii-liga 300–350 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri shimolida 146, janubida 160 kun. Asosiy daryosi – Ob. Ob daryosida Novosibirsk suv ombori va GES bor. Koʻl koʻp. Novosibirsk viloyati qududining 28% botqoqlik. Tuproqlari podzol, sur tusli, va oʻrmon, qoratuproklar. Katta maydonni asosan, igna bargli oʻrmonlar egallaydi. Yovvoyi hayvonlardan shimol bugʻusi, los, silovsin, yelik, rosomaxa, qunduz, boʻri, tulki, quyon, oq tovushqon, gʻoz, oʻrdak, koʻllarda ondatra, suv kalamushi bor.