Iordaniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 170:
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati juda qadimgi boʻlib, dunyodagi eng koʻhna shaharlar ham Iordaniya hududida joylashgan. Bu yerlarda soʻnggi paleolit (Kilva qoyalaridagi rasmlar), neolit (xom gʻishtdan qurilgan uylar va tosh istehkomlarning krldiklari), eneolit va jez davriga oid yodgorliklar (tosh saganalar, guvala uylar, diniy inshootlar, toshtaroshlik, sopol va zeb-ziynat buyumlari) saqlangan. Mil. av. 4-asrdan eʼtiboran Filadelfiya (hozirgi Ammon), Geras (hozirgi Jerash) shaharlarini loyihalash va qurishda qadimgi meʼmorlik va tasviriy sanʼat anʼanalariga suyanildi. Mil. av. 9-asrga oid meʼmoriy va tasviriy sanʼat yodgorliklari bu oʻlkada Misr, Bobil, Ossuriya mada-niyatining taʼsiri kuchli boʻlganini koʻrsatadi. Rim hukmronligi davrida ulugʻvor exrom, teatrlar, Vizantiya hukmronligi davrida cherkov, monastirlar qurilgan, koshinkorlik sanʼati avj olgan. [[Islom dini]] tarqalishi munosabati bilan mayejidlar qurildi, eski ibodatxonalar mayejidlarga aylantirildi (Qubbat as-Saxra, al-Aqso mas-jidi va boshqa). 8-asrda Mshatta, Xirbet al-Mafjar, Kusayr-Amra kabi hashamatli saroylar barpo etildi. Umaviylar hukmronligi davrida imoratlarni qadama naqshlar bilan bezash va turli suratlar chizish udum boʻldi. 12—14-asrlarga oid qalʼalar, qoʻrgʻonlar saqlanib qolgan. Iordaniya daIordaniyada 20-asrdan zamonaviy maʼmuriy va jamoat binolari koʻrila boshladi.
 
Tasviriy sanʼat uncha rivoj topmagan. Xalq sanʼatida badiiy matolar, kashta, gilam, guldor gazlamalar, sopol, charm, yogʻoch buyumlar tayyorlash rivojlangan.