Boris Yeltsin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k b-n →‎ bilan
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 16:
}}'''Boris Nikolayevich Yeltsin''' ({{lang-ru|{{audio|ru-Boris Nikolayevich Yeltsin.ogg|Борис Николаевич Ельцин}}}}; 1-fevral, 1931 — 23-aprel, 2007) [[Rossiya Federatsiyasi]]ning birinchi [[Rossiya Federatsiyasi Prezidenti|prezidenti]] boʻlgan (1991—1999-yillar mobaynida).
 
Dehqon oilasida tugʻilgan. Ural (Sverdlovsk) politexnika institutini tugatgan (1955). 1955-yildan qurilish tashkilotlarida ishlagan. 1963-yildan Sverdlovsk uysozlik kombinatida bosh muhandis, direktor. 1968-yildan KPSS Sverdlovsk viloyat qoʻmitasi qurilish boʻlimi mudiri, kotibi. 1976-yildan Sverdlovsk viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, 1985-yildan KPSS MK kotibi, KPSS Moskva shahar qoʻmitasi birinchi kotibi. 1986-yildan KPSS MK Siyosiy byurosi aʼzoligiga nomzod. MKning 1987-yil oktabr Plenumidagi tanqidiy chiqishidan soʻng Moskva shahar qoʻmitasi birinchi kotibligidan olib tashlandi, soʻng KPSS MK Siyosiy byurosidan chiqarildi; SSSR Davlat qurilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari — SSSR vaziri etib tayinlandi. 1989-yili demokratik kuchlar koʻmagida SSSR xalq deputati etib saylandi. 1990-yil KPSS safidan chiqdi. 1990—91 ylarda RSFSR Oliy Kengashi raisi. 1991-yil iyundan 2000-yilgacha Rossiya Federatsiyasi prezidenti. 1991-yil avgustda Favqulodda holat boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatiga qarshilik koʻrsatishga boshchilik qildi. 1991-yil dekabrda Ukraina va Belorussiya rahbarlari bilan birgalikda SSSRning tugatilganligi va MDHning tuzilganligi toʻgʻrisidagi Belaya Veja pushchasi bitimini imzoladi. 1999-yil 31-dekabrida RFRossiya Federatsiyasi prezidenti lavozimidan muddatidan ilgari isteʼfoga chiqdi. "Mavjud masala yuzasidan dil izhori" (1990), "Prezident xotiralari" (1994) kitoblari muallifi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
Yeltsin hukumat tepasiga [[SSRI|SSSR]] boʻlinganda keldi. 1991-yil 12-iyunida u 57 % ovoz bilan [[RSFSR]] prezidenti qilib saylandi. Biroq bundan keyin boʻlgan [[iqtisodiyot|iqtisodiy]] va [[siyosat|siyosiy]] [[boʻhron]]lar tufayli Yeltsin avvalboshdagi shuhratini yoʻqotdi. Yeltsin davri [[korrupsiya]], iqtisodiy inqiroz va jiddiy siyosiy hamda ijtimoiy muammolar davri boʻldi. Muhlati oxiriga kelib Yeltsinning reytingi 2 % atrofida edi.<ref>[http://transcripts.cnn.com/TRANSCRIPTS/0210/07/i_ins.01.html Transcripts of 'Insightʼ on CNN]{{ref-en}}</ref>