Qirgʻiziston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 3:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
 
'''Qirgʻiziston''' ([[Qirg`iz tili|Qirgʻizcha]]. Kirgizstan — [[Rus tili|Ruscha]]. Kirgizstan), Qirgʻiz Respublikasi ([[Qirg`iz tili|Qirgʻizcha]]. Kirgiz Respublikasi — [[Rus tili|Ruscha]]. Kirgizskaya Respublika) — [[Oʻrta Osiyo]]ning shimoli-sharqida joylashgan davlat. Poytaxti — [[Bishkek]] shahri. Qirgʻiziston [[BMT]]ning aʼzosidir. Mamlakat shimolida [[Qozogʻiston]], gʻarbida [[Oʻzbekiston]], janubi-gʻarbida [[Tojikiston]] va janubi-sharqida [[Xitoy|Xitoy Xalq Respublikasi]] joylashgan. Qirgʻiziston aholisi bugungi kunda 6 million kishidan ortiq. Uning 72,6 % [[qirgʻizlar]], 14,34 % [[oʻzbeklar]], 10,65 % [[ruslar]] va 8,31 % 5% tojiklar boshqa turli millat vakillari tashkil qiladi. Umuman mamlakatda 80 dan oshiq millat va elat vakillari istiqomat qiladilar.
 
== Nomini kelib chiqishi ==
[[SSSR]] davlati inqirozga uchragandan soʻng, deyarli barcha ittifoqdosh mamlakatlar oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritdi ular orasida [[Qirgʻiz SSR]] ({{lang-ru|Киргизская ССР}}, {{lang-ky|Кыргыз ССР}}) ham bor edi. Sovet davrida Qirgʻiziston nomi faqat rus tilida ({{lang-ru|Киргизия}}) nomlanar edi, keyinchalik milliy tilda nomlana boshlandi. ({{lang-ky|«Кыргызстан» '''yoki''' Кыргыз Республикасы}}) <ref>[http://rus.gov.kg/index.php?option=com_content&task=view&id=56&Itemid=37#glp0. Konstitutsiya Kirgizskoy Respubliki (Kirgizstan)]</ref>.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 15:
 
== Tabiati ==
Q.ning koʻp qismi Tyanshan togʻlarida, qolgan qismi PomirOlay togʻlarida joylashgan. Mamlakat hududining 94 % dengiz sathidan 1000 m dan balandda. 1/2 qismi 3000-4000 m baladliklar orasida. Parallel togʻ tizmalari, asosan, kenglik boʻylab yoʻnalgan. Sharqida (Xitoy bilan chegara yaqiiida) Gʻalaba choʻqqisi (7439 m) bor. Ichki Tyanshan togʻ tizmalarining relyefi alp tipli boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan ajralgan. Terskay Olatov bilan Kungay Olatov tizmalari orasida Issiqkoʻl soyligi bor. Q.ning garbiy qismida Gʻarbiy Tyanshan togʻlari joylashgan (Talas vodiysi, Talas Olatovi va Chatqol tizmalari). Q.ning janubi-gʻarbiy qismiga Fargʻona soyligining shim., sharqiy va janubiy chekkalari kiradi. Janubiy daJanubiyda turkiston tizmasining shimoliy yon bagʻri, Olay tizmasi, Olay vodiysi va Orqa Olay tizmasi shimoliy yon bagʻri Q.ga karashli.
 
Foydali qazilmalardan neft, gaz, qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmir, oltin, temir, alyuminiy, volfram, mis, qalay, simob, qoʻgʻoshin-rux, surma rudalari konlari bor.
Qator 25:
Q.da oʻsimliklarning 3,5 mingdan ziyod turi oʻsadi. Mamlakat hududining 4 % dan ortigʻi oʻrmon. Yongʻoqzor-mevazor oʻrmonlar maydoni 265 ming ga. 3600- 4000 m balandliklar sovuq choʻl va togʻ tundralaridan iborat.
 
Hayvonot dunyosi boy. Choʻl va dashtlarda har xil kemiruvchidar, sudralib yuruvchilar, qushlar; oʻrmonlarda qoʻngir ayiq, silovsin, toʻngiz, boʻri, oʻrmon suvsari, togʻlarda togʻ takasi, qor qoploni, ular, togʻ suvsari, yumronqoziq va h.k.hokazo yashaydi. Suv havzalarida baliqning 60 dan ortiq turi uchraydi. Moʻynali hayvonlar iqlimlashtirilgan. Hududida Issiqkoʻl, Sarichelak. Beshorol qoʻriqxonalari, Ola-Archa tabiiy milliy bogʻ bor.
 
Aholisi, asosan, qirgʻizlar (67 %). Shuningdek, oʻzbek, dungan, uygur, rus, ukrain, tatar, qozoq, tojik va boshqa ham yashaydi. Davlat tili — qirgiz tili; rus tiliga rasmiy til maqomi berilgan. Dindorlarning aksariyati musulmonsunniylar. Shahar aholisi 35,2 %. Yirik shaharlari: Bishkek, Ush, Jalolobod. Toʻqmoq.
Qator 36:
16-asrning 1-yarmida qirgʻizlar oyratlar bosqiniga qarshi uzoq muddat kurash olib borganlar. 17—18-asr boshlarida Sharqiy Turkistonning siyosiy hayotida qirgʻizlarning ishtiroki kuchaygan. 18-asr oxiri —19-asr boshlarida qirgʻizlar Rossiyadan panoh izlay boshladilar. Bunga ularni murakkab tashqi siyosiy vaziyat, ichki ahvolning turgʻun emasligi va oʻzaro savdo-sotiqdan manfaatdorlik majbur qilgan. 1814 yil va 1824 yillarda Issiqkoʻl qirgʻizlari delegatsiyasi Rossiyaning Gʻarbiy Sibirdagi maʼmurlari huzuriga borishgan. 19-asrning 1-choragida Qoʻqon xonligi qoʻshinlarining qirgʻizlar ustiga harbiy yurishlari rus-qirgʻiz munosabatlarini toʻxtatgan. Qirgʻizlar Qoʻqon xonligi tarkibiga kirishgan. Bu davrda qoʻqonliklar tomonidan Pishpak (hozirgi Bishkek), Toʻqmoq, Darautqoʻrgʻon va boshqa qalʼalar qurilgan. 19-asrning 60—70 yillarida butun Q. Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi; avval Turkiston viloyati (1865—67), soʻng Turkiston general-gubernatorligi (1867—1917) tarkibida boʻldi. 1917 yil noyabr — 1918 yil iyunda sovet hokimiyati oʻrnatildi. 1918 yil aprelda q. [[yangi tuzilgan Turkiston ASSR tarkibiga kirdi]]. 1921—22 yillarda yer-suv islohoti oʻtkazildi. 1924 yil Oʻrta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi natijasida 1924 yil 14 oktabrda RSFSR tarkibida Qora-qirgʻiz muxtor viloyati tashkil etildi. 1925 yil 25 mayda Qoraqirgʻiz muxtor viloyati Qirgʻiz muxtor viloyatiga, 1926 yil 1 fevral
 
dan Qirgʻiziston ASSR ga, 1936 yil 5 dekabrdan SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1990 yil dekabrdan Q. Respublikasi deb ataldi. 1991 yil 31 avgust daavgustda respublika Oliy Kengashi Q.ni mustaqil, suveren, demokratik davlat deb eʼlon qildi. 1993 yil 5 maydan Qirgʻiz Respublikasi deb nomlandi.
 
2005 yil martda Q.da yuzaga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat amaldagi prezident A. Aqayevni oʻz lavozimidan ketishga majbur etdi. Q. — 1991 yil 31 dekabrdan MDH tarkibida. 1992 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 31 avgust — Davlat mustaqilligi kuni (1991).
Qator 58:
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. 19-asrning 2-yarmida Q. hududida diniy maktablar — maktabxona va madrasalar boʻlgan. q. [[Rossiyaga qoʻshib olingach]], [[dastlabki rus boshlangʻich maktablari]], [[19-a]].ning 80-yillarida rus-tuzem maktablari ochildi. 1911 yil xotin-qizlar progimnaziyasi, 1912 yil erlar gimnaziyasi tashkil etildi; bu gimnaziya 1917 yilgacha Q. hududidagi yagona oʻrta oʻquv yurti boʻlgan. 1923 yil Q.dagi 327 maktabda 20 mingdan ortiq oʻquvchi oʻqigan. Q.da 2002 yilda 2056 umumiy oʻrta taʼlim maktabida 1168,1 ming, 113 gimnaziyada 72,2 ming, 50 litseyda 18,2 ming, 75 oʻrta hunar oʻquv yurtida 31178 oʻquvchi, 49 oliy oʻquv yurti (jumladan, 16 nodavlat oliy oʻquv yurti)da 214173 talaba taʼlim oldi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Qirgich milliy universiteti, gumanitar universitet, ped. universiteti, tibbiyot akademiyasi, politexnika, sanʼat, qishloq xoʻjaligi insti-tutlari (hammasi Bishkek shahrida).institutlar Qirgʻiziston milliy Fanlar akademiyasi institut va muassasalarida, 15 universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlari, tarmoq vazirlik va muassasalarning ilmiy tadqiqot institutlarida olib boriladi. 2002 yil respublikada 4623 ilmiy xodim (ilmiy pedagog kadrlar bilan birgalikda), jumladan, 345 fan doktori va 1051 fan nomzodi ilmiy tadqiqotlar olib bordi. 2002 yil mamlakatda 1035 kutubxona (19 mln. 790 ming asar) faoliyat koʻrsatdi. Ularning eng yirigi — Milliy kutubxona (900 mingdan ziyod asar)dir. yirik muzeylari: Oʻlkashunoslik davlat muzeyi, Tasviriy sanʼat milliy muzeyi, Tarix muzeyi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. 2002 yil Q.da 183 gaz. va 83 jurnal nashr etildi. Yiriklari: „Asaba“ („Bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gaz.gazeta, 2001 yildan), „Vecherniy Bishkek“ („Bishkek oqshomi“, rus tilidagi kundalik gaz.gazeta, 1974 yildan), „Kizil Tuusi“ („Qizil bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gaz.gazeta, 1924 yildan), „Literaturniy Kirgizstan“ („Qirgʻiziston adabiyoti“, rus tilida yiliga 4 marta chiqadigan jurnal), „Slovo Kirgizstana“ („Qirgʻiziston soʻzi“, rus tilida haftada 3 marta chiqadigan gaz.gazeta, 1925 yildan), „Erkin Too“ („Erkin togʻlar“, qirgʻiz va rus tillarida haftada 2 marta chiqadigan hukumat gaz.gazeta, 1991 yildan). „KABAR“ qirgʻiz milliy axborot agentligi 1937 yil yanvarda tashkil etilgan. Qirgʻiz Respublikasi teleradioeshittirish davlat korporatsi-yasi (1937 yil asos solingan), „Almaz“ xususiy radiostansiyasi, KOORT radio va televideniyesi (1992 yil tuzilgan), „Piramida“ teleradiokompaniyasi (1991 yil asos solingan) mavjud. Radio-eshittirishlar 1931 yildan, telekoʻrsatuvlar 1958 yildan boshlangan.
 
Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodining turli janrlari — ertak, doston, qoʻshiq, rivoyatlar („Kurmanbek“, „Kojojash“, „Er-Tyoshtuk“, „Janish Bayish“) va „Manas“ monumental qahramonlik eposi negizida rivojlangan. Shoir Toʻqtagʻul Sotilgʻonov ijodi 1917 yilgacha boʻlgan xalq sheʼriyatini zamonaviy sheʼriyat bilan bogʻlovchi halqa boʻldi. Barpi Aliqulov (1884—1949) sheʼrlarida ijtimoiy adolatsizlik, ekspluatatsiyaga qarshi norozilik tuygʻulari oʻz ifoasini topdi. Toʻgʻaloq Mulda oʻz sheʼrlarida qirgʻiz ayollarining turmushini bayon etdi. Qirgʻiz milliy yozma adabiyoti asoschisi shoir Aali Toʻqumboyevtr; uning dastlabki sheʼrlari 1924 yil birinchi qirgʻiz gaz. da bosilib chiqqan. 1920-yillarda dastlabki drama, qissa, dostonlar yaratildi. Qirgʻiz adabiyotidagi birinchi dramatik asar M. Tokoboyevning „Bechora Kakey“ pyesasi (1927 yil sahnalashtirilgan), birinchi nasriy asar K.Bayalinovning „Ajar“ hikoyasi (1928)dir. 30-yillarda adabiyotning barcha janr va turlari rivojlandi. [[Tugalboy Sidiqbekov|T. Sidiqbekov]], Q. Jontoshevlarning nasriy, M.Eleboyev, Q. Malikov, T. Umetaliyev, A. Osmonov, dungan shoiri Ya.Shivazaning sheʼriy, J.Turusbekov, J.Bokonboyevning dramatik asarlari bosilib chiqdi. [[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi]] yillari (1939—45) qirgʻiz yozuvchilari vatan-parvarlik ruhida asarlar yozdilar (J. Bokonboyev, M.Eleboyev, A. Toʻqumboyev, Q. Malikov, T. Sidiqbekov, K. Bayalinov, A. Osmonov, T. Umetaliyev va boshqalar). Qirgʻiz adabiyoti urushdan keyingi yillarda yanada rivojlandi. Adabiyotga yangi nomlar: birinchi qirgʻiz shoirasi N. Jetikashkayeva, adiblar Ch. Aygpmagpov, K.Bobulov, Sh.Abdiramanov, S.Eraliyev va boshqa kirib keldi. Yozuvchilardan N. Boytemirov,Sh. Beyshenaliyev, T. Qosimbekov va boshqa, shoirlardan T. Abilqosimova, T.Kojomberdiyev, O. Sultonov, J. Abdikalikov, S. Abiqodirova, R. Risqulov va boshqa, dramaturglardan R. Shukurbekov, T. Abdumoʻminov, B. Jaqiyev, M. Bayjiyev, B. Omuraliyev va boshqa mashhur. Qirgʻiz adiblarining koʻp asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
 
== Meʼmorligi ==
Q. hududidan miloddan avvalgi 4—1-asrlarga oid manzilgohlar topilgan; ular paxsadan qurilgan uylardan, mudofaa devorlari va minoralardan iborat boʻlgan. Qirgʻizlarning anʼanaviy turar joylari yigʻma oʻtov va xom gʻishtdan qurilgan oddiy uylar. 5—10-asrlarda shaharlar paydo boʻldi, qoʻrgʻon va qasrlar, ibodatxona, rabot, karvonsaroylar bunyod etildi. 10-asr oʻrtasi — 12-asrda masjid, minora (Oʻzgan minorasi), maqbara (peshtoq-gumbazli; Oʻzgandagi 3 maqbara) kabi monumental binolar qurildi. 13-asrdan monumental maqbara (Manas maqbarasi, 14-asr) va karvonsaroy (Toshrabot karvonsaroyi, 15-asr), koʻshklar (Oʻsh shahri yaqinida Bobur qurdirgan koʻshk, 16-asr boshi) qurila boshladi. Q. Rossiyaga qoʻshib olingandan keyin shaharlar rivoj topa boshladi. Pishpak (hozirgi Bishkek), Qorakoʻl, Toʻqmoq kabi shaharlar reja asosida (bir qavatli, paxsa va xom gʻishtdan) qurila boshladi. 20-asrning 20-asrlaridan eski shaharlar qayta tiklandi, puxta reja asosida yangi shahar (Jalolobod, Qizilqiya, Koʻkyongʻoq, Talas) va shaharchalar (Koʻktosh, Qorasuv va boshqalar) barpo etildi. 30-yillarning oxiridan binolarda milliy bezaklardan keng foydalanildi (Bishkekdagi Yozgi teatr, meʼmor G.A.Gradov). 40-yillarning oxirlaridan mahalliy sharoit hisobga olingan holda yirik shaharlarning bosh rejalari ishlab chiqildi, shaharlar shu reja asosida qurila boshladi. 1960—70 yillarda binolar yigʻma temir-beton va shishadan barpo etila boshladi (Qirgʻiziston Fanlar akademiyasi binosi, 1960-yillar; Rus drama teatri, 1971; Sport saroyi, 1974, meʼ-mor M.Maruxov; Tasviriy sanʼat muzeyi, 1974, meʼmorlar Sh.Jekshenbo-yev, V.Nazarov, D.Irisqulov, hammasi — Bishkek shahrida; Oʻsh shahridagi „Semetey“ kinoteatri, 1976). Kurortlar qurilishiga eʼtibor berildi (Issiqkoʻl atrofida yirik kurort rnirayoni barpo etildi). Mamlakatda birinchi yirik panelli toʻqqiz qavatli uy 1975 yil, oʻn ikki qavatli uy 1982 yil, oʻn sakkiz qavatli uy 1985 yilquriddi.
 
== Tasviriy sanʼati ==
Qator 83:
Ushbu [[teatr]] [[Oʻzbek milliy akademik drama teatri|Toshkentdagi Hamza nomli Oʻzbek milliy akademik drama teatridan]] keyin [[Markaziy Osiyo]]dagi eng keksa [[teatr]]dir.
 
[[1918]] yili [[Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali-drama teatri|Oʻshda oʻzbek musiqali drama teatri]] va Qorakoʻlda havaskorlik xalq teatri tashkil etildi. [[1920]] yil Pishpek, Qorakoʻl va Norin uyezdlarida faqat havaskorlik teatrlari ishladi. Professional teatr [[1920]]-yillarda vujudga keldi. [[1926]] yilda Musiqali drama studiyasi tashkil etildi. 1930 yil u professional drama teatriga aylantirildi, [[1936]] yildan musiqali drama teatri deb nomlandi; [[1942]] yildan Qirgʻiz opera va balet teatri. Qirgʻiz tilida dramatik spektakllar Yosh tomoshabinlar teatri sahnasida qoʻyildi (u 1936 yil tashkil qilinib, [[1941]] yilgacha ishlagan). [[1941]] yil Frunze (hozirgi Bishkek)da Qirgʻiz drama teatri truppasi tuzildi. 1960- yillarda qirgʻiz xalqining hayoti aks ettirilgan koʻpgina spektakllar yaratildi („Otaning qismati“, B.Jaqiyev; „Qichan“, Sh.Beyshenaliyev; „Yangi kelin“, M.Toʻyboyev; „Yuzma-yuz“, „Momo yer“, ikkalasi ham Ch.Aytmatov qissalari asosida). Q.dagi teatrlarda qirgʻiz va jahon dramaturgiyasining eng yaxshi namunalari asosida koʻptina spektakllar namoyish etildi. Mamlakatda 15 professional teatr, jumladan, Bishkek shahrida qirgiz akademik drama teatri, Rus drama teatri, qirgʻiz drama teatri ([[1972]]-[[1974]]), Norin shahrida Tyanshan musiqali drama teatri, Bishkekda qoʻgʻirchoq teatri (1938) va boshqa ishlaydi. Teatr sanʼati ustalaridan [[Rahmonberdi Madazimov|R.Madazimov]], D.Kuyukova, B.Kidikeyeva, M.Risqulov, [[Joʻraxon Rahmonov|J.Rahmonov]], S.Balqibekova, S.Jamanov, A.Jonqoʻrozova, [[Oʻrinboy Rahmonov|Oʻ.Rahmonov]], S.Kumushaliyeva, A.Quttiboyeva b. mashhur.
 
== Kinosi ==