Belgiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 8:
 
== Tabiati ==
B. xududining koʻpchilik kismi payettekislikdan iborat boʻlib, shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon kutarila boradi. Eng baland nuqtasi — Botranj choʻqkisi (694 m). Sohil yaqinidagi qum uyumlari va dambalar serhosil ekinzorlarni dengnz suvidan himoya qiladi. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, qurilish materiallari, jumladan marmar, kam miqdorda temir va polimetall rudalar, surma. Iqlimi — moʻʼtadil, dengiz iqlimi. Yanvar daYanvarda oʻrtacha temperatura 3°, 4°, iyulda 18°, 19°. Yillik yogʻin miqdori 700 – 1500 mm. Yirik daryolari: Maas. Shelda. Izer; ular bir-biri bilan kanallar orqali tutashtirilgan. Tuprogʻi shimolida asosai qoʻngʻir oʻrmon; janubda podzol va qoʻngʻir. B. maydoniining 18,7% ga yaqini oʻrmon, koʻproq dub va buk daraxtlari bilan qoplangan. Ardenn togʻlarida milliy bogʻ bor. Yovvoyi hayvonlardan bugʻu. toʻngʻiz, oʻrmon mushugi, oʻrmon suvsari, tovushqon va boshqa yashaydi. Olmaxon, dala sichqoni kabi kemiruvchilar, qirgovul, kaklik, oʻrmon loyxoʻragi kabi ovlanadigan qushlar bor.
 
Aholisi milliy tarkibi jihatidan 2 asosiy guruhga: flamandlar (58%) va vallonlar (32.5%)ga boʻlinadi. B.da 1 mln.ga yaqin ajnabiylar — italyanlar, ispanlar, fransuzlar, greklar, gollandlar, marokashliklar, turklar va boshqalarlar ham bor. Aholining 96,5% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — fransuz, niderland va nemis tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Yirik shaharlari: Bryussel, Antverpen, Lyej, Rent, Sharlerua.
 
== Tarixi ==
Qadim zamonlarda B.da belglarning kelt qabilasi yashagan (mamlakat nomi shundap kelib chiqqan). Miloddan avvalgi 57 yilda Yuliy Sezar mamlakatni bosib olib, Rim imperiyasi tarkibiga qoʻshgan. 3-asrda B.ga germanlarning frank va friz qabilalari bostirib keldilar. Franklar belglarning bir qismini qirib tashlab, boshqa bir qismi bilan birikib kstganlar. 5 — 9-asrlarda B. Frank davlati tarkibida boʻlgan. 843 i. Frank davlati parchalanib ketgach, Verden shartnomasiga kura, B. 2 qismga boʻlindi: gʻarbiy qismi Franiiyaga, sharqiy qismi Lotaringiyaga qoʻshib yuborildi. 13 — 14-asrlarda B. Angliya bilan Fransiya oʻrtasidagi shiddatli kurash maydoni boʻldi. 14-asr oxiri va 15-asrda B. Burgundiya gersoglarining mulkiga aylandi, 1477 yildan Gabsburglar hukmronligida, 1555 yildan Ispaniya tarkibida boʻldi. 1713 yil Utrext sulhiga binoan yana Gabsburglar imperiyasi tarkibiga kirdi. 1789 — 90 yillar burjua inqilobi natijasida avstriyaliklar hukmronligi tugatildi, 1790 yil 11 yanvar dayanvarda B. Qoʻshma Shtatlari davlati eʼlon qilindi, biroq 1791 yilda Avstriya yana mamlakatni qoʻlga oldi. 1795 yilda Fransiyaga qoʻshib olindi. Napoleon I imperiyasi tugagach, 1815 i. B. hududi Niderlandiya tarkibiga qoʻshildi. 1830 yil inqilobi tufayli B. mustaqillikka erishdi. 20-asr boshlarida 6. yuksak darajada rivojlangan sanoat mamlakatiga aylandi. Birinchi jahon urushi davrida B.ning betarafligiga qaramay, [[Olmoniya]] qoʻshinlari uni bosib oldi. [[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi]] yillarida esa gitlerchilar bosqini azobini tortdi (1940 — 44). 1944 i. sentabrda B. bosqinchilardan xalos boʻldi. B.— 1945 yildan BMT, 1949 yildan NATO aʼzosi (1967 yildan B.da NATO qarorgohi joylashgan). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil martda oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 21 iyul — Qirol Leopold Ining Konstitutsiyam sodiqligi haqida qasamyod qilgan kupi (1831) va 15 noyabr — Qirol sulolasi kupi (1866).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Qator 29:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
1988 yildan maorif sohasi B. federatsiyasi subʼyektlari boʻlmish Jamoalar ixtiyoriga oʻtkazildi. 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va bepul. Davlat va munitsipal maktablaridan tashqari koʻpgina katolik va xususiy dunyoviy maktablar ham ishlab turibdi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. B.da 8 universitet bor. Eng yirik untlar: Antverpen, Bryussel, Lyej, Gent untlari. Shuningdsk, bir necha universitet markazlari, intlarinstitutlar, oliy texnika maktabi ishlaydi. Ilmiy muassasalari: Metallurgiya tadqiqotlari milliy markazi, Yadro tadqiqotlari markazi, Qirollik observatoriyasi, 7 akademiya, jumladan Belgiya qirolligi fan, adabiyot va sanat akadsmiyasi. Bryusselda Milliy kutubxona. Bryussel, Gent, Lyej va Lyoven untlarining kutubxonalari, Antverpen va Bryusselda qirollik nafis sanʼat muzeylari mavjud.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi ==