Yaman: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 14:
 
== Tarixi ==
Mil. av. 2-ming yillik oxiri va 1-ming yillik boshida Ya. hududida oʻziga xos janubiy arab madaniyati shakllandi. Shu davrda Xadramaut, Qatabon, Saba, keyinchalik Mani davlatlari paydo boʻldi. Mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarida Saba davlatining mavqei oshib, qoʻshni davlatlar unga tobe boʻlib qoldi. Mil. 4-asr boshida Ya.ning barcha hududi Himyariylar podsholigiga birlashdi. 4—6-asrlarda Ya.da iudaizm va xristianlik tarqaddi. 6-asr boshida Ya.ni efioplar, 6-asr oxirida Sosoniylar bosib oldi. 629—630 yillarda Ya. Arab xalifaligi tarkibiga qoʻshib olindi. Ya. hududida arabmusulmon madaniyati qaror topdi. [[Islom]] dini sekin asta hukmron dinga aylana bordi. 9-asrda Ya.da mustaqil Ziyodiylar davlati (poytaxti Zabid shahri), Yafuriylar davlati (poytaxti Sano shahri) vujudga keldi. 10-asrda Ya. hududining bir qismi shialarning Zaydiylar mazhabi tarafdorlari qoʻliga oʻtdi. Keyingi davrlarda Ya.da turli sulolalar hukmronlik qildi. 16asr boshida Ya. Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirdi. 17-asr boshida u yerda turklarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarilib, Zaydiy imomlari boshchiligida 1633 yil mustaqil davlat (imomatlik) tuzildi. 19-asr boshida Ya.ga vahhobiylar tez-tez hujum qilib turdi, keyinchalik Misr podshosi Muhammad Ash qoʻshinlari bostirib kirdi. 1840 yilgacha Ya. Misrga tobe boʻlib qoldi. 1839 yildan Janubiy Yaman (Adan mustamlakasi va Adan protektoratlari)da [[Buyuk Britaniya]] oʻz hukmronligini oʻrnata boshladi. 19-asrning 70-yillari boshida Shimoliy Yamanda Turkiya hukmronligi tiklandi. 19-asr oxiri — 20-asr boshida Shimoliy Yamanda [[Turkiya]] hukmronligiga qarshi bir necha bor qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1904— 11 yillarda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolonlar natijasida Shimoliy Yaman muxtoriyatga erishdi. 1918 yil mustaqil qirollik deb eʼlon qilindi. 1962 yil 26 sentyabrda Sanoda boʻlgan inqilob natijasida monarxiya tuzumi agʻdarib tashlandi va Shimoliy Yamanda Ya. Arab Respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi. Janubiy Yaman xalqining inglizlar hukmronligiga qarshi ozodlik kurashi Shimoliy Yamandagi ozodlik harakatlarining muvaffaqiyatlaridan soʻng avj olib ketdi. Buyuk Britaniya Adan shahri va Adan protektoratida oʻz mavqeini saqlab qolish maqsadida 1959 yil janubida Arab amirliklari federatsiyasi (1962 yildan Janubiy Arabiston federatsiyasi, JAF)ni tuzdi. Xalq ommasi JAFga qarshi kurash olib bordi. Bu kurash Shimoliy Yamanda Ya. Arab Respublikasi tuzilganidan keyin yanada kuchayib ketdi. Mustaqillik uchun kurash natijasida Janubiy Yamanning katta hududi ozodlik kuchlari qoʻliga oʻtdi. Buyuk Britaniya Janubiy Yamanni mustaqil deb tan olishga majbur boʻldi va 1967 yil 30 noyabrda Adandan oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketdi. Oʻsha kuni mustaqil Janubiy Yaman Xalq Respublikasi (1970 yildan Ya. Xalq Demokratik Respublikasi) tuzilganligi eʼlon qilindi. 1990 yil Yaman Arab Respublikasi bilan Yaman Xalq Demokratik Respublikasi birlashishi natijasida Ya. Respublikasi tashkil topdi. Ammo mamlakatda janublik va shimolliklarni ajratib tashlashga boʻlgan harakatlar saqlanib qoldi; bu 1994 yil shimolliklar gʻalabasi bilan tugagan yirik harbiy toʻqnashuvga ham olib keldi. Ya. — 1947 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 yil 30 dekabr dadekabrda tan olgan va 1996 yil 21 mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Midliy bayrami — 22 may — Milliy birlik kuni (1990).
 
== Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari ==
Qator 29:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Davlat maktablarida oʻqish bepul. Xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktablarda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktablarda ham 6 yil Oliy oʻquv yurtlari: Adandagi oliy ped. kolleji (1970 yil tashkil etilgan), universitet (1975), Musiqa inti, Sano shahridagi universitet (1974). I.t.larIlmiy tadqiqotlar Adandagi universitetda olib boriladi. Sano shahrida kutubxona (1925), Adan shahrida "Misvat" va universitet kutubxonalari, arxeologiya muzeyi bor.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Ya.da bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Asosiylari: "Arbaatashar oktobr" ("14 oktyabr", arab tilidagi kundalik gazeta, 1968 yildan), "AlJumhuriya" ("Respublika", arab tilidagi kundalik gazeta, 1948 yildan), "AsSakafa alJadida" ("Yangi madaniyat", arab tilidagi oylik jurnal, 1970 yildan), "AsSaura" ("Inqilob", arab tilidagi kundalik hukumat gazeta, 1948 yildan), "AsSauri" ("Inqilobchi", kundalik gazeta, 1967 yildan), "Saut alUmmal" ("Ishchilar ovozi", arab tilidagi kundalik gaz.). Adan axborot agentligi, hukumat agentligi, 1970 yil tuzilgan; Saba axborot agentligi, hukumat agentligi, 1970 yil tashkil etilgan. Ya. radiotelevideniye xizmati, davlat tomonidan nazorat qilinadi, Adan shahrida joylashgan.