Aroqiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Iroq_info}}{{Maʼnolari|Iroq (maʼnolari)}}<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
 
'''Iroq''', Iroq Respublikasi (Al-Jumhuriyah al-lragiyah) — Jan.Janubi- Fapbiygʻarbiy Osiyoda, Dajla va Furot daryolari oraligʻida joylashgan davlat. Maydon 435,052 km{{sup|2}}. Aholisi 37,056 mln. kishi (2015). Poytaxti — [[Bagʻdod]] shahri. Maʼmuriy jihatdan 18 muhofaza (viloyat)ga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
I.Iroq — respublika. 1970 yil 16 iyulda kuchga kirgan Muvaqqat konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (1979 yil iyulidan Saddam Husayn, ayni vaqtda u bosh vazir, Inqilobiy qoʻmondonlik ken-gashi raisi va qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni). Prezidentning vakolat muddati — 7 yil 2002 yil 15 oktabrdagi referendumda S. Husaynning preziden-tlik vakolati yana 7 yilga uzaytirildi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Milliy kengash (parlament); u 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident va xukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
I.Iroq hududining koʻp qismi Yuqori va Quyi Mesopotamiya tekisliklaridan iborat. Shimoliy va shimoli-sharqida Armaniston va Eron togʻliklari (bal. 3000 m dan yuqori), janubiy va janubi-gʻarbida Suriya-Arabiston yassi-togʻligining chekka qismi (bal. 900 m gacha) joylashgan. Yuqori Mesopotamiya (yoki Jazira) bal. 300–450 m tekis platodan iborat. Quyi Mesopotamiya esa bal. 100 m dan oshmaydigan al-lyuvial pasttekislikdir. Asosiy foydali qazilmalari — neft va gaz. Fosforit va oltingugurt konlari ham bor.
 
Iqlimi I.ningIroqning shimoliy qismida kontinental Oʻrta dengiz ikdimi, yozi is-siq va quruq, qishi iliq va seryomgʻir, janubiyda tropik iqlim. Mosulda iyulning oʻrtacha temperaturasi 34°, yanvar niki 7°. Qishda togʻlarda qor yogʻadi. Eng past temperatura — 18° gacha. Basrada yanvarning oʻrtacha temperaturasi 11°, avgust niki 34°, baʼzan 50° ga yetadi. Yillik yogʻin togʻlarda 500&nbsp;mm gacha, mamlakatning janubi-sharqida 60– 100&nbsp;mm. I.Iroq hududidan oʻtgan Dajla va Furot duryolaridan sugorishda keng foydalaniladi. Alkurn shahri yonida bu daryolar qoʻshilib, yagona Shatt ul-Arab daryosini hosil qiladi va Fors qoʻltigʻiga quyiladi. Quyi Mesopotamiyada mayda koʻl koʻp. Choʻllarida suv vaqtincha oqadigan soyliklar bor. Tuproqlari — daryo vodiylarida sugʻoriladigan unumdor allyuvial tuproq. Iroqning kalgan qismida dasht va chala choʻlga xos kashtan va boʻz tuproqlar tarqalgan. Togʻli joylarda togʻ-oʻtloq tuproqlari uch-raydi. I.Iroq hududining koʻp qismi dasht, janubi-gʻarbi choʻl va chala choʻl. Togʻ yon bagʻirlarida siyrak butazorlar, daryo vodiylarida terak va tolzorlar bor. Shatt ul-Arab vodiysida hurmozor koʻp. I.ningIroqning hayvonot dunyosi xilma-xil. Tekisliklarda gʻizol, yovvoyi eshak, ola sirtlon, chiyaboʻri, qoplon yashaydi. Kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar (jumladan, zaharli koʻlbor ilon) va zararli hasharotlar (chigirt-ka, falanga, chayon) koʻp. Daryo qirgʻoqlarida qoʻton, qizilgʻoz, saqoqush uch-raydi.
 
== Aholisi ==
Qator 15:
 
== Tarixi ==
I.Iroq xududi (Mesopotamiya) — dunyodagi eng kad. madaniy markazlardan biri. Mil. av. 7ming yillikda ilk sugʻorma deqqonchilik, chorvachilik rivojlangan. Mil. av. 3ming yillikda shaharlar paydo boʻlgan, bir necha mayda kuldorlik davlatlari vujudga kelgan. Mil. av. 2ming yillikda ular Bo-bil podshoxligiga birlashgan. Mil. av. 6-asrda I.Iroq xududi Axomaniylar, keyinchalik Salavkiylar (mil. av. 4—2-asrlar) va Parfiya (mil. av. 2-asr—mil. 3-asr) davlatlarining xoʻjalik, savdo markazi boʻlgan. Sosoniylar xukmronligi davrida bu yerda xristianlik, yaxudiylik va b. dinlar bilan birga zardushtiylik ham tarqalgan.
 
7-asr 30-yillarida Mesopotamiyani arablar egallagan. 661 yil u Umaviylar xalifaligiga koʻshib olindi. Aholi oʻrtasida islom dini va arab tili keng tarkala boshladi. 750—1055 yillari bu yerda abbosiylar xukmronlik qildi. Keyinchalik saljuqiylar, 13-asr 2-yarmida moʻgʻullar bostirib kirdi. 14-asr oxiri — 15-asr boshida I.Iroq Amir Temur saltanati tarkibiga kirgan. 16-asr 30-yillarida I. niIroqni turklar, 17-asr boshida safaviylar egalladi. 17-asr 2-choragidan Birinchi jahon urushi oxirigacha Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻldi. Birinchi jahon urushidan keyin I.Iroq ni inglizlar bosib oldi va talontoroj qildi. 1920 yil I.Iroq ustidan Buyuk Britaniya mandati oʻrnatildi. Shu paytdan eʼtiboran mustamlakachilikka karshi butun mamlakat boʻylab milliy ozodlik qoʻzgʻoloni boshlanib ketdi. Bu qoʻzgʻolon shafqatsizlik bilan bostirilgan boʻlsa ham, inglizlar milliy hukumat tuzishga rozilik berdi. I.Iroq amir Faysal boshchiligidagi podshohlik deb eʼlon qilindi, ammo u inglizlar nazoratida edi. Angliya I.Iroq podshohligini ogʻir shartnomalar tuzishga majbur qildi (1922, 1923). I.Iroq nefti Angliya boshliq monopoliyalar, asosan "Irak petroleum kompani" (1929 yilgacha "Terkish petroleum") ixtiyorida qoldi. 1932 yil Buyuk Britaniya I.Iroq qa rasmiy jihatdan mustaqillik berdi, ammo harbiy-siyosiy na-zorat qilib turish huquqini oldi. I.Iroq hukumatining Buyuk Britaniya bilan hamkorlikni kuchaytirish, qishloqlarda zamindorlar qukmronligini mustahkamlashni koʻzda tutgan siyosati xalqni ochlikka olib keldi va si-yosiy huquqlardan mahrum etdi. Bu si-yosatga qarshi dehqonlarning qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi (1930—36). Ishchilar oʻz huquqlari uchun kurash boshladi. Bir necha kasaba uyushmalari tuzildi. I.Iroq hukumatining siyosatidan mayda milliy ziyoli va zobitlarning bir qismi ham norozi boʻldi. Hukumat rahbarlari bir necha marta oʻzgartirildi. 1941 yil oktabrda Nuri Sayd rahbarligida yangi hukumat tuzildi. Ikkinchi jahon urushi davrida mehnatkashlar ahvoli ogʻirlashib, xalq harakatlari kuchaydi. Natijada siyosiy mahbuslar ozod qilindi.
 
Urushdan keyin milliy ozodlik harakati kuchaydi. Arab-Isroil urushi davri (1948—49)da hukumat mamlakatda qatagʻon va taʼqib qilish siyosatini olib bordi, parlament tarqatildi, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari faoliyati taqiklandi. AQSH bilan I.Iroq oʻrtasida "texnika yordami" (1953), "harbiy yordam" (1954) toʻgʻrisida shartno-malar tuzildi. 1955 yil I.turkiyaIroqturkiya harbiy shartnomasi imzolandi. Bu esa Bagʻdod paktining tuzilishiga asos boʻldi. Mamlakatdagi vatanparvar kuchlar ozodlik va demokratiya uchun kurashni toʻxtatmadilar. 1956 yilda I.Iroq armiyasida "Ozod zobitlar" nomli yashirin inqilobiy tashkilot tuzildi. 1957 yil I.Iroq Kompartiyasi, Milliy demokratik partiya, Mustaqillik partiyasi ("Is-tiqlol") va Arab sotsialistax uygʻo-nish partiyasi (Baas)ning birlashuvidan Milliy birlik Fronti (MBF) tashkil topdi.
 
1958 yil 14 iyulda MBF, "Ozod zobitlar" tashkiloti hamda mehnatkashlarning birgalikdagi harakati natijasida podshoxlik agʻdarildi va I.Iroq respublika deb eʼlon qilindi. Ab-dulkarim Qosim boshchiligida hukumat tuzildi. Respublika hukumati I.ningIroqning Bagʻdod paktidan chiqqanligini eʼlon qildi. I.dagiIroqdagi ingliz harbiy bazalari tugatildi (1959 yilning 30 mayida).
 
1958 yil 26 iyulda qabul qilingan Konstitutsiyada barcha fuqarolar qonun oldida teng huquqlar va demokratik erkinliklar bilan taʼminlanajagi qayd etildi. Shundan soʻng kasaba uyushma tashkilotlari va siyosiy partiyalar ochiq ishlay boshladi. Hukumat siyosiy mahbuslarga afv umumiy eʼlon qildi. Ayollar erkaklar bilan teng huquqqa ega boʻldi. Chet el firmalarining I.Iroq yerlariga egaligi cheklandi.
 
Hukumatning xalqparvarlik siyosati ichki hurofiy kuchlarning qarshiligiga uchradi. A. Qosim vatanparvar tashkilotlar faoliyatini cheklashga majbur boʻldi. 1961 yil sentabrda kurd xal-qiga qarshi urush boshladi. 1963 yil fevralda davlat toʻntarishi boʻlib, hokimiyat Baasning ekstremist rahbarlari kuliga oʻtdi. Ular demokratlarni jismonan yoʻqqilishga kirishdi. Minglab vatanparvarlar oʻldirildi va qamoqqa olindi. Bunday zulmkor siyosatga nisbatan xalq gʻazabi kuchayishi natijasida Baas rahbarlari ikki qaramaqarshi guruhga boʻlindi. 1963 yil noyabrda hokimiyatni A. S Orif boshliq harbiylar qoʻlga oldi. 1963—68 yillar turli siyosiy gu-ruxlarning hokimiyat uchun kurashi bilan oʻtdi. Hukumatga qarshi namoyishlar boʻldi. 1968 yil iyuldagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyat general Ahmad Hasan al-Bakr boshchiligidagi Baas rahbarlari qoʻliga oʻtdi. Hukumat siyosiy mahbuslarni ozod qilib, oldingi vazifalariga qayta tayinladi. Kam haq oladigan mehnatkashlar "mudofaa soligʻi" dan ozod boʻlli. Mehnat, nafaqa, ishchilarning ijtimoiy taʼminoti, yer islohoti haqida yangi qonun qabul qilindi (1970). Inq-ilobiy qoʻmondonlik kengashi I.Iroq davlati doirasida kurdlarning milliy muxtoriyatini tan oldi. I.Iroq [[Kurdiston|Kurdistonidagi]] harbiy harakatlar toʻxtatildi. Kurd taraqqiyparvar tashkilotlariga erkinlik berildi. Kurd tili ikkinchi rasmiy til deb eʼlon qilindi. Hukumatga 5 kurd kiritildi. Kurdistonni rivojlantirish dasturi amalga oshirila boshladi. 1974 yil 11 martda I.Iroq Kurdistoni muxtoriyati eʼlon qilindi.
 
1979 yil S Husayn mamlakat prezidenti boʻlgach, 1980 yil sentabrda Iroq bilan Eron oʻrtasida Shatt-ul Arab daryosi boʻylab oʻtgan chegara xususidagi janjal qurolli toʻqnashuvga aylanib ketdi. 8 yildavom etgan bu mojaro Yaqin Sharq va Fors koʻrfazi atrofidagi vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Nihoyat, 1990 yil 15 avgustda Iroq prezidenta Saddam Husayn Eron prezidenta A. A. HoshimiyRafsanjoniyga maktub yoʻllab darhol sulh tuzishni taklif etdi. Eron bu taklifni qabul qildi. Ammo bu urush mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi.
 
1990 yil 1 avgustdan 2 avgustga oʻtar kechasi I.Iroq qoʻshinlari Kuvayt hududiga bostirib kirdi va bir necha kun davomida uni qamal qilib turdi. Bagʻdod Kuvaytning Iroq bilan "toʻla-toʻkis va abadiy birlashganini" eʼlon qildi. BMT Xavfsizlik Kengashi Kuvaytning I.Iroq tomonidan bosib olinishini qoraladi va I.Iroq qoʻshinlari Kuvaytdan darhol olib chiqib ketilishini talab qildi, I.Iroq qa qarshi qattiq iqtisodiy jazo choralari joriy etdi. Ammo I.Iroq rahbariyati bu talabni bajarmadi. Natijada BMT Xavfsizlik Kengashining "mazkur regionda tin-chlik va xavfsizlikni tiklash uchun barcha zarur vositalardan foydalanish" toʻgʻrisidagi qaroriga binoan, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, bir qator arab davlatlari harbiy qismlaridan iborat koʻp millatli kuchlarning qoʻshinlari 1991 yil 16 yanvar dan 17 yanvar ga oʻtar kechasi I.Iroq qa qarshi urush harakatlari boshladi. "Choʻldagi boʻron" deb atalgan bu jangda I.Iroq qoʻshinlari magʻlubiyatga uchradi. 1994 yil Yunoyabrda I.Iroq Kuvaytning suvereniteta, hududiy butunligi va xalqaro chegaralarini toʻla-toʻkis va uzil-kesil tan olishini bildirdi. BMT Xavfsizlik Ken-gashi qarorlariga muvofiq, I.ningIroqning ommaviy qirgʻin qurollari zaxiralari, ularni eltuvchi vositalar va ishlab chiqarish quvvatlarini aniqlab, yoʻq qilib tashlash uchun maxsus komissiya tuzildi. I.Iroq dan barcha turdagi xom ashyo, shu jumladan, neft, tayyor mahsulotlar sotib olish hamda unga barcha turdagi xom ashyo va tayyor mahsulotlar, qurol-yarogʻ, harbiy texnika sotish, boshqa tarzda harbiy yordam koʻrsatish taqiqlandi. Oziq-ovqat va dori-darmon bundan mustasno. Harbiy mojarolar va iqtisodiy qamal natijasida I.Iroq ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda haddan tashqari ogʻir ahvolga tushib qoldi.
 
I.Iroq - 1945 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1993 yil 19 iyunda oʻrnatdi. Milliy bay-rami — 17 iyul — Inqilob kuni (1968).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari, tashkilotlari va kasaba uyushmalari ==
Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi — Baas, 1947 yilda tuzilgan Umumarab Base partiyasi tarkibiga kiradi, Iroqda 1954 yil shakllangan; Kurdiston demokratik partiyasi, 1946 yilda tuzilgan; Kurdiston inqilobiy partiyasi, 1974 yil tashkil topgan; Iroq kommunistax partiyasi, 1934 yilda asos solingan; Demokratik milliy vatanparvar fronti, 1980 yil tuzilgan; Ilgʻor milliy vatanparvar fronti, 1973 yil tashkil etilgan. I.Iroq ishchi kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi 1959 yilda tashkil etilgan boʻlib, Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasi aʼzosi.
 
== XoʻjaligiIqtisodiyoti ==
I.Iroq — agrar-industrial mamlakat. I.Iroq baquvvat iqtisodiy salohiyatga ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22%, qishloq xoʻjaligining ulushi 20,3% ni tashkil etadi.
 
Neft (zaxirasi 65 mlrd. tonnadan ziyod), gaz, oltingugurt, marmar va fosfatlarning katta zaxiralari bor. I.Iroq-Eron urushi boshlanishidan avval neft eksport qilishdan har yili 21—26 mlrd. dollar daromad olinar edi. Sanoatning neft, gaz qazib chiqarish, neftni qayta ishlash, sement, elektr energetika, mashinasozlik va b. tarmoqlari rivojlangan. Mayda hunarmandchilik korxonasi va ustaxonalari koʻp. Toʻqimachilik, poaybzal, oziq-ovqat sanoati ham birmuncha rivojlangan. Al-Iskandariyada mashinasozlik zavodi, Samarrada antibiotik va b. dori-darmonlar zavodi, Qut al-Amarada ip gazlama kombinati, Bagʻdodda elektronika asbob-uskunalari zavodi va tikuvchilik fabrikasi, Ramodida oyna zavodi va b. korxonalar mavjud. Biroq BMT Xavfsizlik Kengashining iqtisodiy jazo choralari natijasida moliyaviy resur-slar, xom ashyo, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar yetishmasligi har sohada sezilib turadi.
== Sanoati ==
Neft (zaxirasi 65 mlrd. tonnadan ziyod), gaz, oltingugurt, marmar va fosfatlarning katta zaxiralari bor. I.-Eron urushi boshlanishidan avval neft eksport qilishdan har yili 21—26 mlrd. dollar daromad olinar edi. Sanoatning neft, gaz qazib chiqarish, neftni qayta ishlash, sement, elektr energetika, mashinasozlik va b. tarmoqlari rivojlangan. Mayda hunarmandchilik korxonasi va ustaxonalari koʻp. Toʻqimachilik, poaybzal, oziq-ovqat sanoati ham birmuncha rivojlangan. Al-Iskandariyada mashinasozlik zavodi, Samarrada antibiotik va b. dori-darmonlar zavodi, Qut al-Amarada ip gazlama kombinati, Bagʻdodda elektronika asbob-uskunalari zavodi va tikuvchilik fabrikasi, Ramodida oyna zavodi va b. korxonalar mavjud. Biroq BMT Xavfsizlik Kengashining iqtisodiy jazo choralari natijasida moliyaviy resur-slar, xom ashyo, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar yetishmasligi har sohada sezilib turadi.
 
Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 12 mln. ga, shundan 8 mln. ga yer ishlanadi. Ekin maydonining ak-sar qismiga bugʻdoy, qolgan qismiga paxta, tamaki, sabzavot ekiladi; bogʻdorchilikham rivojlangan. 1990-yillargacha I.Iroq hurmo daraxtining soni jihatidan dunyoda 1-oʻrinda turar, dunyo bo-zoriga chiqarib sotiladigan hurmo me-vasining 4/5 qismi uning hissasiga toʻgʻri kelar edi. Biroq I.Iroq qa qarshi jazo choralari qishloq xoʻjaligi ga ham asoratli taʼsir qildi. Jumladan, 1990 yilga nisbatan 2000 yilda ekin maydonlari qisqarib, yalpi hosil kamaydi. Chunonchi bugʻdoy hosili 1055 ming t dan 800 ming t ga, arpa 1095 ming t dan 500 ming t ga, makkajoʻxori 171 ming t dan 100 ming t ga, uzum 428 ming t dan 290 ming t ga tushib qoldi. Chorvachilikdagi qoʻy, echki, qoramol, tuya, ot soni ham kamaydi.
== Qishloq xoʻjaligi ==
 
Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 12 mln. ga, shundan 8 mln. ga yer ishlanadi. Ekin maydonining ak-sar qismiga bugʻdoy, qolgan qismiga paxta, tamaki, sabzavot ekiladi; bogʻdorchilikham rivojlangan. 1990-yillargacha I. hurmo daraxtining soni jihatidan dunyoda 1-oʻrinda turar, dunyo bo-zoriga chiqarib sotiladigan hurmo me-vasining 4/5 qismi uning hissasiga toʻgʻri kelar edi. Biroq I. qa qarshi jazo choralari qishloq xoʻjaligi ga ham asoratli taʼsir qildi. Jumladan, 1990 yilga nisbatan 2000 yilda ekin maydonlari qisqarib, yalpi hosil kamaydi. Chunonchi bugʻdoy hosili 1055 ming t dan 800 ming t ga, arpa 1095 ming t dan 500 ming t ga, makkajoʻxori 171 ming t dan 100 ming t ga, uzum 428 ming t dan 290 ming t ga tushib qoldi. Chorvachilikdagi qoʻy, echki, qoramol, tuya, ot soni ham kamaydi.
Chetdan mashina va uskunalar, oziq-ovqat, qora metall, kimyoviy ashyolar keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Iordaniya, Italiya, Germaniya va boshqalar. Pul birligi — Iroq dinori.
 
== Transporti ==
Temir yoʻl uz. 3 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 30 ming km, neft quvurlari uz. 4,2 ming km, gaz quvurlari uz. 2,6 ming km. Asosiy dengiz portlari — Basra, Fao, Umm-Kasr, daryo porti — Bagʻdod. Bagʻdodda zamonaviy xalqaro aeroport bor. I.Iroq chetga hurmo, teri, jun, sement, neft, neft mahsulotlari, oltingugurt chikaradi. Chetdan mashina va uskunalar, oziq-ovqat, qora metall, kimyoviy ashyolar keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Iordaniya, Italiya, Germaniya va b. Pul birligi — I. di-nori.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
1970 yilda 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarning majburiy boshlangʻich taʼlimi toʻgʻrisida qonun qabul qilingan. Boshlangʻich mak-tabda ham, oʻrta maktabda ham oʻqish muddati 6 yil Universitetlar, institutlar, kollej lar, jumladan, Bagʻdod universiteti, Bagʻdodda al-Mustansuriya universiteti, Basra, Mo-sulMosul va Sulaymoniyada universitetlar, Bagʻdodda texnologiya instituti bor. 1947 yilda I.FAIroq Fanlar gaakademiyasiga asos solingan. Bagʻdodda Kurd Fanlar akademiyasi, Ilmiy tadqiqotlar tashkiloti mavjud. Yirik kutubxonalari: Bagʻdod universitetining markaziy kutubxonasi, Milliy kutubxona, I.Iroq muzeyi kutubxonasi, Mosuldagi Ommaviy kutubxona va b. Muzeylari: Bagʻdoddagi I.Iroq muzeyi, Arab osori atiqalari muzeyi, Mosul muzeyi, Basradagi universitet muzeyi, koʻqna Bobil harobalaridagi Bobil muzeyi.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsat ==
Uvi- Eng muhim gaz. va jurnal lari: "As-Savra" ("Inqilob", arab tilidagi kundalik gazeta, 1968 yildan), "Al-Iroq" ("Iroq", arab va kurd tillaridagi kundalik gazeta, 1976 yildan), "AlJumhuriya", ("Respublika", arab tilidagi kundalik hukumat gazeta, 1963 yildan), "Bagdad observer" ("Bagʻdod kuzatuvchisi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1967 yildan), "Bagʻdod" (fransuz tilida 2 oyda 1 marta chikadigan siyosiy va madaniy jurnal), "Al-Afak al-Arabiyya" ("Arabiston ufqlari", arab tilidagi oylik siyosiy-adabiy jurnal, 1975 yildan). I.Iroq axborot agentligi 1959 yilda tashkil etilgan. Davlat radioeshittirish va televideniye tashkiloti hukumat tashkilotidir. 1936 yildan radioeshittirish, 1956 yildan telekoʻrsatuv olib boriladi.
 
== Adabiyoti ==
Oʻrta asrlarda I.Iroq poytaxti — Bagʻdod umumiy arab madaniyati, fani va adabiyotining markazlaridan biri boʻlganligi bois I.Iroq yozma adabiyoti ham umumarab oʻzanida ravnaq topdi. Umuman arab badiiy adabiyoti 5—7-asrlarda ogʻzaki xalq ijodiyoti boy manbalari asosida vujudga keldi. Avvaliga proza (afsonalar, ertaklar), soʻng poeziya (gʻazal, qasida va hokazo) paydo boʻlib, rivojlana boshladi. 16-asr dan adabiyot tushkunlikka tushdi. 19-asrda Abd alMuhsin alkozimiy, Jamol Sid-qiy az-Zaxaviy va Maʼruf Rusafiy kabi mashhur shoirlar oʻz asarlarida maʼrifatchilik va milliy ozodlik kurashi gʻoyalarini aks ettirdilar. 19-asr va 20-asr boshlarida I.Iroq adabiyotida sheʼriyat yetakchi janr boʻlgan. Mahmud Ahmad assayid I.Iroq adabiyotida birinchi boʻlib hikoya va qissalar yozdi. Ularda insonparvarlik gʻoyalarini ilgari surdi. Zunnun Ayyub va b. hajvchilarning ijodi ZO-yillar mamlakat ijtimoiy hayotiga katta taʼsir koʻrsatdi. Shu dav-rda ilgʻor shoirlardan Muhammad Mah-mud al-Javohiriy va Muhammad Solih Bahr ul-Ulum barakali ijod qildilar.
 
50-yillarda I.Iroq adabiyotida romanchilik va dramaturgiya shakllandi. Bu davrdagi I.Iroq sheʼriyati voqelikni toʻgʻri aks ettira boshladi. Inqilob (1968 yil) dan keyin I.Iroq adabiyoti gurkirab oʻsdi. Bosqinchilikka qarshi kurash va adolatli jamiyat qurish madhini kuylash asosiy mavzu boʻlib qoldi. Abu al-Vahhob alBayotiy, Hasan al-Bayotiy va b. ijo-dida siyosiy va ijtimoiy ohanglar yan-gradi. I.Iroq sheʼriyatini isloh qilgan No-zik alMaloika va b. shoiralar hamda shoirlar lirik sheʼrlar yaratdilar. Kurd tilidagi adabiyot ham rivojlangan.
 
Meʼmorligi juda qad. anʼanalarga ega boʻlib, bu yerda Bobil-Ossuriya madaniyati va Parfiya yodgorliklari saklanib qolgan. 7-asr dan boshlab arab mada-niyati taʼsiri kuchaygan. 7-asr 30-yillarida Kufa, Basra, 8-asr boshlarida Va-sit shahri lariga asos solindi. 762 yildan doirasimon reja asosida Madinat as-Salom (Tinchlik shaqri, hozirgi Bagʻdod) kurila boshladi. 9-asrda oʻrta asrlar meʼmorligi ravnaq topdi (salobatli saroy inshootlari, baland minorali masjidlar, jumladan, Samarradagi 450 ustunli Mutavakkil masjidi). 12-asr va 13-asr 1-yarmidan Bagʻdoddagi (Mu-stansuriya Madrasa majmuasi, Bobal-Vastani shahar darvozasi) va Mosuldagi (Nuriddin jome masjidi) yodgorliklar saklangan. 16—17-asrlarda sirkorlik, naqqoshlik va oʻymakorlik sanʼati namunalari boʻlmish Bagʻdoddagi Muso al-Qadim (oltin masjid) maqbaramasjidi, Karboladagi Imom Husayn maqbara-masjidi va b. barpo etildi. Turar joylar ichki hovlili, peshayvonli, derazalari jimjimador yogʻoch panjarali qilib qurildi.
 
Zamonaviy meʼmorlikda turli yevropacha uslublar taʼsiri seziladi. Basra, Mosul, Karbalo, Samarra shahrilari loyihasi ishlab chiqildi (1959—60). Bagʻdod, Mosul, Basra va b. shaharlardagi zamonaviy jamoat va uy-joy bi-nolari tarhi va qurilishida mahalliy iqlim va turmush sharoitlari eʼti-borga olindi, xalq anʼanalariga rioya etildi. I.Iroq meʼmorlari orasida N. Javdod, R. alChodirchi, X. Munif va b. mashhur.
 
== Tasviriy sanʼati ==
I.Iroq hududida mil. av. 8—7ming yillikka oid qoʻhna madaniyat manzilgohlarida qad. sanʼat asarlari (alebastr va loydan yasalgan haykalchalar, tamgʻa-tumorlar, sopol idishlar) topilgan. Mil. av. 4—1ming yillikda Shumer, Akkad, Bobil, Ossuriya badiiy madaniyati izchil rivojlandi. Yunon, Parfiya, Sosoniylar sanʼati yodgorliklari uchraydi. Oʻrta asrlarda I.Iroq sanʼati umumarab madaniyati tarkibida ravnaqtopdi. 8—13-asrlardagi ganch va yogʻoch oʻymakorligi, devor musavvirligi, miniatyura, kulollik, kandakorlik sanʼati gullab-yashnadi. Naqqoshlik va xattotlik rivoj topib, hozirgi bezak sanʼatida ham davom etmoqda.
 
20-asr boshlarida rangtasvir sanʼati yuzaga keldi (Abdulqodir Rassom, Muhammad Solih Sakiy va boshqalar). Rassom va haykaltarosh Javod Salim, musavvirlardan Ata Sabriy, Xolid al-Jadr, haykaltaroshlardan Xolid ar-Raxxal, Muhammad Gʻani nom chiqargan. Ular qad. I.Iroq sanʼati anʼanalarini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdilar. Keyingi yillarda Ismoil ash-Shayxli, Nuri ar-Ravi, Diya al-Azavi va b. ularning ishlarini davom ettirdilar. Soʻnggi avlodga mansub musavvirlardan Hafiz ad-Durubiy va Mahmud Ahmad I.Iroq tasviriy sanʼatini yuqori darajaga koʻtardi. I.Iroq hu-dudida bir necha asrlar davomida kurdlar sanʼati rivojlanib kelayotir.
 
== Musiqasi ==
Musiqasi arab musiqa sanʼatining bir shoxobchasini tashkil qiladi. I.daIroqda ud, rubob, qonun, nay, daff va b. cholgʻu asboblari qadimdan maʼlum. Abbosiylar xalifaligi davri (750— 1258)da Bagʻdod Oʻrta va Yaqin Sharq xalq/1ari musiqa markazlaridan biri hisoblanib, bu yerda mashhur bastakorlar — Ishoq alMavsiliy, Safiud-din al-Urmaviylar ijod qilishgan. Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻlgan davri (16-asrning 30-yillari — 1918)da turk musiqasining taʼsiri kuchli boʻlgan. I.Iroq xalq va professional musiqasi keng rivojlangan makom tizimiga asoslanadi. Maqomlar yirik shakldagi vokal-cholgʻu turkumlarning lad asosini hamda kuy-ohang mazmunini belgilaydi. Har bir asar muayyan maqom nomi bilan ataladi. I.Iroq xalq qoʻshiqlari ichida ataba, xuda, muashshax kabi aytim janrlari keng tarqalgan. Zamonaviy I.Iroq musiqasi*da Yevropa musiqa anʼanalarining taʼsiri mavjud. Bagʻdod radiosida Sharq musiqasi orkestri (rahbari kompozitor Salim al-Shalabiy), xor, yakkaxon xonandalari bor. 1929 yil Bagʻdod oʻrta maktab oʻquvchilari tomonidan "Iroqmilliy teatri", 1931 yil birinchi proffesional ansambl, 1971 yil simfonik orkestr tashkil qilingan.
 
I.Iroq musiqa kadrlari, asosan, Nafis sanʼat akademiyasi (1940, musiqa, tasviriy sanʼat va haykaltaroshlik, teatr sanʼati boʻlimlari bor)da tay-yorlanaditayyorlanadi. 1968 yil bolalar musiqa mak-tabi ochilgan. Davlat oʻquv yurtlaridan tashqari xususiy musiqa maktablari mavjud. I.daIroqda kompozitor Ahmad al-Xalil (qoʻshiq, cholgʻu asarlar muallifi), xalq va zamonaviy koʻshiq ijrochilari Lomia Tavfiq, Vahida Halim, Dahlil Hasan, Zuhur X,usaynHusayn, Foruh Hilol, Rizo Ali, sozandalar Hasan Rajab, Shuayb Ibrohim, Xudayr Shibli, Jalil Bashir, Munir Bashir va b. tanilgan. I.Iroq davlat folklor ansambli 1985 yil Toshkentda gas-trolda boʻlgan. Kompozitor va sozanda (ud) Salmon Shukur 1987 yil Samarqandsa boʻlib oʻtgan Z-Xalqaro musiqashunoslik simpoziumida qatnashgan.
 
== Teatri ==
I.Iroq professional teatri oʻz faoliyatini 20-asrning 20-yillaridan boshlagan. 1929 yil oʻrta maktab oʻquvchilari Bagʻdodda millim teatr guruhini tuzib, maktab va koʻchalarda qoʻshiqlar, raqslar ijro etganlar, kichik hajviy pyesalar namoyish qilishgan. 1931 yil havaskor rejissyor Haqqi ash-Shibliy 50 ga yaqin irokdik, misrlik, suriyalik va livanlik xonandalar va xalq cholgʻu or-kestridan iborat birinchi professional ansambl tuzgan.
 
Ansambl tomonidan Muso Shohbanderning "Vaxda" spektakli, arab adabiyoti va folklori asosida yaratilgan spektakllar sahnalashtirildi. Shunday ansambllar Bagʻdod, Basra, Mosudda ham tashkil qilindi I.daIroqda xalq-cholgʻu asboblari joʻrligida doston yoki sheʼr aytuvchi maqomchilar (badiiy oʻqish ustalari) dan Muhammad Kubbanchi, Salima Murod, Sa-biha Ibrohim va b. mashhur. Aktyorlar nafis sanʼat akademiyasi uyushtiradigan konsertlarda, radio va tele-koʻrsatuv orqali oʻz sanʼatlarini namoyish etadilar.
 
Kinosi 1940-yillar oʻrtalaridan rivojlana boshladi. 1945—46 yillarda misrlik rejissyorlar iroqlik aktyorlar ishtirokida "Qohira-Bagʻdod", "Sharq oʻgʻloni" filmlarini suratga oldi. 1948 yil Bagʻdodda kinostudiya ochilgach, "Aliya va Issam", "Sharq bolalari", "Laylo Iroqda" va b. filmlar yaratildi. 1958 yilda I.Iroq kinosida yangi rivojlanish davri boshlandi va "Sayd Afan-di" (rejissyor K. Husni) filminingsuratga olinishi bilan I.Iroq kinematografiyasida yangi realistik yoʻnalishga asos solindi. 1960 yil I.daIroqda tuzilgan Teatr va kinoishlari bosh boshqarmasi qujjatli xronika filmlarini muntazam ishlab chiqarish ni yoʻlga qoʻydi. 60-yillarda "Kim aybdor" (rejissyor A. Vali), "Kuzgi yarpoqlar" (rejissyor X. Labib), "Tungi soqchi" (rejissyor X. Shav-qiyShavqiy) filmlari shuhrat qozondi. 70-yillarda I.Iroq kinematografiyachilari ijti-moiysiyosiy mavzuga murojaat etdilar, shu davrda qurgʻoqchilik muammolari haqida "Chanqaganlar" (rejissyor Shukri Jamil), qishloqdagi oʻzgarishlar haqida "Tajriba" (rejissyor F. at-Tuhami), xalq ongining oʻsishi haqida "Burilish" (rejissyor D. Ali) filmlari yuzaga keldi. Shundan keyingi "Daryo" (rejissyor F. al-Yasiriy), "Devorlar" (rejissyor Shukri Jamil) filmlarida ilgʻor realistik anʼanalar ifodalandi. Ayni vaqtda mamlakatning dolzarb muammolarini koʻtarib chiquvchi hujjatli kino rivojlanib, "Yerga qaytish", "Avlodlar mehnati", "Yoʻqolsin sukunat", "Soʻnmas nur" lentalari yuzaga keldi. I.daIroqda yiliga 3—4 ta badiiy, salkam 30 ta hujjatli film ishlab chiqariladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->