Urugvay: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 15:
U. hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan, ular dehqonchilik, ovchilik, baliq ovlash bilan shugullangan. 16-asrning boshlarida bu yerda ispan mustamlakachilari paydo boʻldi. 1750 yil Ispaniya bu hududni butunlay egallab oldi va 1776 yil Sharqiy sohil (mustamlaka davrida U. shunday deb nomlangan) Ispaniyaga qarashli LaPlata vitseqirolligi tarkibiga kiritildi. Amerika qitʼasidagi Ispaniya mustamlakachilarining mustaqillik uchun olib borgan urushi yillarida (1810—26) Sharqiy sohil aholisi 1815 yil mustaqillik eʼlon qildi. 1816 yil Portugaliya qoʻshinlari Sharqiy sohilga bostirib kirib, 1817 yil uni batamom egallab oldi. 1821 yil Sharqiy sohil Braziliya tarkibiga qoʻshib olindi. 1825 yil U. vatanparvarlari X.A. Lavalyexi rahbarligida kurash boshladilar va Sharqiy sohil Portugaliya bilan Braziliyadan ozod qilinib, mustaqil deb eʼlon qilindi (1825 yil 25 avgust), ammo tez orada Argentinaga qaram boʻlib qoldi. Toʻla mustaqillik uchun ozodlik kurashi avj oldi. 1828 yil Braziliya bilan Argentina oʻrtasidagi sulh shartnomasida U. mustaqil davlatini tuzish nazarda tutildi. 1830 yil U. Sharq Respublikasi deb eʼlon qilindi. 19-asr oxirida urugvay millati shakllanib boʻldi.
 
Birinchi jahon urushida U. betaraflik eʼlon qildi. 1933 yil oʻng kuchlar mamlakatda toʻntarish uyushtirib, diktatura rejimini oʻrnatdi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) yillari U. "oʻq" pakti davlatlari (Germaniya, Yaponiya, Italiya) bilan aloqasini uzdi (1942). 1945 yil Germaniya bilan Yaponiyaga urush eʼlon qildi. 1951 yil konstitutsiyani isloh qilish yuzasidan oʻtkazilgan plebissit natijasida davlat idora usuli oʻzgardi: Milliy hukumat kengashi davlat boshligʻi vazifasini bajara boshladi. 1966 yil konstitutsiya islohoti yakunida yana prezident lavozimi tiklandi. 1973 yil qurolli kuchlarning oʻng qanoti davlat toʻntarishi oʻtkazib, parlamentni tarqatib yubordi, siyosiy partiya va kasaba uyushmalarining faoliyatini taqikladi. 1976 yil iyuldan harbiylar A. Mendesni prezident lavozimiga tayinladilar. 1981 yil sent,da hokimiyat tepasiga kelgan hukumat vazmin siyosat yuritdi. U. — 1945 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 yil 26 dekabr dadekabrda tan olgan. Milliy bayrami — 25 avgust — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1825).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 52:
[[Fayl:Tango BuenosAires.jpg|210px|thumbnail|right|[[Tango]] raqsi]]
[[Fayl:La Cumparsita (tango).ogg|thumbnail|right|Cumparsita musiqasi]]
[[Indeyslar|Indeys]] musiqasining asosiy shakllari mehnat, urush va marosim qoʻshiqlari hamda raqslaridan iborat boʻlgan. Cholgʻu asboblari: [[baraban|yogʻoch baraban]], [[Shox|hayvon shoxi]] va suyagidan yasalgan bugʻ, [[Qamish|qamish nay]] (pinkilo), dengiz chigʻanogʻi, shaqildoq (maraka), ksilofon (marimba) va boshqalar [[Ispanlar|Ispan]] folklori namunalari sayyor qoʻshiqchilar — payadoralar ijodi orqali [[16-asr]]dan tarqalgan. Milliy (kreol) qoʻshiq janrlari — triste, vidala, estilo, milonga; raqs turlari — gato, sʼyelito, perikon, kuando, ranchera. 18-asrdan [[Yevropa]] professional musiqa turlari, jumladan, diniy musiqa shakllaridan — xoral, organ ijrochiligi va bosqalar, dunyoviy musiqa janrlaridan musiqali teatr (tonadilya, melodrama) va raqs musiqa (menuet, gavot, vals va boshqalar) namunalari kirib keldi. 19-asrning 20—50-yillarida 6 ta filarmoniya jamiyati, 1910 yil Montevideoda konservatoriya, kamer musiqasi uyushmasi tuzildi. 20-asr boshidan milliy kompozitorlik maktabi tashkil topdi. Zamonaviy musiqa arboblari: kompozitorlar E. Tosar, L. Birioti, R. Shtorm, K. Estrada, S. Serveti; dirijyor X. Protasi; pianinochilar U. Baltso, N. Marino; gitarachi X. Oyanguren; xonanda V. Kastro. Musiqa taʼlimi sohasida shahar musiqa maktablari tizimi mavjud. Montevideodagi Respublika universiteti xuzurida Milliy konservatoriya ochilgan.
 
== Teatri ==
Dastlabki teatr tomoshalari Montevideoda 18-asr oxirlarida koʻrsatildi. 1793 yil bu yerda ochilgan Komediya uyida vaqtivaqti bilan B. Idalgo, E. Faxardo, F. X.de Acha kabi dramaturglarning pyesalari sahnalashtirildi. 1856 yil "Solis" teatri qurildi. Milliy teatrning ravnaqtopishida dramaturglar F. Sanches va E. Errera ijodining ahamiyati katta boʻldi. 20-asrning 30—40y.larida30—40 yillarida "mustaqil teatrlar" harakati boshlandi. "Komediya nasonal", "El Galpon", "Teatro uno", "Teatro universitario" kabilar tijorat teatrlaridan farkli oʻlaroq milliy va jahon dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnaga olib chiqdilar. Tanikli teatr arboblari — S. Korriyeri, X. Savala Munis, A. del Chopo, X. Ortis, F. Volf, A. Lorreta. 1949 yildan Drama sanʼati maktabi ishlaydi.
 
== Kinosi ==