Irlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 8:
 
== Tabiati ==
Sharqiy qirgʻoklari ancha tekis, janubiy qirgʻoqlarida buxta va qoyali burunlar, gʻarbiy qirgʻoqlarida ichkariga chuqur kirgan qoʻltiklar koʻp. Yer yuzasining yarmidan koʻpini Mar-kaziy tekislik (bal. 40–100 m) egallagan, bu tekislikda tepalar va past togʻlar bor. Tepalar, asosan, qumtoshlardan, past togʻlar ohaktoshlardan iborat, ularning ustini morena yotq-iziqlari qoplagan. Ohaktoshli yerlarda ungur, gʻor kabi karst relyef shak-llari, yer osti daryo va koʻllari uchraydi. Chekka qismlarida past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Jan.Janubi-gʻarbidagi Kerri togʻi (1041 m) Irlandiyadagi eng baland togʻdir. Irlandiyada torfning katta zaxiralari, toshkoʻmir, qoʻrgʻoshinrux, mis, fosforit bor.
 
Iqlimi — moʻʼtadil okean iqlimi, obhavosi beqaror, seryomgʻir, tuman koʻp tushadi, tez-tez shamol esadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 5—8°, iyulniki — 14—16°. Yillik yogʻin 700–2000 mm. Irlandiyada daryo, koʻl va botqoklik koʻp. Daryolari sersuv, muzlamaydi, kemachilikda va elektr energiyasi olishda foydalaniladi. Yirik daryosi — Shannon.
Qator 18:
 
== Tarixi ==
Irlandiya hududida inson mil. av. 6ming yillikdan buyen yashaydi. Mil. av. 4-asrda kelt qabilalari koʻchib kelib mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketgan. 5-asrda xristian dini tarqalgan. Irlandiyaga normannlar (795—1014), ingliznormand qoʻshinlari (1169—71) bir necha bor hujum qildi. 14—17-asrlarda irland xalqi ingliz mustamlakachilariga qarshi keskin kurash olib bordi. Ammo milliy irland davlatining paydo boʻlishiga inglizlar qarshilik koʻrsatdi. 18-asr oxirida irland vatanparvarlarining bosqinchilarga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirilib, 1801 yil 1 yanvar dayanvarda "Uniya haqida akt" eʼlon qilindi. Shundan keyin Angliya oʻz parlamentidan Irlandiya vakillariga bir necha oʻrin berib, Irlandiya parlamentini bekor qildi. 19-asr mobaynida irland xalqi mustamlakachilarga qarshi kurashni toʻxtatmadi.
 
[[Birinchi jahon urushi|Birinchi jahon urushi]] yillarida Irlandiya mehnatkashlari urushga va mustamlakachilarga qarshi kurashdi. 1916 yilgi Irlandiya qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirildi. 1919—21 yillardagi partizanlar urushi natijasida 1921 yil dekabrda tuzilgan Angliya — Irlandiya biti-miga muvofiq, Irlandiyaning janubiy qismi mustaqil deb eʼlon qilindi va Angliya nazoratidagi dominion huquqini oldi. 1937 yilgi yangi konstitutsiyada Irlandiya "Eyre mustaqil davlati" deb eʼlon qilindi.
Qator 50:
16—18-asrlar Irlandiya dunyoviy va diniy adabiyotida vatanparvarlik gʻoyalari targʻib qilindi, dehqonlar hayoti aks ettirildi (F. O’Nayv, J. Najent, E. O’Xassi va b. adiblar). J. Kiting qalamiga mansub "Irlandiya tarixi" (1640) alohida ahamiyatga ega boʻldi. Irlandiya jamiyatining urugʻchilik tuzilmasi barbod boʻlgach, bardlar sheʼriyati tanazzulga uchradi. Poeziyada xalqchillik ruhi kuchaydi (E. O’ Raxilli, J. Makdonnell, O. R. O’Sallivan). 18-asr oxiridan ingliz tilidagi adabiyotning salmogʻi osha bordi. 19-asr 1-yarmida romantizm irland adabiyotida bosh yoʻnalish boʻldi. 40-yillarda eng isteʼdodli shoirlar "Yosh Irlandiya" inqilobiy-demokratik tashkiloti tevaragida birlashdi. J. K. Mangan, S. Fergyuson, T. Devis siyosiy satira va insoniy lirika anʼanalarini da-vom ettirdilar. Vatanparvarlik balladasi eng ommaviy janr boʻlib kolli. Prozada tarixiy va oilaviy-mai-shiy mavzudagi romanlar yaratildi (J. Griffin, J. Beynim, M. Ejuort, U. Karlton). 19-asr oxirlarida "Irland uygʻonishi" deb atalgan milliymadaniy harakat boshlandi, U. B. Yits bu harakatning tashabbuskorlaridan boʻldi. Uilyam Yits oʻz ijodida kelt mifologiyasiga qaytdi. Bu irland milliy adabiyotini qayta vujudga keltirish imkonini berdi. Yits oʻzining teatr asarlari bilan sheʼriy dramaga koʻp yangiliklar kiritdi. 20-asr boshlaridagi adabiyotda poeziya va dramaturgiya yetakchi mavqeni egalladi. 1916 yilda ingliz mustamlakachilari tomonidan otib tashlangan vatanparvar shoirlarning ijodi irland xalqining inqilobiy anʼanalari ruhi bilan sugʻorilgan edi. 20—30-yillarda realistik romanchilik yetakchi jan-rga aylandi (P. O’Donnell, Sh. O’Fa-oleyn, L. O’Flaerti, J. Felan). I. O’Keysi oʻz tarjimai holi asosida yozgan epopeyasida mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti va xalq milliy-ozodlik harakatini har tomonlama chuqur tasvirlab berdi. 60—80yillarda yaratilgan asarlarda ishonchsizlik, ojizlik, yolgʻizlik kayfiyatlari va zolimlarga qarshi xalq nafrati aks etdi. Olsterdagi inson huquqlari uchun kurash — hozirgi Irlandiya adabiyotining eng asosiy mavzularidan biri. J. Karrik, R. Myorfi, T. Kinsella, B. Kliv, B. Fril asarlari bunga misoldir.
 
Meʼmorligi qad. kelt madaniyati zaminida vujudga kelgan. Jez davridan harsang toshlardan barpo etilgan sagʻanalar va diniy inshootlar saqlanib qolgan. 5—11-asrlarda Irlandiyada tosh kapella-ibodatxonalar, baland soqchi minoralar (Glendalox, Kels va b. joylarda), 12-asr oxiridan 14-asrgacha gotika uslubida butxonalar qurilgan. Roman va gotika uslublaridagi binolar (12—16-asrlar)da Irlandiya meʼmorligining oʻziga xos tomonlari saklangan (Dublindagi Krayst-chyorch ibodatxonasi va b.boshqalar). 17—18-asrlarda va 19-asr boshlarida Dublinda ingliz klassitsizmi uslubida maʼmuriy binolar, saroylar va uylar, 1829 yildan ingliz neogotikasi uslubida cherkovlar qurildi. 19-asr va 20-asr boshlarida port shaharlarida rejali va qorishiq us-lubdagi binolar paydo boʻldi. 20-asr 2-yarmidan Irlandiya shaharlarida zamonaviy bino va meʼmoriy majmualar qurila boshladi (M. Skott va T. Kennedi kabi meʼmorlarning Dublin va Golueydagi ishlari).
 
== Tasviriy sanʼati ==
Tasviriy sanʼatida jez davridan geometrik naqshli tilla zeb-ziynat asboblari, temir davridan murakkab guldor metall buyumlar saklanib krlgan. 5—12-asrlarda imoratlar, tosh xochlar, jez plastinalar hayvonlar tasviri tushirilgan naqsh bilan ziynatlangan. Nafis kitob miniatyuralari (8-asr ga mansub "Kels Injili") yara-tilgan. 18-asrda koʻpchilik rassomlar (Ch. Jervas, toʻngʻich N. Xoun, J. Barret va b.boshqalar) Angliyada taʼlim olib, oʻsha yerda ijod qildilar. 19-asr rassomlari realizm va oʻziga xoslikka intildi (ken-ja N. Xoun manzaralari, U. Osborn kartinalari). 20-asr boshlarida milliy realistik maktab shakllandi, manza-ra va portretlar yaratildi (J. B. Yits, Ch. Lemb, J. X. Kreyg, V. Irl va b.boshqalar). Hoz. Irlandiyada realizm anʼanalari bilan bir qatorda modernizm yoʻnalishlari tarqalgan. Xalq hunarmandchiligida toʻqimachilik, kashtachilik, qamishdan buyumlar toʻqish rivojlangan.
 
Musiqa folklori qadimdan bir ovozli boʻlgan. 16-asr oxiridan koʻp ovozli diniy musiqa rivojlangan. Rora Doll O’Katayn, J. va X. Skott, Keroll O’Deyli, T. va U. Konellan va b. arfa uchun kuy hamda ishqiy qoʻshiqlar yaratgan dastlabki professional kompozitorlardir (16— 17-asrlar). Irlandiyada professional musiqaning shakllanishida 18-asrda D. Myorfi, M. Kelli, J. Fids, 19-asrda M. Balf, 20-asrda Ch. Stan-ford, A. Baks va boshqa muhim rol oʻynagan. 1856 yil Dublinda konservatoriya, 1964 yilda milliy opera truppasi tashkil etildi. Dublin va Kork musika markazlaridir. Irlandiyada simfonik orkestrlar, xor birlashmalari, musiqa jami-yatlari bor.
 
== Teatri ==
Badiiy oʻqish va badihachilik sanʼati Irlandiyada majusiylik davridan mavjud. 16-asrda Dublinda diniy mavzudagi dramalar koʻrsatilgan. 17-asr dan ingliz aslzodalari uchun teatrlar tashkil topgan. 1899 yil U. B. Yits va A. Gregori Dublinda Irlandiya adabiy teatrini tuzdilar. 1901 yilda Irlandiya milliy drama jamiyati, 1904 yilda uning zaminida Dublindagi doimiy teatr (keyinchalik Abbatlik teatri) yuzaga kelgan. Abbatlik ("Ebbi teatr") da esa spektakl yaratishning yangi prinsiplari ishlab chiqildi. 1922 yil drama ittifoqi tashkil topdi. 1928—31 yillarda Golueyda Gel teatri ishladi. 1929 yilda E. Xelton va M. Mak-Liamoir tomonidan Dublinda zamonaviy teatrlarning novatorlik usullarini tasdikdaydigan teatr vujudga keldi. Uning sahnasida irland mualliflarining pyesalari, U. Shekspir, O. Uayld, B. Shou, A. P. Chexov, L. Tolstoy asarlari qoʻyildi. 1939 yildan Abbatlik teatri gel tilidagi spek-takllarni ham namoyish eta boshladi.
 
== Kinosi ==