Qozogʻiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
{{Qozogʻiston maʼlumotlari}}
'''Qozogʻiston''' yoki '''Qozogʻiston Respublikasi''' ({{lang-kz|Қазақстан, Qazaqstan, Қазақстан Республикасы, Qazaqstan Respublikası}}) – Maʼmuriy jihatdan 14 viloyat, viloyatlar audan (tuman)larga boʻlinadi. Poytaxti – [[Ostona]] shahri. [[Birlashgan Millatlar Tashkiloti|BMT]] aʼzosi. Qozogʻistonning katta shaharlari [[Olmota]], [[Chimkent shahri|Chimkent]], [[Qaragʻandi]] , [[Taraz]], [[Aqtoʻbe]]. Yer maydoni boʻyicha (2 mln 724,9 ming km²) jahonda 9-oʻrinda turadi.
Beshta davlat bilan chegaradosh, Shimol tarafida [[Rossiya]] bilan – 6 467&nbsp;km, janubida – [[Turkmaniston]] – 380&nbsp;km, [[Oʻzbekiston]] – 2 300&nbsp;km va [[Qirgʻiziston]] – 980&nbsp;km, sharqida – [[Xitoy]] bilan – 1 460&nbsp;km chegaradosh. Umumiy quruqlik chegarasining uzunligi – 13392,6&nbsp;km<ref name="Yearbook2011">[http://www.stat.kz/publishing/20111/Kazaxstan%20v%20sifrax%20rus.pdf Kazaxstan v sifrax-2011]</ref>. Gʻarbiy tarafida [[Kaspiy dengizi]] va janubida [[Orol dengizi]] suvlari yuvib turadi.<ref name="source1">Qazaqstan Respublikasi Prezidentіnің resmi sayti, http://www.akorda.kz/kz/kazakhstan/general_information/general_information_about_the_republic_of_kazakhstan, 2011-yilning 8-iyul kuni tekshirildi</ref>
 
Qator 36:
[[Tasvir:AralSea A20081005.jpg|thumb|right|Orol dengizining bugungi holati (oktabr 2008)]]
Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, er osti suvlari hamda atmosfera yonilgʻilari tushishi va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi. qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 – 2,10 oʻzgarishi tabiiy iqlim hususiyati bilan boʻliq boʻlib, suvning hajmi 100–150 kub km, suv sathi maydoni – 4000 kv, km ni tashkil etgan.
Sugʻoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida su`orilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. [[1994]]-yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3 marta, yuzasi 2 marta, shurlanish darajasi 9-10 gGʻl dan 34-37 gGʻl ga ortadi; [[2000]]-yilga borib 180–200 gGʻl koʻtariladi. Schozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 – 110 sm tashkil etmoqda. Qirgʻoq chizigʻi 60 – 80&nbsp;km pasayib, ochilib qolgan erlar 23 ming km² tashkil etadi.Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroqsiz boʻlibqoladi. Ekologik tizmlar, oʻsimlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon ahvol Janubiy oroldir.Ushbu mintaqa oʻz ichiga shimoliy gʻarbiy qizil qum, Zaungaoʻz, Qora qum, Janubiy ustyurt va Amudaryo daryosi kabi landshaft komplekslarini oladi. Orol boʻyining umumiy maydoni – 473 ming km² boʻlsa, uning Janubiy qismi 245 ming km² tashkil etadi. Bunga KKR hududi,Oʻzbekistonning [[Xorazm viloyati]], [[Turkmaniston]]ning Toshavvoʻz viloyatlari kiradi. Orol va orol boʻyida sodir bulayotgan jadal ravishdagi choʻllanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baxolash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda. Dengiz tubining ochilishi va daryo delütalarining qurishi hisobiga choʻl maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan qoplanib yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi. Shunday qilib, markaziy [[Osiyo]] hududida kum, tuz ayrozonalarini shamol yordamida kuchirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki maʼlumotlarga karaganda yiliga atmosferaga 100–150 mln. tonnagacha chang – tuzon kutarilishi mumkin. Dengiz tubidan kutarilganchang – tuz tuzoni atmosfera ifloslanishi 5 % ham ortib yubormoqda Chang – tuzonlarning atmosferaga kutarilishi 1 marta [[1875]]-yili kosmosdan koʻzatilgan. Chang – toʻzon uzunligi – 400&nbsp;km, eni esa 40&nbsp;km boʻlib, radiusi 300&nbsp;km tashkil etadi. Tuzlarning er yuzasida yogilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 – 15 % sholining esa 3-6 % pasayib ketdi. Orol boʻyiga yogilayotgan chang – tuz zarrachalaridan umumiy miqdor oʻrtacha 520 kgGʻga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri boʻlib koldi. KKR ningKKRning su`oriladigan maydonlari chang – tuz fraktsiyalari 250 kgGʻga dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi. Shoʻrlangan qum tuzlari yili orol boʻyidagi 15 imng ga Yaylovlarni egallabbormoqda. gʻoʻza uchun ajratilgan maydonlar kasallik koʻzgatuvchi zarakunandalar bilan zararlangan. qishloq xoʻjalik maxsulotlari hosili pasayib ketmoqda. Daryoning yuqori oqimidagi hududlarda meliorativ holati yomonlashishi ([[Surxondaryo]], [[Qashqadaryo]], [[Buxoro]], [[Samarqand]], [[Qiziloʻrda]]) II turkumda erlaning koʻpayishiga olib kelmoqda. [[Amudaryo]]ning oʻrta oqimi joylashgan. [[Turkmaniston]]ning suv xoʻjalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. [[Amudaryo]] va [[Sirdaryo]]ning kuyi okimlarida koʻpchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub erlar hisoblanadi, shurlangan, kuchli shurlangan maydonlar 35–70 % tashkil etadi. Tuproqlarning shoʻrlanishi hisobiga kishlk xoʻjalik maxsulotlari hosili [[Oʻzbekiston]]da – 30 %, [[Turkmaniston]]da 40 %, Qozogʻistonda – 33 %, [[Tojikiston]]da – 1990 [[Qirgʻiziston]]da – 20 % pasayib ketdi. Kuchli shurlangan er osti suvlarning joylashishi, chullanishi jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo av Sirdaryo qirgʻoklarini pasayish natijasida daryolarning kuyi qismida suv toshqinlarini aqmaytirib yuboradi. Bu oʻz navbatida toʻqay oʻsimliklari maydonlarini qisqarishiga, ilgari gumusga boy boʻlgan oʻtloqi – botqoqli tuproqlar unumsiz oʻtloq taqir choʻl, qumli tuproqlarga aylanishga olib keladi. Sutemizuvchi hayvonlar qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasalliklarni tarkatuvchi kemiruvchilar bilan tulib bormoqda. Orol boʻyining sanitar – epidemiologik ahvoli nixoyatda ogʻir aholi markazlashtirilgan suv bilan taʼminlash 29–67 % ni tashkil etadi. Aholini yarmi ifloslangan ochiq suv havzalaridan foydalaniladi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi.Shuni taʼkidlash lozimki Orol oʻz tarixi davomida ilmiy maʼlumotlarga qaraganda koʻp marta oʻz shaklini oʻzgartirganini va qurib qolgani maʼlum. Orol dengizining dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak boʻladi. Orol dengizi muammosi xam diqqatga sazovordir. Orol dengizi 80-yillarda ayniqsa quriy boshladi. Xozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoni umumiy muammosiga aylanib qolgan. Dengiz xozirda „oʻlik dengiz“ deb xisoblanmoqda. Tirik organizm dengizda deyarli yoʻq. Dengizning qurigan soxillaridagi toʻplanib qolgan erdagi tuzlar shamol esganda changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf tugʻdiradi.Oʻsha erdagi aholida suv muammosiga duch kelinmoqda.Bundan tashqari deyarli Orol dengizining yarmi qurib qolayotganidan, hech kim qaygʻurmayapti. Orol dengizini tiklashga chet el mablagʻlari ajratilgani bilan oʻsha mablagʻ dengizga xarajat qilinishini xech kim oʻz nazoratiga olmayapti. BUndan kelib chiqadiki mablagʻlar oʻsha erga „etmayapti“. Buni kiska kilib shunday taʼriflash mumkinki, Oʻrta Osiyo mamlakatlarida qurgʻoqchilik vujudga keladi. Buni jahon xamjamiyati va [[Markaziy Osiyo]] mamlakatlari „pichoq suyakka qadalganida“ anglab etishadi. Afsuski Orol dengizi qurib qolgandan soʻng bu muammoni echish yoʻllari qidiriladi. Orol dengizining qurishining asosiy sababi bu xoʻjalik ehtiyojlariga ishlatilishi yaʼni paxta, bugʻdoy sugʻorilishiga [[Amudaryo]] va [[Sirdaryo]]dan foydalnganliklari uchun Orol dengiziga suv kam etib kela boshlagan. Shu tufayli Orol dengizi sekin-asta quriy boshlaga
 
=== Jahon banki Qozogʻistonga Orol dengizining shimoliy qismini saqlab qolishga yordam bermoqda ===
Qator 266:
 
=== Sanoati ===
Sanoatida yonilgʻi-energetika, qora va rangli [[metallurgiya]], oziq-ovqat, [[mashinasozlik]] va [[metallsozlik]], [[kimyo]] va neft kimyosi, yengil, qurilish materiallari sanoati yetakchi tarmoqlardir. Qora metallurgiya sanoati markazlari [[Temirtov]], [[Aqtoʻbe]], [[Qaragʻandi]], Oqsuv shaharlari. Rangli metallurgiya sanoati mis (Balxash va Jezqazgʻan kon-metallurgiya kombinatlari), qoʻrgʻoshin-rux ([[Oʻstkemen]], [[Chimkent]]), [[alyuminiy]] ([[Pavlodar]]) sanoatini oʻz ichiga oladi; titan-magniy ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (temirpress uskunalari, stanok, ekskavator, traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish) korxonalari Qaragʻanda, [[Olmota]], [[Ostona]], [[Pavlodar]], Oʻstkemen shaharlarida joylashgan. Kimyo sanoati korxonalari mineral oʻgʻit, [[fosfor]], [[plastmassa]], sintetik kauchuk, kimyoviy tola va boshqalar ishlab chiqaradi ([[Qoratov]], Chimkent, [[Taraz]], [[Atirau]]). Atirau, Pavlodar shahalarida neftni qayta ishlash zavodlari bor. Qurilish materiallari sanoatida sement, ohak, gʻisht, temir-beton konstruksiyalari ishlab chiqarish, yengil sanoatning koʻn-poyabzal, terimoʻyna, jun, trikotaj, ip-gazlama ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlangan. Oziq-ovqat sanoatida goʻsht, yogʻ, qand-shakar va konserva ishlab chiqariladi. Toshkoʻmir ([[Ekibastuz]], Qaragʻanda havzalari), [[neft]] va [[tabiiy gaz]] (Mangʻishloq yarim oroli), temir rudasi (Sokolov-Sarbay koni), polimetall, [[mis]], [[uran]], [[xrom]], [[qoʻrgʻoshin]], [[nikel]] rudalari, [[rux]], [[vismut]], [[kadmiy]], [[molibden]], [[boksit]] qazib olinadi. yiliga oʻrtacha 58,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi – I (85,7 % issiqlik elektr st-yalaridastansiyalarida). Irtish (Oʻstkemen, Buxtarma), Sirdaryo (Chordara), Ili (Qopchigʻay) daryolarida yirik GESlar bor.
 
=== Qishloq xoʻjaligi ===
Qator 335:
 
== Meʼmorligi ==
Qozogʻiston hududida yashagan qabilalarning jez davridagi turar joy qoldiqlari (qarang [[Andronovo madaniyati]]), mozorqoʻrgʻonlar va h.k.hokazo saqlangan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik va mil. dastlabki asrlarda Qozogʻiston hududida yashagan qabilalar koʻchma kigiz oʻtov uylar bilan birga paxsa, xom gʻishtdan ham uylar qurgan. Oʻrta asrlarda shaharlar [Isfijob (11-asrdan [[Sayram]]), [[Taraz]] va boshqalar] barpo etildi, qalʼa va qoʻrgonlar qurildi. 8-asrdan hozirgi Qozogʻistonning janubiy qismida [[islom|islom dini]] tarqalishi munosabati bilan [[masjid]], [[madrasa]] kabi yangi tipdagi binolar, [[sardoba]], [[hammom]], [[karvonsaroy]], konussimon maqbaralar qurildi. 10-asrdan memorial inshootlar (Taroz shahri yaqinidagi Babaji xotin maqbarasi, Oyshabibi maqbarasi) barpo etildi. 13-asr 2-yarmidan shaharlar (Sigʻnoq. Taroz, Sayram va boshqalar) qayta tiklandi. 14–16-asrlarda shaharlar qurish avj oldi, monumental binolar ([[Qaragʻandi viloyati]]dagi Alasha xon maqbarasi, 13-asr 2-yarmi; [[Turkiston (shahar)|Turkiston shahridagi]] [[Hoja Ahmad Yassaviy maqbarasi]] – Yassaviy majmuasi, 14-asr oxiri – 15-asr boshi) bunyod etildi. 17–18-asrlarla Qozogʻiston hududi chegarasi boʻylab harbiy istehkomlar – Yoyiq shaharchasi (Uralsk), Guryev, Orsk. [[Semipalatinsk]], [[Orenburg]] qalʼalari qurildi. 19-asrda eklektika ruhida qalʼa, maʼmuriy va savdo inshootlari, maqbaralar qurildi. [[1920-yil]]larda turar joy va jamoat binolari meʼmorligida milliy anʼanaviy meʼmorlik unsurlaridan foydalanildi. Balxash, [[Qaragʻandi]], [[Jezqazgʻan]] kabi yangi shaharlar barpo etildi. 1920–30 yillardagi meʼmorlikda konstruktivizm gʻoyalari oʻz aksini topdi. [[1950-yil]]larning 2-yarmidan qurilish ishlari keng koʻlamda davom ettirildi (Olmaotada Hukumat uyi). 1960–70 yillarda koʻp qavatli turar joy binolarining qavati soni oshirildi, yangi meʼmoriy shakllar {"Medeo" sport majmui, 1951, 1971–72 yillarda rekonstruksiya qilingan, meʼmorlar V.Katsev, A.Qaynarboyev va boshqalar; Shevchenko (hozirzi [[Aqtau]]) shahrining meʼmoriy majmuasi; Olmaotadagi „Qozogʻiston“ mehmonxonasi, 1978, meʼmorlar Yu.Ratushniy, L.Uxobotov] yaratildi. [[1935-yil]] Qozogʻiston Meʼmorlar uyushmasi tuzilgan.
 
== Tasviriy sanʼati ==