Meksika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 3:
 
== Davlat tuzumi ==
M. — federativ respublika. Meksika Qoʻshma Shtatlarining 1917- yil 5-fevraldagi Siyosiy Kon-stitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Vi-sente Foks Kesada), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga binoan, prezident qayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (2 palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
M. qirgʻoqlari kam parchalangan, eng katta yarim orollari — Kaliforniya va Yukatan. Tinch okeandagi bir necha orol ham M. tarkibiga kiradi. Mamlakat hududining katta qismini Meksika togʻligi (aksariyat balandligi 1000–2000 m, eng baland joyi — harakatdagi Orisaba vulkanlari — 5700 m) egallaydi. Sohilga yaqin joylari pasttekislik. Meksika qoʻltigʻida neftgazli havza, Meksika togʻligida rangli metall rudalari (mis, qoʻrgʻoshin, pyx, kumush, simob, margimush, surma, kadmiy, vismut, qalay, volfram, oltin), mamlakatning Shimoli-sharqida toshkoʻmir, temir va uran rudalari, oltingugurt konlari bor. Iqlimi tropik, shimolida subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 10°—25°, iyulniki 15°—30°. Yillik yogʻin togʻ yon bagʻirlarida esa 2000–3000 mm.
 
Janubi-sharqida daryosoylar koʻp, shimoli-gʻarbida kam (Yukatan yarim orolda umuman oqar suv yoʻq). Yirik daryolari: Rio-Grande (Rio-Bravodel-Norte), Lerma (quyi oqimida Rio-Grandede Santyago deb ataladi), Balsas, Grixalva — Usumasinta dare sistemasi. Eng katta kuli — Chapala. Shim.Shimoli-gʻarbida, asosan, boʻz tuproq va choʻlga xos oddiy tuproqlar; togʻliklarda surjigarrang, jigarrrang, savanna qizil tuproqlari va togʻ-oʻrmon qoʻngʻir tuproqlari, pasttekisliklarda surjigarrang, savanna qizil tuproqlari va botqoq tuproqlari uchraydi.
 
Oʻsimliklari juda xilma-xil. M.da oʻsimliklarning 12 mingga yakin turi bor; shulardan 2/3 qismi endemik oʻsimliklardir. Meksika togʻligining shimoliy kattaroq qismida uziga xos kserofil oʻsimliklar, shuningdek, mimozadosh butalar oʻsadigan chala choʻl va choʻllar asosiy oʻrin tutadi. Togʻliqning janubiy qismida va bu yerlarni oʻrab olgan pasttekislik sohillarida boshoqlilar va sertikan butalardan iborat savanna oʻsimliklari, togʻlarda bargli va aralash oʻrmonlar (dub, grab, joʻka, karagay, oqqaragʻay va boshqalar) usadi; M.ning janubiy va janubi-sharqiy qismlarida aksari tropik oʻrmonlar, sharqiy yon bagʻirlarida doim yashil sernam oʻrmonlar, gʻarbiy yon bagʻirlarida igna bargli, togʻ etaklarida barg toʻkadigan oʻrmonlar bor.
Qator 58:
 
== Meʼmorligi ==
Qad. davrda (16-asrgacha) M. hududida indeyslar madaniyatining qator sohalari ravnaq topgan. Miloddan avvalgi 1ming yillikda meʼmorlik ayniqsa yuksaldi. M. markaziy viloyatlarida, janubida va Yukatan ya.yarim o.daorolda shaharlar bar-po etildi. Olmeklar mahobatli insho-otlar, qad. madaniyatga ega boʻlgan mayya xalqi zinapoyali ehrom (piramida) shaklidagi ulkan ibodatxonalar (Choluladagi exrom asosining bir tomoni 440 m) va rangbarang naqshlar bilan bezatilgan gumbazli binolar qurishgan.
 
Mustamlaka davri (16—19-a, boshlari)da M.da shaharsozlik rivojlandi. Binolar ispancha uslubda qurildi, shu bilan birga, meʼmorlikda mahalliy anʼana ham oʻz aksini toddi. 17-asrdan boshlab barokko uslubi paydo boʻldi (Moreliyadagi sobor, 1640—1705; Me-xikodagi Milliy saroy, 1692—99; La Profesa cherkovi, 1714—20; Sagrario Metropolitano cherkovi, 1749—68; Gvadalaharadagi Santa-Monika cherkovi, 1720—33; Tlaskala yaqinidagi Santa-Mariya de Okotlan cherkovi, 1745— 60 va h. k.).