Vologda viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Vologda viloyati''' – [[Rossiya Federatsiyasi]] tarkibidagi viloyat. 1937 yil23 sentabrda tuzilgan. Vologda viloyatida 15 shahar va 14 shaharcha bor. Mayd.Maydon 145,7 ming km{{sup|2}}. Aholisi 1367 ming kishi (1999). Markazi – Vologda shahri Vologda viloyatining yer yuzasi tekislik. Qazilma boyliklari: torf, qoʻngʻir temirtosh, oʻtga chidamli gil, kvars qumlari, osh tuzi va mineral buloqlar. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi – 14°, iyulniki 18". Yiliga 500 mm yogʻin tushadi. Eng yirik daryolari: Suxona, Yug, Mologa, Sheksna va b. Vologda viloyatidan Volga-Boltiq suv yoʻli va Shimoliy Dvina kapali oʻtadi. Koʻllari: Onega, Beloye, Kubena. Janubi-gʻarbida Ribinsk suv ombori bor. Tuproklari chimli-podzol, allyuvial va chimli karbonatli, botqoq tuproqlar. Mayd.ning 70– 80% oʻrmon, 12% botqoqlik.
 
Vologda viloyati Rossiya Federatsiyasidagi eng yirik yogʻoch tayyorlash va yogʻochsozlik sanoati rayonlaridan biri. Yirik sellyuloza-qogʻoz kombinatlari, qogʻoz, karton fabrikalari, fanera korxonalari bor. Qora metallurgiya (Cherepovesda metallurgiya kombinati, Velikiy Ustyugda quyish-mexanika zavodlari) yetakchi tarmoq hisoblanadi. Mashinasozlik (Cherepoves, Vologda), metallsozlik (arra, yogʻoch tilish ramalari, sudrash traktorlari, qogʻoz tayyorlash mashinalari va b. ishlab chikariladi), oʻrmon kimyosi, yengil sanoat ham muhim oʻrin tutadi. Oziq-ovqat sanoatida chorvachilik mahsulotlaridan sut, goʻsht, yogʻ, pishloq tayyorlanadi. Koʻllardan baliq ovlanadi. Badiiy hunarmandchilik (krujevo toʻqish va b.) rivojlangan.