Tailand: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 3:
'''Tailand''' (Thai), Tailand Qirolligi (Ratcha Anachak Thai, tailar tilida Pratet-Tai) — Jan.Sharkiy Osiyoda, Hindixitoy yarim orolning markaziy qismi va Malakka yarim orolning shimoliy qismida joylashgan davlat. Maydoni 514 ming km². Aholisi 62,4 mln. kishi (2002). Poytaxti — Bangkok shahari. Maʼmuriy jihatdan 73 viloyat (changwad)ra boʻlinadi.
 
King : [[Vajiralongkorn|Rama X]]
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 17:
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Demokratik partiya (Prachatipat), 1946 yil asos solingan; Xalq partiyasi (Ratsadon), 1986 yil tuzilgan; Maʼnaviy kuch partiyasi (Palang tam), 1988 yil tashkil etilgan; Milliy taraqqiyot partiyasi (Chat pattana), 1991 yil asos solingan; Yangi umid partiyasi (Vang may), 1990 yil tuzilgan; Birdamlik partiyasi (Yekkapap), 1989 tashkil etilgan; Adolat va ozodlik partiyasi (Seritxam), 1992 yil asos solingan; Tay milliy partiyasi (chat tay), 1974 y.yil sobiq hukmron Tailand xalqi birlashgan partiyasi asosida tashkil etilgan.
 
T. mehnat kongressi, 1975 yil tuzilgan; Tay kasaba uyushmalari kongressi, 1982 yil tashkil etilgan.
Qator 35:
T.da davlat tibbiy muassasalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar xam bor. Vrachlar 4 ta oliy tibbiyot maktabida tayyorlanadi.
 
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. 7 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarga majburiy bepul taʼlim joriy qilingan. 1977 yildan umumiy taʼlim maktabining yangi tizimi qabul etilgan: boshlangʻich maktab 6 yil, oʻrta maktab 6 yil Darslar tay tilida olib boriladi. Xususiy maktablar ham bor. T.da 13 untuniversitet, jumladan, Bangkokdagi Chulalongkorn (1917), Tammasart (1933), Kasetsart (1943) untlari, Chiangmay shahrida untuniversitet, bir kancha institut va kollej bor. Ilmiy muassasalari: Bangkokda Siyom ilmiy jamiyati, untlar huzuridagiuniversitetlarhuzuridagi ilmiy tadqiqot markazlari, qishloq xoʻjaligi., ekologiya va boshqa ilmiytadkikrt institutlari. Ayrim ilmiy ishlar xorijiy va xalqaro jam/armalar tomonidan pul bilan taʼminlanadi. Bangkokda Milliy kutubxona (1905), Tammasart va Chulalongkorn untlarining kutubxonalari, Milliy muzey bor.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. T.da tay, xitoy, ingliz tillarida oʻnlab gaz. va jurnalilar nashr etiladi, muhimlari: "Bangkok post" ("Bangkok pochtasi", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1946 yildan), "Deyli nyus" ("Kundalik yangiliklar", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1964 yildan), "Neyshn" ("Millat", ingliz tilida chikadigan kundalik gazeta, 1971 yildan), "Siam rat" ("Siyom mamlakati", tay tilida chiqadigan kundalik kechki gazeta, 1950 yildan), "Siamrat uikli revyu" ("Siyom mamlakatining xafta yangiliklari", tay tilida chiqadigan haftalik), "Sinsyan jibao" ("Yangiliklar", xitoy tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1946 yildan), "Tai rat" ("Tay davlati", tay tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1956 yildan). T. axborot agentligi (TNA) — milliy axborot mahkamasi, 1977 yil tuzilgan. Radioeshittirish 1938 yildan, telekoʻrsatuv 1955 yildan boshlangan. T. milliy radioeshittirish xizmati va T. televideniyesi hukumat nazoratida.
 
== Adabiyoti ==
Tay ogʻzaki va yozma ijodiyotining dastlabki yodgorliklari 13-asr oxiriga oid. Ular toshlarga yozilgan yilnomalardan iborat. Mustaqil badiiy ijodiyot tarzidagi adabiyot oʻrta asrlarda yuzaga keldi. Bu davr adabiyoti hind adabiyotining taʼsirida rivojlandi. Buddaviylikning ijtimoiy hayotdagi hukmronligi adabiyotda ham oʻz aksini topdi. Hukmdorlarni taʼriflovchi madxiyalar va diniy rivoyatlar asosiy oʻrin oldi. 18-asr oxirida dunyoviy mavzuga burilish boshlandi. Dastlabki nasriy asarlar yaratildi ("Rachatirat", 1785 va "Uch qirollik hukmronligi", 1802). 19-asr oʻrtalarida adabiy asarlar tilini xalqqa yaqinlashtirish va taqdidgoʻylikdan voz kechib, milliy adabiyotni kamol toptirish harakati boshlandi. Sunton Pu ijodi bunga misol boʻladi. 20-asrning 20—30y.larida20—30 yillarida realistik yoʻnalish yuzaga keldi, shu ruhdagi hikoya, qissa, romanlar paydo boʻldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin adabiyotda oilaviy turmush mavzui ustunlik qila boshladi. Siburapning "Kelajakka tik boqib" (1955), Sena Sauvapongning "Iblis" (1957) romanlari, Suvat Varadilok va Lao Kxamxomning hikoyalarida oʻtkir ijtimoiy muammolar koʻtarildi. Akat Damkeng, Luang Vichit Vatakan, Malay Chupinit, Makat Tyanrayong, adiba Dokmaysot va boshqa insonning ahvolruhiyatidagi ziddiyatlarni ifodalovchi asarlar yozishdi.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Qator 48:
 
== Musiqasi ==
T.da diniy marosim va bayramlar, toʻy, farzand tugʻilishi va boshqa qadimdan qoʻshiq va musiqa bilan nishonlanadi. Fong si deb atalgan tarixiy balladalar keng yoyilgan. Toʻy qoʻshiqlari xat lion janri tarkibiga kiradi. Musiqiy cholgʻu asboblari xilmaxil: 2 torli skripka (sau duong va sau o), 3 torli skripka (sau sam say), 3 torli ud (syoung), sitra (kxim), fleyta (kxliy), damli nay (pinay), barabanlar (txon, ramana, kxlong), gonglar, ksilofon (rapadek) va boshqa 19-asr oxirida yevropacha musiqa va cholgʻu asboblari kirib kela boshladi. 20-asrning 50y.laridan50 yillaridan milliy musiqiy madaniyatni yuksaltirish harakati boshlandi. Zamonaviy kompozitorlardan Montri Tramote, Naris, xonandalardan U. Sukantxamalai, T. Aylin, cholgʻuchilardan T. Konglaitong, N. Tayminlar mashhur.
 
Teatri va kinosi. T.ning mumtoz teatri hindlarning "Ramayana" eposidan boshlangan. 15-asrda taylar bu asarning "Ramakiyan" deb atalgan varianti asosida kon, nang, lakon tomoshalarini yaratdilar. Kon — niqobli pantomima teatri boʻlib, barcha rollarni erkaklar ijro etadi. Niqoblarda qahramonlarning qiyofasi tasvirlangan boʻladi (och koʻk rang — Rama, oq rang — Xonuman va t.k.). Aktyorlar gapirmaydi, matn sahna orqasidan oʻqib turiladi. Tomoshalar orkestr va qoʻshiqchilar joʻrligida olib boriladi. Nang — fonus teatri. Ishtirokchilarning gavdalari buyvol terisidan qora va rangdor qilib yasaladi. Tomosha paytida aktyorlar ishtirokchilarning harakatini qiroat bilan tushuntirib boradilar. Aksariyat hollarda turmushdan olingan sahnalar koʻrsatiladi. Lakon — taylarning mumtoz dramasi boʻlib, undagi matnni aktyorlarning oʻzi gapiradi. Kichik xor esa voqealarni izohlaydi, qahramonlarga taʼrif beradi. Bu teatrda raqs asosiy oʻrinda boʻladi. Lakonning like va nora turlari xoz. zamon tomoshalarida yashab kelmoqda. T.da doimiy teatr yoʻq. Nafis sanʼat departamenta huzurida havaskorlar truppasi tashkil etilgan. T.da har yili 50—70 badiiy film yaratiladi. "Sher naʼrasi" (rejissyor S. Jaruchino) va "Qurollangan kishi" (rejissyor Yu. Chatri) filmlari shu jumlaga kiradi.