Daniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 17:
1660 yil Daniya davlati merosiy monarxiya deb eʼlon qilindi. Frederik III (1648—70 yillarda idora qilgan) tomonidan eʼlon qilingan qonun (1665) Daniya absolyut monarxiyaga aylanganini yuridik jihatdan tasdiqladi. Rigsrod (yirik feodallar organi) bekor qilinib, rigsdag (tabaka vakillari majlisi) ham chaqirilmaydigan boʻldi. Mamlakatni markazlashtirish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. 1751—70 yillarda hukumatga boshchilik qilgan graf Bernstorf utkazgan merkantilizm siyosati Daniyaning xoʻjalik ahvolini ogʻirlashtirdi.
 
Napoleon urushlarida Fransiya tomonida urushda qatnashgan Daniya magʻlubiyatga uchrab, birmuncha hududidan ajraldi va xoʻjaligiga katta zarar yetdi. 1840 yil milliy liberal partiya tuzildi (1870 yil tarqatib yuborildi). 1849 yil iyun konstitutsiyasiga muvofiq Daniya ikki palatali cheklangan monarxiyaga aylandi. Shu yili yirik yer egalari manfaatini himoya qiluvchi konservativ partiya (Xoyre partiyasi) tuzildi. 1848—50 yillardagi D.Prussiya va 1864 yilgi Avstriya-Daniya urushlaridan soʻng Shlezvig, Golshteyn va Lauenburgdan ajrab, yagona milliy davlatga aylandi. 70-yillarda Xoyre partiyasi bilan Venstre partiyasi oʻrtasida siyosiy hokimiyat uchun boʻlgan kurashda qishloq sarmoyadorlari manfaatini himoya qilgan Venstre partiyasi gʻalaba qozondi.
 
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida roʻy bergan siyosiy va ijtimoiy uzgarishlar 1915 yilgi konstitutsiyada oʻz aksini topdi. Birinchi jahon urushida Daniya betaraf turdi.
Qator 42:
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va te-lekoʻrsatuvi ==
Daniyada nashr etiladigan yirik gazeta va jurnallar: „Informashon“ („Axborot“, kundalik gaz.gazeta, 1943 yildan), „Nyu dag“ („Yangi kun“, kundalik kechki gaz.), „Politiken“ („Siyosat“, kundalik gaz.gazeta, 1884 yildan), „Ekstra bladet“ („Favqulodda gazeta“, kundalik gaz.gazeta, 1904 yildan), „Billed bladet“ („Suratli haftanoma“, haftalik suratli jurnal, 1938 yildan), „Nyu politik“ („Yangi siyosat“, oylik jurnal, 1967 yildan).
 
Ritsaus byuro — Daniya axborot agentligi 1866 yilda tuzilgan. Daniya radio va televideniyesi rasmiy ravishda mustaqil hisoblansa ham, amalda yarim davlat tashkilotidir. Mamlakatdagi barcha radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni Daniya radiosi davlat tashkiloti nazorat qiladi.