Chingizxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
{{Adib
| Ism = Chingizxon
| Ism (oz tilida) = [[File:Cinggis qagan.svg|24px]]
| Surat = YuanEmperorAlbumGenghisPortrait.jpg
| Taxallus =
| Tavallud sanasi = [[1155|1155-yil]]
| Vafot sanasi = [[1227|1227-yil]] [[25-avgust]]
| Kasb = Xon
| otasi = Esugei
| Yonalish =
| Janr =
| Magnum opus =
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Chingizxon''' (asl ismi Temujin, Temuchin) (taxminan 1155, Oʻnon daryosi yaqinidagi Delpun Boʻldan mavzei — 1227.25.8) — [[Moʻgʻullar davlati]] asoschisi, sarkarda. Moʻgʻul qabilalari ittifoqi — tayjiutlar sardori Yasugay bahodirning Oʻelun Fujin (xotun)dan tugʻilgan toʻngʻich farzandi. 13 yoshida otasidan yetim qolgan Chingizxon. 27 yil davomida bir qancha urugʻ va qabilalarni tayjiutlar atrofida birlashtirish maqsadida harbiy harakatlar olib borgan. 1195—1204 yillarda Ch. keraitlar boshligʻi Vanxon Toʻgʻril (Oʻnxon) bilan ittifoqsa merkit, nayman, kuralas, ikiras, durban, tatar va h.k.hokazo qabilalarni boʻysundiradi. Biroq, keyinchalik ular orasiga adovat tushgan. 1204 yil Oʻnxon bilan boʻlgan jangda gʻalaba qozongan Ch. xonlik taxtini egallaydi. 1206 yil moʻgʻul aslzodalari, noʻyonlari ishtirokida buyuk qurultoyda "chingiz" (tengiz — dengiz, okean) unvoni bilan sarafroz etiladi (Ulugʻxon maʼnosida) va barcha qabila, urugʻ, elatlarning buyuk xoni deb eʼlon qilinadi. Davlatning ichki va tashqi siyosatini tartibga solishda Ch. tomonidan eʼlon qilingan qonunlar toʻplami — yaso (yasoq) muhim rol oʻynaydi. Ming kishilik shaxsiy gvardiya hamda yuz ming jangchidan iborat otliq armiyani shakllantirgan Ch. Sibirdagi bir nechta qabila va elatlarni (1207), Shim.Shimoliy Xitoyni (1211 — 15), Oʻrta Osiyoni (1219—21), Xuroson, Eronni (1221—24) oʻz tasarrufiga kiritadi. Moʻgʻullar tomonidan zabt etilgan hududlar vayron qilingan, aholisi qyrib tashlangan, qullikka mahkum etilgan. 1224 yil Ch. Moʻgʻullar davlatini 4 oʻgʻli — Joʻji, Chigʻatoy, Oʻqtoy va Tulilarga taqsimlab bergan. Shim.Shimoliy Xitoydagi tangut qabilalarining Sisya davlati (10—13-asrlar)ga qarshi yurish qilgan vaqtida Ch. ogʻir dard tufayli vafot etadi. Uni Moʻgʻulistondagi Burxon—Xaldun togʻ etagida dafn etishadi.
 
== Adabiyot ==
* U temishxadji , Chingizname, AlmaAta, 1992; K i chanov Ye.I., Jizn Temuchjina, dumavshego pokorit mir, Bishkek, 1993; Sultanov T.I., Podnyatie na beloy koshme. Potomki Chingizxana, Almati, 2001.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->