Misr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 5:
[[Tasvir:Egypt in its region (undisputed).svg|thumb]]
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->'''Misr''' (''rasmiy nomlanishi'' '''Misr Arab Respublikasi''' [[arab tili|arab]]: جمهورية مصر العربية‎‎ Jumhuriya Misr al-Arabiya) — Afrikaning shimoliy-sharqiy va qisman Osiyo (Sinay yarim orol)da joylashgan davlat. Maydoni 1001,4 ming km². Aholisi 69,5 mln. kishi (2001). Poytaxti — Qohira shahri Maʼmuriy jihatdan 27 muhofazaga boʻlinadi. [[Isroil]], [[Falastin]], [[Sudan]] va [[Liviya]] davlatlari bilan chegaradosh. Misr shimolida [[O'rta Yer dengizi]], sharqida [[Qizil dengiz]] joylashgan.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 11:
 
== Tabiati ==
Misr hududining deyarli xammasi choʻl zonasida joylashgan. Shundan faqat 3,5 % (35 ming km²) Nil da-ryosi deltasi va vodiysiga toʻgʻri keladi. Relyefi va geologik tuzilishi jihatidan Misr hududi shartli ravishda toʻrt zonaga boʻlinadi: 1) Liviya choʻli; 2) Arabiston choʻli; 3) Sinay yarim orol; 4) Nil daryosi vodiysi va deltasi. Relyefi, asosan, tekislik; Qizil dengizga yaqin yerlar togʻlikdir. Liviya choʻli platosining balandligi shim.dashimolida 100 m, jan.dajanubida 600 m, jan.garbdajanubi-gʻarbda 1000 m gacha boʻlib, yer yuzasi qum va toshloq. Arabiston choʻli yassitogʻligi sharqda 700 m gacha koʻtarilgan, bu yerda balandligi 2000 m gacha boʻlgan tizmalar bor. Nil vodiysiga yaqin joylarning bal. esa 100– 200 m. Yassitogʻlik kristalli jinslardan tuzilgan. Nil vodiysining kengligi (Misr chegarasida) jan.dajanubida 1–3&nbsp;km, deltaga yaqin joyda 20–25&nbsp;km. Sinay yarim orolning U, qismini At-Tix qirlari egallagan. Yarim orolning jan.dajanubida balandligi 2641 m gacha boʻlgan togʻlar bor. Foydali qazilmalardan: temir, marganets, mis, rux, qoʻrgʻoshin, volfram, molibden, uran va oltin, shuningdek, neft, tabiiy gaz, fosforit, osh tuzi, ohaktosh bor. Sinay yarim orolda kumir konlari mavjud.
 
Mamlakatning katta qismida havo quruq va kam bulutli, tropik kontinental choʻl iqlimi, yogʻin ahyon-ahyondagina yogʻadi. Haroratning sutkalik farqi katta. Mac, choʻdda kunduzi temperatura 50° boʻlsa, kechasi 0°. Oʻrta dengiz boʻyida subtropik, yozi issiq va quruq, qishi yumshoq va seryogʻin. Eng issiq oylari (iyul—avg .iyul—avgust)ning oʻrtacha temperaturasi Iskandariyada 25°, Qohirada 27°, Asvonda 33°. Eng salqin oylari (yanv.—yanvar— fevral)ning temperaturasi Iskandariyada 14°, Qohirada 12°, Asvonda 16°. Apr.Aprel va may oylarida 50 kungacha choʻl shamoli (xasmin) esib turadi. Oʻrtacha yillik yogʻin Iskandariyada 180&nbsp;mm, Qohirada 34&nbsp;mm, Asyutda 7&nbsp;mm, Asvonda 3&nbsp;mm. Yogʻin aksari qisqa muddatli jala boʻlib yogʻadi.
 
Mamlakatdan birgina Nil daryosi oʻtadi. Uning suvi toʻgʻonlar bilan tartibga solingan. Baland Asvon toʻgʻoni qurilgach, mamlakat jan.dajanubida Nosir nomidagi katta suv ombori vujudga keldi. Vohalarda sizot suvlardan keng foydalaniladi. Mayda koʻl koʻp. Nil deltasida kanallardan sugʻorishda foydalaniladi. Ayrim kanallarda kema katnaydi.
 
Jan.dan shim.ga tomon dastlab sariqqoʻngʻir choʻl tuprogʻi, soʻngra boʻz tuproq (arablar bodiya — „choʻl“ tuprogʻi deyishadi), taqir boʻz tuproq, shoʻrxoklar, Nilning delta qismi — botqoq tuproq. Mamlakatning gʻarbiy qismida koʻchma kumlar bor. Nil vodiysi va deltasining tuprogʻi juda unumdor.
 
Misr hududining katta qismi suvsiz va oʻsimliksiz choʻllardir. Kserofit va lishayniklar, qisman daraxtsimon usimliklar, Liviya chulining shim.dashimolida qishda efemerlar oʻsadi. Koʻproq butasimon va ut oʻsimliklar tarqalgan. Nil vodiysida, asosan, madaniy usimliklar ekiladi. Oʻrta dengiz sohillarida chalov, choʻl piyozi, naʼmatak, yantoq va boshqa bor.
 
Hayvonlardan sudraluvchilar, jumladan, kaltakesak koʻp. Chullarda chiya-boʻri, tulki, sirtlon va boshqa hayvonlar uchraydi. Nil boʻyida gʻoz, oqqur, oʻrdak, shuningdek, yirtqich qushlar bor.
Qator 26:
 
== Tarixi ==
Misr — insoniyat tamadsuni (sivilizatsiyasi)ning ilk makonlaridan biri (qarang Misr, [[Qadimgi Misr]]). 3— 4-asrlarda Misr Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. Rim imperiyasi yemirilgach (395), Vizantiyaning bir viloyati boʻlib qoldi.7-asr boshlarida butun Misr aholisi Vizantiyaning rasmiy pravo-slav cherkoviga qarshi boʻlgan xristi-anlarning monofisit mazhabini qabul qildi. Aholi kopt (qibt) tilida soʻzlashar edi. Shu davrda Misrni sosoniylar, 639—642 yillarda esa arablar bosib oldi va mamlakatda islom dini tarqala boshladi. Keyinchalik tuluniylar (868 — 905), abbosiylar (905—935), ixshidiylar (935—969) sulolalari hukmronlik qildi. Fotimiylar davri (969—1171)da Falastin, Shom (Suriya) va Gʻarbiy Arabiston M.ga qaram boʻlgan. 1113 yil salib yurishi qatnashchilari M.ga bostirib kirdi. Shim.Shimoliy Suriya va Irokdagi saljuqiylar noibi Nuriddin Mahmud ibn Zangi (1146—74) salibchilarga qarshi kurashda Fotimiy xalifa Adid (1160—71) ga katta yordam berdi. Buning evaziga xalifa uni vazir qilib tayinladi (1169). 1171 yil ayyubiylarsulolasi (1171 —1250) ning asoschisi Salohiddin taxtga chikdi. 1174 yil esa u sulton nomini oldi. 1187 yil Suriya va Misr harbiy kuchlari birlashib, salibchilarga qaqshatqich zarba berdi va Falastin bilan Suriyani ulardan ozod qildi. Misrda 13 asr yarmigacha Ayyubiylar, 14—15-asrlarda mamluklar hukmronlik qildi.
 
1517 yil turk sultoni Salim I Misrni egallab, uni Usmonli turk davlati tarkibiga qoʻshib oldi. 18-asr 2-yarmidan Usmonli turk saltanati tanazzulga uchray boshladi. Bundan foydalangan mamluk beklaridan Alibey mustaqil davlat tuzishga erishdi (1769), Alibeyning vafotidan soʻng taxt uchun kurash kuchaydi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida Fransiya va Angliya Misrni bosib olishga harakat qildilar. 1798 yil Misrni Napoleon armiyasi egalladi. 1801 yilda ingliz floti fransuz floti ustidan gʻalabaga erishdi. 1805 yilda hokimnyat Muhammad Ali posho qoʻliga oʻtdi. Muhammad Ali Misrni kuchli, mustaqil davlatga aylantirish maqsadida mamluk beylariga qarshi kurash olib bordi. Mamlakat iqtisodiyotining asosi boʻlgan qishloq xoʻjaligini rivojlantirdi. Bu davrda birinchi movut, toʻqimachilik f-kalarifabikalari, metallurgiya, qand, oyna z-dlarizavodlari qurildi. Yevropa usulidagi maktablar ochildi, yoshlar gʻarb davlatlariga oʻqishga yuborildi. Fransuz harbiy maslahatchilari yordamida armiya qayta tuzildi. Mahalliy aholi armiyaga olina boshladi (ilgari faqat yollanma askarlar boʻlar edi). Muhammad Ali Suriya, Falastin va Arabiston yarim orolning bir kismini bosib oldi (1831—33). Turkiyaga qaramlikdan qutulish uchun 1831 yilda unga qarshi urush ochib, turk armiyasini magʻlubiyatga uchratdi. Lekin Angliyaning ikkinchi Turkiya-Misr urushi (1839—40)ga aralashuvi natijasida Misr armiyasi yengildi. Bundan tashqari, Angliya 1838 yilgi ingliz-turk savdo bitimidagi shartlarni M.ga maj-buran qabul qildirdi. Bu esa mamlakatga ingliz mollari koʻplab kirib kelishiga yoʻl ochib berdi. Suvaysh kanali ishga tushirilishi (1869) bilan Angliya va Fransiya Misrda zoʻr berib oʻz hukmronligini oʻrnatishga urindi. 1882 yil inglizlar armiyasi Misrni egallab oldi va xalq qoʻzgʻolonini sha-fqatsiz bostirdi. Mamlakatda mustamlaka tartibi oʻrnatildi. Inglizlar bank va moliya ishlarini, irrigatsiya qurilishlari, aloqa yoʻllarini oʻz qoʻllariga oldi. Misr faqat paxta yetishtiradigan davlatga aylanib qoldi. 20-asr boshlarida Mustafo Komil (1874— 1908) rahbarligida milliy ozodlik harakati avj oldi. Ammo mustamlakachilar xalq harakatini bostirdilar. 1914 yilda Misrda Britaniya protektorati oʻrnatildi.
 
1918 yilda Zagʻlul Saʼd boshchiligida „Misr delegatsiyasi“ (keyinchalik „Vafd“) partiyasi tuzildi. Bu partiya 1919—1924 yillarda inglizlarga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonga boshchilik qildi. Xalqning kurashi natijasida ingliz protektorati bekor qilinib, Misr mustaqil podshoxlik deb eʼlon qilindi (1922). 1923 yil Misr konstitutsiyasi kabul etildi. Bu konstitutsiya parlament tuzishni nazarda tutdi. U ayrim erkinliklar — siyosiy tashkilotlar tuzish va matbuot erkinligini berdi, shu bilan birga, podshohga deputatlar palatasini tarqatish, parlament chaqiriklari muddatini surish, vazirlarni tayinlash va boʻshatish huquqini ham berdi. Shunday boʻlsada, Angliya Misrda oʻz mavqeini, yaʼni davlat idoralari hamda harbiy kuchlar ustidan nazoratini, mamlakatda ingliz armiyasini saqlab qoldi. Parlament saylovida „Vafd“ partiyasi gʻalabaga erishdi va Zagʻlul Saʼd boshchiligida yangi xukumat tuzildi. Biroq mamlakatda milliy ozodlik kurashi toʻxtamadi.
Qator 34:
1936 yil Angliya bilan Misr oʻrtasida shartnoma tuzildi. Shartnomaga muvofiq, inglizlar Misrni bosib olishni toʻxtatdilar, lekin mamlakatda harbiy bazalar va armiya sakdash huquqini oldilar. Ikkinchi jahon urushi davrida Misr Italiya-Germaniya va Angliya armiyalari oʻrtasidagi jang maydoniga aylandi. Urushdan keyin Misrda milliy ozodlik harakati yanada kuchaydi. Arab-Isroil urushi davri (1948—49)da mamlakatda reaksiya avj oldi, soʻl vafdchilarni, talabalar harakati rahbarlarini qamash boshlandi. Bunga qarshi xalq harakati yanada avj oldi. Parlament 1936 yil gi Angliya-Misr shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Shundan keyin Angliya M.ga qarshi agressiya uyushtirdi. Misr xalqi mustamlakachilarga qarshi partizan urushini boshladi. 1952 yil 23 iyulda Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi „Zubbot alahror“ („Ozod zobitlar“) uyushmasi armiyaga tayanib, davlat toʻntarishi oʻtkazdi. Davlat hokimiyati Inqilobga rahbarlik kengashi ixtiyoriga oʻtdi. General Misr Najib kengash raisi va hukumat raxbari etib tay-inlandi; amalda kengashga Nosir rahbarlik qildi. Yangi hukumat agrar islohot oʻtkazib, fallohlarni yer bilan taʼminladi, mamlakatni industrlashtirish, iqtisodiy mustaqillikka erishish siyosatini olib bordi. 1953 yil 23 iyunda Misr respublika deb eʼlon qilindi. 1953 yil oʻrtalarida yangi tuzum rahbarlari orasida ikki oqim — Najib boshchiligidagi eski demokratiya va J. A. Nosir rahbarligidagi inqilobiy demokratiya tarafdorlari paydo boʻldi. Zidsiyat keskinlashib, natijada Najib hukumatdan chetlatildi, Jamol Abdul Nosir bosh vazir boʻlib qoldi (1954). Angliya — Misr shartnomasi (1954)gamuvofiq, 1956 yil 18 iyunda oxirgi ingliz askari Misrdan chiqib ketdi. Misrning siyosiy suvereniteti tiklandi.
 
1956 yil 23 iyunda Misr Respublikasining konstitutsiyasi qabul qilindi va Jamol Abdul Nosir prezident etib saylandi. Prezident Suvaysh kanali kompaniyasi davlat ixtiyoriga olinganligini eʼlon qildi. Shunday qilib, iqtisodiy taraqqiyot dasturini mablagʻ bilan taʼminlashning muxim manbai qoʻlga kiritildi. Shundan keyin M.ga qarshi Angliya—Fransiya —Isroil tajovuzi boshlandi. Xalq bosqinchilarga qarshi qoʻzgʻaldi. Tinchliksevar xalqlarning talabi bilan ingliz, fransuz (1956 yil dek.dekabr) hamda Isroil (1957 yil mart) armiyasi Misrdan chiqib ketishga majbur boʻldi.
 
1958 yil 1 fevralda Misr va Suriya hukumatlarining oʻzaro kelishuvi natijasida yangi unitar (birlashgan) davlat — Birlashgan Arab Respublikasi (BAR) tuzildi. Suriyada 1961 yil 28 sentabrda davlat toʻntarishi oʻtkazilib, Suriya BAR tarkibidan chikdi. Misr BAR nomini saqlab qoldi. 1971 yil sentabrdan BAR Misr Arab Respublikasi deb nomlandi.
Qator 52:
Misr — agrar-industrial mamlakat. Jahon bozoriga yuqori si-fatli uzun tolali paxta va undan toʻqilgan gazlamalarni koʻp miqdorda yetkazib beradi. 70-yillar oxiri —80-yillar boshlarida neft qazib olish va eksport qilish kupaya boshladi. Iqtisodiy taraqqiyotga, ayniqsa, sanoat va unga koʻmaklashuvchi tarmoqlarni rivojlantirishga eʼtibor kuchaydi. 90-yillarning oʻrtalarida yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,5 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 20 % ga yetdi.
 
Sanoati mustaqillikka erishgunga qadar, asosan, mayda hunarmandchilik korxonalaridan iborat edi. Iskandariyada neftni qayta ishlovchi, avtomobil shinalari ishlab chiqaruvchi zavodlar, Suvaysh-Qohira neft quvuri mavjud. 1952 yildan beri 1000 dan ortiq yangi sanoat obʼyektlari ishga tushirildi. Sanoat korxonalari, asosan, Qohira, Iskandariya va Nil deltasidagi boshqa yirik shaharlarda joylashgan. 1958 yilda Qohira yaqinida qurilgan Hulvon metallurgiya zavodi mamlakatning dastlabki yirik metallurgiya korxonalaridandir. Bu zavod Asvon yaqinidan qazib olingan sifatli temir (40—60 %) rudasi asosida ishlaydi. Asvon shahrida yiliga 300 ming t poʻlat ishlab chiqaradigan metallurgiya markazi bor. Mashinasozlik sanoati ham qayta qurilgan. Mostorodda elektr kabellari zavodi va metall buyumlar ishlab chiqarish f-kasifabikasi, Hulvonda va-gonsozlik, avtomobil, poʻlat quvurlar zavodlari, Iskandariyada toʻqimachilik sanoati uskunalari zavodi, Qohirada velosiped va televizor zavodlari, Port-Fuod, Iskandariyada kemasozlik korxonalari, keyingi yillarda ishga tushirilgan avtomobil, traktor, sovitkich, metall qirqish stanoklari ishlab chiqaruvchi korxonalar ham bor. Suvaysh, Qohira, Iskandariya, Tanta shaharlari neftni qayta ishlash markazlaridir. Kime sanoati faqat mineral oʻgʻit ishlab chiqarishdan iborat. Kafr-uzzayyat va Abuzaʼbaldagi zavodlar yiliga 200 ming t superfosfat ishlab chiqarish quvvatiga ega. Asyutda yiliga 200 ming t superfosfat chiqaradigan zavod mavjud. Abuzaʼbalda qurilgan antibiotiklar zavodi farmatsevtika sanoatiga asos soldi. Yana 5 farmatsevtika korxonasi qurildi. Bulardan tashqari, Asvonda kalsiy, Su-vayshda ammoniy sulfat, Iskandariya yonida soda zavodlari, Xulvonda kokskimyo zavodi bor. Qurilish ashyolari sanoati korxonalari Hulvon, Al-Maʼsara, Al-Tur va Iskandariya atroflarida boʻlib, asosan, sement ishlab chiqaradi. Yirik toʻqimachilik korxonalari AlMahallat-ul-Kubro, Kafr-ud-Davvar va Kafr-uzzayyat shaharlaridadir. Oziq-ovqat sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlaydi. Armant, Koʻm-Umboʻ, Adfu shaharlarida yirik qand zavodlari bor. Asvon gidroenergetika majmuiga kiruvchi elektr styalar va yoqilgʻi bilan ishlaydigan elektr styalar yiliga oʻrtacha 525 mlrd. kVtsoatdan ortiq elektr energiya ishlab chiqaradi.
 
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Qishloq xoʻjaligi, asosan, Nil deltasi va vodiysida rivojlangan, bu yerda 3 mln. gektarga yaqin (mamlakat hududining 3 %) maydonda yiliga 2 marta, Asvon toʻgʻoni qurilgandan beri 3 marta (qishda ham) ekin ekib, hosil olinadi. Birinchi navbatda koʻproq daromad keltiradigan sholikorlik va paxtachilik (ingichka tolali paxta tayyorlash boʻyicha dunyoda 1-oʻrin) rivojlangan. Bundan tashqari, bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, dukkaklilar va sabzavot, shakarqamish, xashaki ekinlar ekiladi. Sitrus mevalar (apelsin, mandarin, limon), xurmo, banan, anjir, uzum, asosan, mamlakat shim.dashimolida yetishtiriladi.
 
Tabiiy yaylov va yem-xashak kamligi sababli chorvachilik durust rivojlanmagan. Oʻtroq aholi (dehqonchilik vohalarida) qoramol (sut uchun), qoʻy, echki va xonaki parranda, koʻchmanchilar esa tuya, qoʻy va echki boqadi. Asal-arichilik rivojlangan. Nil daryosi va ichki koʻllarda, shuningdek, Oʻrta dengizda baliq ovlanadi.
Qator 65:
Misr chetga neft va neft mahsulotlari, paxta, ip gazlama va kalava ip, alyuminiy va boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, sement, metall, yogʻoch va boshqa oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Italiya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, AQSH. Chet el say-yohligi anchagina daromad keltiradi. Pul birligi — Misr funti.
 
Tibbiy xizmat aralash tarzda tashkil etilgan. Sogʻliqni saqlash vazirligi, muhofazalarda sogʻliqni saqlash departamentlari bor. Mamlakatda bepul tibbiy xizmat yoʻlga qoʻyilgan. Xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar universitetlarning 9 ta tibbiyot, 4 ta stomatologiya, 6 ta farmatsevtika f-tidafakultetida, shuningdek, chet ellarda tayyorlanadi. Oʻrta malakali tibbiy xodimlar tayyorlaydigan 276 ta maktab bor. Universitetlarning tibbiyot fakultetlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkaziladi.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Qator 81:
 
== Matbuoti, telekoʻrsatuvi va radioeshittirishi ==
Misrda vaqtli nashrlar soni 300 dan oshadi. Eng yiriklari: „Alaqrom“ („Ehrom“, kundalik gaz.gazeta, 1875 yildan), „Al-axbor“ („Xabarlar“, kundalik gaz.gazeta, 1944 yildan), „Al-jumhuriya“ („Respublika“, kundalik gaz.gazeta, 1953 yildan), „Al-aholi“ (kundalik gaz.gazeta, 1978 yildan), „Axbor al-Yaum“ („Kun yangiliklari“, kundalik gaz.gazeta, 1944 yildan). „Alahror“ („Liberallar“, haftalik gaz.gazeta, 1977 yildan), „Al-Vafd“ („Delegatsiya“, haftalik gaz.gazeta, 1984 yildan), „Axer saa“ („Soʻnggi soatda“, haftalik jur.jurnal, 1934 yildan), „Alka-vakib“ („Yulduzlar“, haftalik jur.jurnal, 1952 yildan), „Oktobr“ („Oktyabr“, oylik jur.jurnal, 1976 yildan) — hammasi arab tilida; „Jurnal d’Ejipt“ („Misr gazetasi“, fransuz tilida chikadigan kundalik xususiy gaz.gazeta, 1936 yildan), „Ijipshn gazett“ („Misr gazetasi“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1880 yildan), „Ijipshn meyl“ („Misr pochtasi“, ingliz tilida chikadigan gaz.gazeta, 1910 yildan) va boshqa Yaqin Sharq axborot agentligi (MENA), Misrning rasmiy axborot agentligi, 1955 yildatuzilgan. Misr radioeshittirish va telekoʻrsatuv uyushmasi 1928 yilda tashkil etilgan.
 
Adabiyoti eng qad. adabiyotlardan boʻlib, miloddan avvalgi 3ming yillikda paydo boʻlgan. Qad. Misr va qibt adabiyoti rivojlangan. Rasmiy va tarixiy voqealar bayoni, mehnat jarayonini kuylovchi qoʻshiklar kabi adabiy yodgorliklarning koʻpgina namunasi shoxlar sagʻanalari devorlariga yozib qoldirilgan. Oʻrta va Yangi shoxlik (miloddan avvalgi 16—11-asrlar) papiruslarida yozilgan koʻpgina rivoyatlar saqlangan. Ularning mu-alliflari maʼlum emas. Asosiy janrlari: ertak, rivoyat, madhiya, marsiya, duo, nasihat, masal, epos, ishqiy lirika kabilar. Milodiy 7—15-asrlarda arab adabiyoti shakllanib, ravnaq topdi. Adabiy janr va mavzular kengaydi. Yangi Misr adabiyoti turklar hukmronligi (16—18-asrlar) tufayli rivojlanmay qolgan edi. 19-asr boshlaridan Misr adabiyoti Yevropa mustamlakachilariga qarshi kurash taʼsirida arab tilida rivojlandi. 19-asrning 1-yarmida Muhammad Alining islohoti munosabati bilan Misrda dunyoviy maktablar ochildi, kitoblar nashr etila boshladi, birinchi arab gaz. chop etildi. Ana shu davrda Muqammad Abdo, Abdulloh Nodim, Adib Ishoq kabi maʼrifatparvar adiblar xorijiy kelgindilar zulmiga qarshi chiqib, ijtimoiy islohotlarning zarurligi haqida yozdilar, Mahmud Sami al-Barudiy (1837—1904) oʻz sheʼrlarida ingliz mustabidlariga qarshi kurashishga chaqirdi. Hofiz Ibrohim (1871 — 1932) va „shoirlar amiri“ Ahmad Shavqiy (1869—1932) ham oʻz asarlarida inglizlar hukmronligiga qarshi kurashni tasvirladi. Yangi Misr adabiyoti va publitsistikasining asoschisi Mustafo Komil (1874— 1908) ham oʻsha davrning yirik maʼrifatparvaridir. 1919—24 yillarda Misr xalqining inglizlarga qarshi qoʻzgʻolonlaridan keyin Toho Husayn, Tavfiq alhakim kabi adiblar samarali ijod qildilar. 20-yillar Misr adabiyotida maishiy mavzudagi novellalar asosiy oʻrinni egalladi. Uning asoschisi „Shayx Juma va boshqa hikoyalar“ nomli ilk novellalar toʻplami muallifi Mahmud Taymurdir. Salom Muso va Ibrohim Amin kabi keksa taraqqiypar-var adiblar ham mehnatkashlarning inglizlar hukmronligiga qarshi kurashini aks ettiruvchi asarlar yaratib, milliy ozodlik gʻoyalariga sodiq qoldilar. 20-yillarda Misr adabiyotida maishiy mavzudagi dramalar ham paydo boʻddi. Misr Tay-murning „Halokat“, Farax Antuanning „Yangi va koʻhna Misr“, Antuan Yazbekning „Uyda boʻron“ va „Qurbon“ pyesalarida zamonaviy mavzular oʻz ifodasini topgan. 20—30-yillarda atoqli dramaturg Ahmad Shavqiy qad. Misr adabiyoti tarixiga oid „Kleopatraning oʻlimi“, „Antara“ kabi sheʼriy temperaturagediyalar yaratdi. 30-yillarda sheʼriyat taraqqiyotida „Apolo“ („Apollon“) toʻgaragi muhim roloʻynadi. Misr adabiyoti Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda, ayniqsa, gurkirab rivojlandi. Bu davr adabiyotida demokratik gʻoyalarni kuylagan bir qancha isteʼdodli yoshlar paydo boʻldi. Tinchlik va kelajak uchun kurash adiblarning asosiy mavzui boʻldi. 40— 50-yillar hikoyanavisligida Abdurahmon alhamisiy va Abdurahmon ashSharkaviy ijodi asosiy oʻrinni egallaydi. Hamisiyning „Qonli koʻylak“, „Qotmagan qon“, „Biz oʻlmaymiz“ va Sharkaviyning „Bayroq“, „Markaziy koʻcha ortidan“ kabi toʻplamlarida milliy mustaqillik uchun kurash aks etgan. Xuddi shu mavzu romantik ruxda Yusuf asSiboyining „Yuragimni qaytarib ber“ va Ishoq Abdul Quddusning „Oʻyimizda erkak bor“ asarlarida oʻz ifodasini topgan. Bu davrdagi ijtimoiymaishiy mavzuni aks ettirgan romanlar diqqatga sazovor. Nagib Mahfuz inqilobgacha va undan soʻnggi davr haqida yirik asarlar yaratdi. „Ovloqkoʻchalar“, „Ibtido va institutiho“ nomli romanlari va „Bayn al-Qasrayn“, „As-Sukkariya“ trilogiyasi adibga shuhrat keltirdi. U 50-yillarda tanqidiy realizm anʼanalarini davom ettirib, zamonaviy mavzudagi „Kuzgi bedanalar“, „Yoʻl“, „Gado“ kabi romanlar yozdi. Misr jamiyati hayotida yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni aks ettirishga urinish adabiyotdagi asosiy yoʻnalishdir. 60—90-yillar adabiyotning dolzarb mavzudagi asarlari orasida al-Hitaniyning „Zaʼfaron“ koʻchasidagi hangomalar", al-Kuayidning „Misr diyoridagi jang“, „Qishki tush“, S Ibrohimning „Avgust yulduzi“ romanlari bor.
 
== Meʼmorligi ==
Misr qad. meʼmoriy yodgorliklarga boy mamlakat. 4 ming yillik rivojlanish davrini oʻz ichiga oluvchi Qad. Misr meʼmorligida ehrom, maqbaralarning nodir shakl va turlari yaratildi. Bular jahon sanʼatining noyob namunalaridir. Yunon- Rim davri (milodiy 300 yil)da qad. meʼmoriy anʼanalar bilan yonma-yon yangi meʼmoriy obidalar yuzaga keldi. Xristianlik esa Bavit, Vodiy Na-trun, Soʻhoj sahrolaridagi monastirlarda aks ettirildi. M.ga arablar kelishi natijasida musulmon meʼmorligining rivojlanishiga asos solindi. Masjid, shoh saroyi, hammomlar va harbiy qalʼalar shahar meʼmorligining asosiy unsurlari boʻlib qoldi. Nilning sharqiy qirgʻogʻida qurilgan Fustat qalʼasi (640—41) arablarning Misrda qurgan dastlabki meʼmoriy inshootidir. 8—9-yillardayoq toʻgʻri burchakli, hovlili, atrofi ustunli ayvonlar bilan oʻralgan oʻziga xos masjid binolari paydo boʻldi (Amir masjidi, 641 — 827; Ibn Tulun masjidi, 876—79 va boshqalar). Fotimiylar Fustatni bosib olib, uning shim.dashimolida Misrning hozirgi poytaxti — AlQohira (gʻolib)ni qurdilar (969). Fotimiylar (10—12-asrlar) va ayyubiylar (12—13-asrlar) davridan Qohirada koʻp masjidlar, inshootlar, shu jumladan, Qohiraning uch shahar darvozasi, Qohira qalʼasi qolgan. Mamluklar davri (13—16-asr boshlari)da katta masjidlar, madrasalar qurilishi mu-him oʻrin egalladi. Bu binolar bezagida koshinkorlik, tosh va oyna katta oʻrin oldi. 16-asrdan imoratlar, asosan, turk anʼanalari asosida qurildi. Mac, Muhammad Ali masjidi (qalʼada, 1630—48). 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Misr meʼmorligida qad. milliy anʼanalarni tiklashga intilish kuchaydi. Biroq, ayni vaqtda Yevropa klassitsizmining ham taʼsiri zoʻraydi. Suvaysh kanalining qazilishi (1835—69) bilan yangi shaharlar: Port-Said, Suvaysh, Ismoiliya qurildi. Misrning oʻziga xos sharoitida Yevropa meʼmorligini tatbiq etish tajribasi faqat tashqi sifatlarni yuzaki ravishda qabul qilish yoʻli bilangina bordi. 20-asr boshlarida Qohira Gezir va Rod o.larida qurilgan yangi binolar hisobiga ancha kengaydi. 20-asrning 30—50-yillarida Misrning ijtimoiy va madaniy hayotida oldinga siljish yuz berishi natijasida Misr meʼmorligida zamonaviylik asosiy oʻrin egalladi. Iskandariya qayta qurilib, sharqda al-Muntaz, gʻarbda Ras at-Din qalʼalari bilan tutashdi. Oralikda istirohat bogʻlari, sport klublari qurildi. Misr xalqining mustaqillik uchun kurashi utmishdagi milliy merosni ijodiy tiklash bayrogʻi ostida oʻtdi. An-Naxda „Uygʻonish“ nomini olgan bu harakat, ayniqsa, adabiyot va sanʼatga kuchli taʼsir etdi, meʼmorlik ham bundan chetda qolmadi. Shu davrdagi Misr meʼmorlari oʻzining yangi yoʻnalishida jahrn zamonaviy meʼmorligining nazariya va amaliyotini inobatga olib bordi. Krxira (1955) va Iskandariya (1958) shaharlarini qayta qurish rejasi tuzildi. 60-yillarda yangi meʼmorlik uchun olib borilgan kurash, asosan, gʻalaba qozondi. Zamonaviy uslubda koʻpgina jamoat binolari (Qo-hira aeroporti, Iskandariyada „Falastin“ mehmonxonasi, Qohiraning yangi Madinat-an-Nosir tumani, 1959—62, bosh meʼmor Sayd Karim), Hukumat uyi, universitet shaharchasi, kasalxonalar, 100 ming oʻrinli stadion, sayyohlar markazi qurildi. Ularda oʻrta asr arab meʼmorligi anʼanalaridan ham foydalanilgan.
 
== Tasviriy sanʼati ==