Stavropol oʻlkasi — versiyalar orasidagi farq

k
qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k
k (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
|}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->'''Stavropol oʻlkasi''' ([[Rus tili|ruscha]]: '' Ставропольский край'') — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi oʻlka. 1924 yil 13 fevralda tashkil etilgan [Jan.Janubi-sharqiy viloyat (oʻlka); 1924–1937 yillarda Shim.Shimoliy Kavkaz oʻlkasi; 1937–1943 yillarda Orjonikidze oʻlkasi]. Maydoni 66,5 ming km². Aholisi 2730,5 ming kishi (2002), asosan, ruslar (84%), shuningdek, arman, korachay, cherkas, abaza, noʻgʻay, osetin, kabardin, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Markazi – Stavropol sh. Shahar aholisi 54%. Boshqa yirik shaharlari: Pyatigorsk, Nevinnomisk, Kislovodsk. Stavropol oʻlkasi tarkibida 26 maʼmuriy tuman, 18 shahar, 7 shaharcha bor. Stavropol oʻlkasiga Kavkaz oldining markaziy qismi, Kaspiyboʻyi payettekisligining gʻarbiy qismi va Katta Kavkazning shim.shimoliy yon bagʻirlari kiradi. Gʻarbida Kuban daryosining keng terrasalari yoyilgan. Tekislik hududining katta qismini platosimon Stavropol qirlari egallagan. Asosiy daryolari: Kuban (yuqori oqimi) va irmoqlari (Teberda, Kichik va Katta Zelenchuk), Kuma, Kalaus, Yegorlik. Bir necha koʻl bor. Tabiiy gaz konlari mavjud. Sharqiy qismida neft, togʻlarda mis va qoʻrgʻoshinrux, polimetall konlari, toshkoʻmir, barit, oʻtga chidamli gil, dolomit, marmar, shifobaxsh balchiq, turli xil mineral va termal buloklar mavjud. Tekislik qismining iqlimi kontinental dasht iqlimi. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha temperaturasi –3,4°, –4,9° (togʻlarda – 10°, –20° gacha pasayadi), iyulniki 22°– 25°. Yillik yogʻin 300–600&nbsp;mm, vegetatsiya davri 207–220 kun. Tuproklari, asosan, qoratuproq va kashtan tuproqlar. Oʻrmonlar, koʻpincha, togli joylarda. Keng bargli, balandrokda igna bargli oʻrmonlar, undan yuqorida subalp oʻtlokdari bor. Yovvoyi hayvonlardan, dasht yerlarda kemiruvchilar, tipratikan, tulki, boʻri, latcha, saygʻoq, Kuma daryosi boʻyidagi qamishzorlarda yovvoyi mushuk, qobon, Manich vodiysidagi koʻl va botqoqliklarda suv parrandalari, togʻlarda bugʻu, yelik, qoʻngʻir ayiq, silovsin, oltoy tiyini yashaydi. Har xil qush koʻp. Togʻ echkisi, tur uchraydi. Togʻli qismida Teberda qoʻrikxonasi joylashgan. Stavropol oʻlkasiga Kavkaz qoʻriqxonasining bir qismi ham kiradi.<ref name=":0">"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20S%20harfi.pdf S-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
Sanoatning asosiy tarmoqlari: oziqovqat (goʻsht, un, yogʻ, mevasabzavot konserva va boshqalar), yengil (toʻqimachilik – Nevinnomisk jun kombinati, poyabzal), mashinasozlik va metallni qayta ishlash (stanoklar, asboblar, poʻlat armatura, chorvachilik va aralash yem ishlab chiqarish. uchun mashinalar; "Kinotexnika" korxonasi, sovitkich asboblari, avtokranlar, "KamAZavtopritsep", elektr oʻlchash asboblari, elektr texnikasi buyumlari, yarimoʻtkazgich texnikasi va boshqalar), kimyo va neft kimyosi (mineral oʻgʻitlar, "Nevinnomiskazot", sintetik smolalar va plastmassalar, "Stavropolpolimer", texnika uglerodi, uyroʻzgʻor kimyosi mahsulotlari) sanoatlari korxonalaridir. Tabiiy gaz, neft, rangli metall rudalari, toshkoʻmir (togʻli Femida) qazib olinadi. Nevinnomisk, Stavropol issiklik elektr stansiyalari, Kuban GESlari kaskadi bor. Asosiy sanoat markazlari: Stavropol, Nevinnomisk, Pyatigorsk, Neftekumsk, Budyonnovsk, Georgiyevsk, Lermontov.<ref name=":0" />
Stavropol oʻlkasi – yirik qishloq xoʻjaligi. rayoni. Bugʻdoy, makkajuxori, kungaboqar, qand lavlagi va boshqa ekiladi. Mevachilik, tokchilik rivojlangan. Mayin junli qoʻychilik, goʻshtsut chorvachiligi mavjud. Katta Stavropol, Nevinnomisk va boshqa kanallar, sugʻorish sistemalari bor. Zaterechniy – Grozniy neft quvuri, Stavropol – Ukraina – Moskva – SanktPeterburg gaz quvurlari mavjud. Temir yo'llar uzun 944&nbsp;km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uzunligi 7459&nbsp;km. Mineralniye Vodi va Stavropol xalqaro aeroportlari bor.<ref name=":0" />
 
Su. Rossiyaning eng yirik kurort r-nlaridanrayonlaridan biridir. Oʻlkada 30 dan ziyod sanatoriy va kurort faoliyat koʻrsatadi. Mavjud 130 dan ziyod mineral buloqning 90 tasidan davolash maqsadida foydalaniladi. Yessentuki, Jeleznovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, Kavkaz mineral suvlari kabi kurortlar mashxur. Stavropol oʻlkasida 7 oliy oʻquv yurti, 8 ilmiy tadqiqot instituti, 7 muzey, 4 teatr bor.<ref name=":0" />
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
== Manbalar ==