Singapur: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 19:
 
== Xoʻjaligi ==
S. — Jan.Janubi-Sharqiy Osiyoda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28%, transport va aloqaning ulushi 13,1%, qishloq xoʻjaligi ulushi 0,2%.
 
Sanoatining yetakchi tarmoqlari — aniq mashinasozlik, elektronika, elektrotexnika, optika, keng isteʼmol mollari va murakkab apparatlar (shu jumladan, kosmik tadqiqotlar uchun eksportga moʻljallangan apparatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Chetdan keltiriladigan xomashyo asosida neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan. S. zavodlari yiliga 50 mln. tonna neftni qayta ishlash imkoniyatiga ega. Kemasozlik, kema taʼmirlash, samolyotsozlik, metallurgiya, kimyo, turli asbob-uskuna ishlab chiqarish, yogʻochsozlik, qurilish materiallari, toʻqimachilik, rezina, koʻn poyabzal, oziq-ovqat korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Yiliga 20,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari — Singapur. Jurong.
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Ekin ekiladigan yer kamligi sababli qishloq xoʻjaligi unchalik rivojlanmagan va mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat hududining 20% ga ekin ekiladi. Asosan, shahar axoliyey uchun sabzavot va meva, ziravor, tamaki, kokos palmasi yetishtiriladi. Choʻchqa va parranda boqiladi. Baliq ovlash va dengiz ovchiligi bilan shugullaniladi. Transport yoʻli uzunligi —83 km, avtomobil yoʻllari — 3 ming km. Dengiz portlari — Singapur, Jurong. Singapur shahri yaqinida xalqaro aeroport bor. Tashqi savdosida qayta eksport qilish katta oʻrin olgan. Xorijiy sayyoxdik rivojlangan. Chetga mashina va asbobuskuna (tashkiliy texnika, teleradioapparatlar), neft mahsulotlari va boshqa chiqaradi. Chetdan turli xom ashyo, oziq ovqat keltiradi. AQSH, Malayziya, Yaponiya, Oʻzbekiston bilan savdo qiladi (2002 yilda Oʻzbekiston bilan tovar aylanmasi hajmi 13,6 mln. AQSH dollarini tashkil qildi). Pul birligi — Singapur dollari. Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy-maʼrifiy muassasalari va madaniyati. S.da davlatga karashli tibbiy muassasalar bilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. Vrach va farmatsevtlar universitetning tibbiyot, stomatologiya va farmatsevtika ftlarida tayyorlanadi. 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻqishi majburiy. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 i., oʻrta maktabda 6 yil (3+3). Maktablarning bir qismi davlatga qarashli, qolgan qismi xususiy boʻlib, davlat oʻrta maktablarida pul toʻlab oʻqiladi. Dare, asosan, ingliz tilida olib boriladi, xitoy, malayya, tamil tillari ham oʻqitiladi. Turli kasblarni oʻrgatuvchi hunartexnika taʼlimi tizimi mavjud. 1980 yilda Nanyan va Singapur universitetlari negizida Milliy universitet tashkil etildi. Politexnika instituti, texnika va ped. kollejlari ham bor. Kutubxonalari: Milliy kutubxona, S. Milliy universiteti kutubxonasi, Texnika kolleji kutubxonasi; Milliy muzey (1848—49), Badiiy muzey va galereya (1955) mavjud. Ilmiy ishlar oliy oʻquv yurtlari huzuridagi jamiyatlarda, mintaqaviy ilmiy tadqiqot muassasalarida, Dengiz jonivorlari biol.sini oʻrganish markazida, Jan.Janubi-Sharqiy Osiyoni oʻrganish institutida olib boriladi. Singapur shahrida 19-asrga xos eklektika inshootlari koʻproq uchraydi. Uning yevropacha qismida zamonaviy meʼmorlik namunalari, Xitoy dahasida tor koʻchalar va kam qavatli uylar, Malayya dahasida qoziqlar ustiga oʻrnatilgan turar joy va machitlar bor. S. musiqiy madaniyatida malayyalarnnt anʼanaviy sanʼati (dondang sayeng ashula uslubi, jotet raqsi va boshqalar) bilan bir qatorda hind va xitoy qushiqraqs uslublari ham urf boʻlgan. 60 yillar oxiridan buyen sanʼat festivallari oʻtkazib kelinadi. Musiqa arboblari orasida — skripkachi va pedagog Go Sun Te, anʼanaviy musika kompozitorlari Navarro Xoo, Nikolas Sat, Toni Leong va boshqa bor.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==