Filippin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 16:
 
== Tarixi ==
F. xududida miloddan avvalgi 2ming yillikda Osiyo qitʼasidan, miloddan avvalgi 1ming yillikda Hindixitoydan borgan, keyinroq Indoneziyadan kelgan janubiy mongoloidlar mahalliy negravstraloidlarni siqib chiqarganlar, qisman ular bilan qorishib ketganlar. 14—15-asrlarda Indoneziya orqali Luson, Sebu orollarida, Sudu arxipelagida islom dini tarqaldi. Bu yerlarda mayda tarqoq hokimliklar, Sulu arxipelagida esa Xolo sultonligi vujudga keldi. 1521 yil Magellan boshchiligidagi Ispaniya ekspeditsiyasi Filippin orollariga yetib keldi. Bu ekspeditsiyani Maktano hokimi Lapulapu tormor etgach (F.da uni mustaqillik uchun kurashning birinchi qahramoni sifatida eʼzozlaydilar), Ispaniya 1564 yil Legaspi boshchiligida yana ekspeditsiya yubordi. Uning otryadi F.ning markaziy va shimoliy qismidagi asosiy orollarning sohillarini bosib oldi, aholining koʻpchiligini (jan.dagijanubidagi musulmonlardan tashqari) xristian diniga kiritdi. 1756—63 yillardagi 7 yillik urush davrida ingliz qoʻshinlari Manila shahri va bir qancha joylarni bir yilgacha egallab turdilar. 19-asrning 2yarmida xorijiy sarmoya yordamida savdosanoat ishlari rivojlana boshladi, ziyolilar voyaga yetdi. Islohot tarafdorlari (X. Risal, M. del Pilar va boshqalar) dastlabki vatanparvarlik tashkilotlarini tuzdilar. 1892 yil A. Bonifasio va boshqa rahbarligida Katipunan deb ataluvchi yashirin vatanparvarlik tashkiloti vujudga keldi, tez orada keskin choratadbirlar koʻrish tarafdori boʻlgan ziyolilar bu tashkilotga qoʻshildi. Katipunan chaqirigʻi bilan milliy ozodlik inqilobi (1896—98) boshlandi. Inqilobchilar 1897 yil 22 martda mustaqil respublikani eʼlon qildilar. AQSH 1898 yil aprelda Ispaniya mustamlakalarini egallash uchun urush boshladi. 1898 yil 12 iyunda F. 2marta mustaqil deb eʼlon qilindi. 1899 — 1901 yillardagi Amerika — Filippin urushi natijasida AQSH F.ni bosib oldi. 1934 yil F. muxtoriyatga ega boʻldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida F. hududini Yaponiya okkupatsiya qildi. 1946 yil 4 iyulda F. mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. F. 1945 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 yil 22 yanvarda tan olgan va oʻsha yil 13 aprel daaprelda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 12 iyun — Mustaqillik kuni (1898).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 26:
Qishloq xoʻjaligida kichikkichik dehqon xoʻjaliklari koʻpchilikni tashkil qiladi. Yirik plantatsiya xoʻjaliklari ham bor. Qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar 9 mln. gektar (mamlakat hududining 30%), shundan 1 mln. gektar yer sugʻoriladi. Dehqonchilik ustun. Eksport uchun shakarkamish, abaka, geveya, kokos palmasi, yer yongʻoq, kofe, kakao, tamaki, tropik va sitrus mevalar yetishtiriladi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari — sholi, makkajoʻxori, batat, maniok, sabzavot. Chorvachiligi rivojlangan: qoramol va buyvol, choʻchqa, echki, parranda boqiladi, baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda qimmatbaho eksportbop pushti va kizil daraxt yogʻochlari tayyorlanadi.
 
Sanoatida konchilik rivojlangan: nikel, rux, mis, temir, marganets, xrom rudalari, shuningdek, toshkoʻmir, neft, simob, oltin, kumush qazib olinadi. Filippin sanoati qand, sholi oklash, tamaki, yogʻmoy, meva konservalash, kopra, arqon va boshqa korxonalardan iborat. Yogʻochsozlik, mebel va koʻn-poyabzal sanoati ham rivojlangan. Sanoatning kimyo, radioelektronika tarmoklari yuksak surʼatda taraqqiy etmokda. Metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik (jumladan, avtomobil yigʻish), televizor, radiopriyomnik, elektr asboblar, mineral oʻgʻit, rezinatexnika buyumlari ishlab chiqaradigan, neftni qayta ishlaydigan, neft kimyosi, toʻqimachilik, tikuvchilik, "oyna, sement z-dlarizavodlari bor. Hunarmandchilik kds. tarmoq hisoblanadi. Yiliga oʻrtacha 26,4 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Manila, Sebu, Davao. Yuklar, asosan, dengiz transportida tashiladi. Temir yoʻli uzunligi 0,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 161 ming km. Asosiy dengiz portlari: Manila, Sebu, Batangas, Davao. Manilada xalkaro aeroport bor. F. chetga kandshakar, kopra, kokos moyi, metall rudalari, yogʻoch, mashina va uskunalar, kimyoviy moddalar chiqaradi, chetdan neft va neft mahsulotlari, mashina va uskuna, transport vositalari oladi. Yaponiya, AQSH, Avstraliya, Indoneziya, Singapur, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni bilan savdo qiladi. Pul birligi — Filippin pesosi.
 
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Vrachlar universitet va tibbiyot institutlarida tayyorlanadi. F.da oʻrta maktablarning yarmidan koʻprogʻi va boshlangʻich maktablarning bir qismi xususiy. Davlatga karashli va xususiy maktablarda pul toʻlab oʻqiladi. Boshlangʻich maktabda oʻqish majburiy va bepul boʻlib, unga bolalar 7 yoshdan qabul qilinadi va 6 yil oʻqitiladi. Oʻrta maktablarda oʻkish muddati 4 yil Darslar ingliz va mahalliy tagal tillarida olib boriladi. Hunar taʼlimi boshlangʻich maktab negizidagi qishloq xoʻjaligi, sanoat, savdo maktablarida amalga oshiriladi. Boshlangich maktablarning oʻqituvchilari ped. kollejlarida tayyorlanadi. Ularning eng kattasi Maniladagi F. normal (ped.) kollejidir. Oliy oʻquv yurtlarining kupi xususiy. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Maniladagi Katolik SantoTomas universiteti (1611), Manila universiteti, Uzok, Sharq universiteti (1928), Sharq universiteti (1946), KesonSiti shahridagi Filippin universiteti (1908). Yetakchi ilmiy muassasalar universitetlar xuzurida tashkil etilgan. Davlat ilmiy muassasalari — Yadro tadqiqotlari markazi (1958), F.taraqqiyot akademiyasi (1973), Kokos palmasi ilmiy tadqiqot instituta, F. fanlar akademiyasi (1976) va boshqa Xalkaro sholi ilmiy tadqiqot instituta bor. Untlar xuzurida yirik kutubxonalar, Manilada Milliy kutubxona ishlaydi. Manilada SantoTomas muzeyi (1682), F. Milliy muzeyi (1901) va Metropoliten sanʼat muzeyi mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. F.da bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Balita" ("Yangiliklar", tagal tilida chikadigan kundalik gaz.gazeta, 1972 yildan), "Manila bulletin" ("Manila byulleteni", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1972 yildan), "Manila ivning post" ("Manila oqshom pochtasi", ingliz tilida chikadigan kundalik kechki gaz.gazeta, 1975 yildan), "Manila tayms" ("Manila vaqti", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1945 yildan), "Piplz djornel" ("Xalq gazetasi", tagal va ingliz tillarida chikadigan gaz.gazeta, 1979 yildan), "Tempo" ("Surʼat", tagal va ingliz tillarida chikadigan kundalik gaz.gazeta, 1983 yildan), "Yunayted deyli nyus" ("Kun yangiliklari", ingliz va xitoy tillarida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1973 yildan), "Sulong" ("Olgʻa", oylik byulleten). F. yangiliklar agentligi — davlat axborot mahkamasi boʻlib, 1973 yildan faoliyat koʻrsatadi. Radioeshittirish 1952 yildan, telekoʻrsatuv 1953 yildan boshlangan. Mamlakatdagi barcha radio va telestyalar faoliyati "Neshnl telekommyunikeyshne kommishn" hukumat mahkamasi tomonidan nazorat qilinadi.
 
== Adabiyoti ==