Islandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
{{Islandiya_info}}
{{Maʼnolari|Islandiya (maʼnolari)}}
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->'''Islandiya''' (Island), Islandiya Respublikasi (Lydveldid Island) — Atlantika okeanining shimoliy qismidagi Islandiya oroalda joylashgan davlat. Mayd.Maydon 103 ming km{{sup|2}}. Aholisi 278 ming kishi (2001). Maʼmuriy jihatdan 23 okrug (sisla)ga, ular esa jamoalarga bulinadi. Poytaxti — Reykyavik shahri.
== Davlat tuzumi ==
Islandiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1944 yil 17 iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1996 yildan Olavur Ragnar Grimsson), u aholi tomonidan toʻgʻri saylov yoʻli bilan 4-yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi qokimiyatni prezident bilan alting (bir palatali parlament) birgalikda amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyatni ham prezident amalga oshiradi va hukumatni tayinlaydi.
Qator 11:
 
== Tarixi ==
Islandiya hududiga taxminan 870 yildan odamlar koʻchib kelib, kimsasiz orolni oʻzlashtira boshlaganlar. Ularning koʻpchiligi norveglar boʻlgan. Skandinaviyaning boshqa mamlakatlari, jumladan, [[Shvetsiya|Shvetsiyadan]] kelganlar ham bor edi. Ular mamlakatni Island — Muzlar mamlakati deb atadilar. 11-asr oxiriga kelib bu yerdagi qishloq xoʻjaligi xonadonlari 4,5 mingga yetdi. Yaylov chorvachiligi, dengiz ovi aholining asosiy mashgʻuloti edi. Dengiz sayyohligi rivojlanib, 10-asrning 80-yillarida islandlar Grenlan-diyani kashf qildilar va taxminan 1000 yilda Shimoliy Amerikaga yetib bordilar. Islandiyaga koʻchib kelgan kishilar tomonidan tuzilgan Xalq majlisi — alting 930 yilda oʻzining birinchi yigʻilishini oʻtkazdi. Orolning tashqi dunyodan ajralganligi, xoʻjalik turmushining oʻziga xos xususiyatlari tufayli bu yerdagi urugʻchilik munosabatlari uzoq vaqtgacha saklanib qoldi. 13-asrgacha si-yosiy hokimiyat xalqdan butunlay ajralmagan edi, oddiy erkin kishilar — bondlar asosiy ijtimoiy qatlam boʻlgan. Islandiya tarixining shu davri adabiyotda "Xalq hokimiyati davri" deb yuri-tiladi. Oʻrta asrlarga kelib yakka qishloq xoʻjaligi xonadoni asosiy xoʻjalik va boshlangʻ-ich jamoat yacheykasiga aylandi. Ammo 1262—64 yillarda Islandiyaning asilzodalari oʻrtasidagi ichki nizolardan foydalangan Norvegiya davlati uni oʻziga boʻy-sundirib oldi, 1380 yildan esa u ([[Norvegiya]] ham) [[Daniya]] bilan uniya (ittifoq) da boʻlgan. 1397 yildan Kalmar ittifoqi tarkibida. 1537 yildan yana Daniya qara-mogʻida.
 
19-asr 2-yarmidan island millatining tashkil topishi natijasida mustaqillik uchun kurash kuchaydi. 1874—1903 yillari Islandiya baʼzi muxtor huquklarga ega boʻldi. [[Birinchi jahon urushi|Birinchi jahon urushi]] davrida Islandiyaning Daniyaga qaramligi zaiflashdi. Islandiyaning AQSH va Buyuk Britaniya bilan iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlari kuchaydi. Ozodlik kurashi avj olgach, Daniya Islandiyani Daniya-I. uniyasi bilan cheklangan mustaqil davlat deb tan oldi (1918). Islandiyaning doimiy betarafligi eʼlon qilindi. 1944 yil maydagi referendum natijasida Islandiya xalqi Daniya bilan uniyani bekor qildi va shu yil 17 iyunda Islandiya Respublika deb eʼlon qilindi.
Qator 38:
Reykyavikda Milliy kutubxona, xalq kutubxonasi, Islandiya milliy muzeyi, Tabiiyot tarixi muzeyi va Davlat badiiy galereyasi mavjud. Eng yirik ilmiy muassasa Reykyavik universiteti huzuridagi ilmiy tadqiqotlar instituti (1937) dir. Unda baliqchilik xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi fanlari va b. boʻlimlar bor. Universitet xuzurida bakteriologiya va patologiya institutlari ham mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Islandiyada bir qancha gaz. va jurnal larjurnallar nashr etiladi. Yiriklari: "Altidubladid" ("Xalq, gazetasi", kundalik gaz.gazeta, 1919 yildan), "Altidumadu-rini" ("Sotsial-demokrat", haftalik gaz.gazeta, 1931 yildan), "Vikan" ("Hafta", 2 haftada chiqadigan bezakli jurnal, 1938 yildan) "Vinnan" ("Mehnat", oylik jurnal, 1943 yildan), "Morgunbladid" ("Tonggi gazeta", kundalik mustaqil gaz.gazeta, 1913 yildan), "Toudvilinn" ("Xalq erki", kundalik gaz.gazeta, 1936 yildan). Islandiyada davlat radioeshittirish va televideniye xizmati mavjud; radioeshittirish 1930 i., televideniye 1966 yil tashkil etilgan.
 
Adabiyeti tarixida saga (xalq, dostonlari) yetakchi janr boʻlgan. Norvegiya va Daniya hukmronligi davrida Islandiyada madaniyati tushkunlikka uchrasada, diniy qoʻshiqlar qatorida qahramonlik qoʻshiqlari ham yaratildi. 18-asrdava 19-asr boshlarida I. adabiyotida jonlanish yuz berdi. B. Torarensen, Y. Xadlgrimsson romantizmning yirik vakillari sifatida maydonga chiqishdi. T. Erlingsson, G. Paulsson kabi shoir va adiblar ijodi realistik ruh bilan sugʻorilgan. X. K. Laksness island mehnatkashlarining erk uchun kurashini tasvirladi. 20-asr boshlarida dramaturgiya rivojlandi. Hoz. zamon adabiyeti taraqqiyotida mashhur hajvchi shoir S. Steynar, hikoyanavis X. Stefaunsson, lirik romanlar muallifi O. Y. Sigurdsson, dramaturg A. Bogason va b.ning roli katta.
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati 11 — 13-asrlardan rivojlana boshladi. Bu davrda kitob miniatyurasi, yogʻoch oʻymakorligi sanʼati rivoj topdi. Islandlarning turar joylari langxus ("uzun uy") deb atalgan. Yonma-yon joylashtirilgan bu uylar yerni chuqur oʻyib chim va torf bloklardan kurilgan. Imorat-bop yogʻoch chetdan keltirilgan. 18-asroʻr-talarida Xoular va Reykyavikda toshdan soborlar qurildi. 19-asrda keltirilgan yogʻoch, tuf, bazalt, temirdan 2—3 qavatli uylarni qurish urf boʻldi. 1920 yillar meʼmorligiga zamonaviy shakllar, konstruksiyalar (yaxlit temir-beton, poʻlat sinch) joriy etila boshladi. Keyingi yillarda Reykyavik va Akureyri shaharlarida 4—5 qavatli uylar, maʼmuriy, jamoat binolari daniyaliklar taʼsirida modern uslu-bida barpo etildi. Sigurdur Gudmund-sson, Gudyoun Samuelsson, Sigvaddi Tordarson kabi meʼmorlar yetishib chik,-di (Reykyavikdagi milliy teatr bino-si, 1928—32, Tibbiy markaz, 1946—50 va b.boshqalar).
 
Tasviriy sanʼat ijodkorlari mustamlakachilik zulmi ostida ham qad. naqqoshlik, oʻymakorlik anʼanalarini davom ettirdilar. 19-asrda milliy ozodlik kurashi kuchayishi bilan Islandiyadada rassomlik sanʼati — portret (Sigurdur Gudmundsson) va manzara (Tourarini Torlauxsson, Ausgrimur Younsson) janri rivoj topdi. Rassomlar ijodida Islandiyadaning yov-voyi, bokira tabiati qiyofasi milliy uygʻonish ramzi sifatida ifodalandi. 20-asrda Kyarval izgʻirin shimol tabiatini, Gudmundur Torsteynsson xalq ertaklari va afsonalari qahramonlarini, Kristin Younsdouttir, Gunlyoygur Shkeving esa mehnatkash xalq turmushini tasvirladilar. Hay-kaltaroshlardan Eynar Younsson, Aus-mundur Sveynsson va b. island xalqining tarixi, hayoti va folklori mav-zularini haqqoniy gavdalantirdilar. Hoz. zamon rassomchiligida realistik anʼanalar bilan birga modern oqimi ham yoyilgan. Xalq amaliy sanʼati turlari (oʻymakorlik, kashtachilik va b.boshqalar) rivojlangan.
 
== Musiqasi ==