Qorasuv shahri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Matn qoʻshdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Matn qoʻshdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 57:
| raqamli identifikator =
| Commons turkumi =
}}Bu hududlarni Sant-Pererburglik arxeologik olim, professor Y.A. Zadneprovskiy ilmiy tadqiq qilgan. 1966-70 yillarda Qorasuv qishlog’I hududida yangi magistral yo’l ochilishi munosabati bilan Marjontepa yaqinidagi mahalliy aholi “Eski Qo’rg’on” deb ataydigan atrofi paxsa devor bilan o’ralgan adirlik hududlari surilganda yer ostidan eng qadimgi odamning 1.5metrlik tosh cho’qmor quroli hamda 0.5metrlik erkak kishining son suyagi qoldig’I , juda ko’p miqdorda sopol idishlar, jumladan, simob quyish uchun mo’ljallangan spool ko’zachalar , qorachiroq qoldiqlari va eng muhimi eski qo’rg’on mudofaa devorining qoldiqlari topilgan. Qo’rg’on dervori asosan 4 burchakli xom g’ishtdan o’ta pishiq va mustahkam tarzda barpo etilgan. Bu topilma arxeoligiya fanida shaharsozlik madaniyatining qadimgi belgilaridan biri hisoblanib, ya’ni qaimgi Qorasuv qo’rg’onida mudofaa devorining mavjudligidan dalolat beradi deb o’ylaymiz.
}}
Qorasuv shahri Farg’ona vodiysining shaqiy qismida dengiz sadhidan 360-400 metr balandlikda joylashkan bo’lib, geografik jihatdan vodining tog’oldi hududi hisoblanadi. Shaharning shimolida Arslonbob, sharqida Xonobod va oloy, janubida o’sh tog’ tizmalari joylashgan. Qadimdan Farg’ona vodiysi O’rta Osiyoning boshqa dehqonchilik vohalariga qaraganda iqlimining mo’tadilligi, oqin suvlarining serobligi, tarkibi jihatidan dehqonchilik uchun zarur bo’lgan kimyoviy xususiyatlarga ega bo’lgan serhosil tuproqlarning mavjudligi tufayli dehqonchilik taraqqiy etgan mintaqa hisoblanib, Qorasuv shahri va uning atrof hududlaridagi aholi ham o’troq holda kun kechirib dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullanganlar. Qorasuv yerlari qadimiy soylar keltirgan yotqiziqlardan-allyuvial, saralangan qalam, silliqlangan uvoq , shag’al, qum, lyoss jinslari ustida hosil bo’lgan unumdor bo’z tuproqdan, o’zanlar ustidagi qayrlarda esa ba’zan botqoq tuproqlardan iborat bo’lib, baland past, tekislik va adirliklardan iborat.
Iqlimi keskin o’zgaruvchan (konteneltal) bo’lib, qish faslida harorat 0-5`C dan -10-20`C gacha va undan ko’proq bo’lsa , yoz fasli +31`C dan +42`C gacha yetib borai. Tog’ oldi hudud bo’lganligi uchun bahor, yoz, kuz, qish fasllarida yog’in ko’p bo’lib, yillik o’rtacha yog’ingarchilik miqdori 300-420 mmni tashkil etadi. G’arbdan-Sharqqa va Sharqdan-G’arbga qarab esuvchi o’zgaruvchan shamolning bahor va kuz faslidagi tezligi sekundiga 15-20 metrga yetadi.
 
Qorasuv xalqi azaldan san’atga oshufta, shinavanda xalq hisoblanadi. Bu so’lim go’shadan el og’ziga tushgan mashhur sozanda va hofizlar yetishib chiqqanlar. Shunday mashhur hofizlardan biri Yusuf qori Soliyev bo’lib u o’zi boshchiligida XX asrning 30-yillarida tanburchi Abdullajon Hakimov g’ijjakchi Nazirjon Akbarovlardan iborat guruh tashkil etib, Qorasuv, O’sh atroflarida konsertlar bergan. 1939-1940-yillarda Qorasuvdagi “Yoshlar” teatridagi rahbarlik faoliyati davomida namoyon bo’ldi.
Mamataziz Niyozov (1906-1978). El suygan san’atkor Mamataziz Niyozov 1906-yili Qorasuv qishlog’ining Paxtachi mahallasida tavallud topgan. Oiladagi musiqa san’atiga bo’lgan oshuftalik Mamatazizni yoshligidan musiqaga mehr qo’tishiga sabab bo’lgan. U 1925-yili Toshkentga borib, Matyunus Xaratov rahbarligidagi ansablga ishga kiradi, vaqtlar o’tib shu ansablga rahbar bo’ladi.
Abdulhay Mahsum Qozoqov (1918-1998). 1918-yilning kuz faslida Qorasuv qishlog’ining Do’ng mahallasida Muhammad Yunus Oxunjonov xonadonida oilaning uchinchi o’g’li Abdulhay dunyoga keladi. Abdulhay 15 oyligida onasi Komilaxon opa olamdan o’tib , chaqaloq katta buvisi O’g’ilxon otin va bobosi Qozoqboy xoji qo’lida qoladi. Bo’lajak qiziqchi 16 yoshga qadam qo’yganida otasidan ham ajraladi. Otasini hukumat boy badavlat bo’lgani uchun quloq qilib Rossiyaning uzoq shimoliy o’lkalariga surgun qilib yuborgan, 1943-yili surgunda boshidan kechirgan azob-uqubatlartufayli vafot etgan edi.
Abdulhay o’z mehnat faoliyatini 1934-1938-yillar davomida yangi tashkil etilgan “Paxtachi”jamoa xo’jaligida tabelchilikdan boshlaydi. San’atga ishtiyoqi baland bo’lgan Abdulhay tuman markazida Yusuf qori Soliyev rahbarligida tashkil etilgan teatr truppasi ishga o’tadi. Uning yorqin iste’dodi teatr truppasining katta Farg’ona kanali qurulishi davrida hasharchilarga ko’rsatilgan tomoshalarda namoyon bo’ladi.
2-jahon urushi yillarida Abdulhay front orti ishlariga safarbar etilganligi uchun 1942-1945-yillarda Yangiyo’l shahridagi qand zavodida ishlaydi. Urushdan so’ng Yangiyo’ldan ona qishlog’iga qaytib kelgan Abdulhay 1947-yilgacha teatrda faoliyat yuritadi. 1948-yildan 1959-yilgacha qishloq kengashida kotiblik qilish davomida qishloqdagi 1-o’rta maktabning kechki sinfida o’qib o’rta ma’lumotga ega bo’ladi.
1959-yildan Abdulhay Mahsumning askiya san’ati bilan bog’liq asosiy faoliyati boshlanadi. Abdulhay Mahsum Qozoqov e’tiroficha , (ushbu materiallarni muallif Kamoliddin Halilov san’atkor bilan suhbat chog’ida yozib olgan) u 35 yil davomida ustozlaridan askiya san’ati sirlarini o’rgangan. Undagi so’zga chechanlikni sezgan otasi Abdulhayni 8 yoshidayoq Qorasuvning taniqli askiyachisi Hoshimjon Normat o’g’liga shogirdlikka bergan ekan. Keyinchalik , askiya san’ati sirlarini Yunusoxun Boymatov , Yusuf qori Soliyevlardan va chorak asr davomida ustozi Mamajon ota Madaminovdan qunt bilan o’rgangan. San’atkorning fikricha , nutqdonlikda , har bir so’zni o’rniga sadafday terib, lutf etishda ustozlarning oldiga tushaigan odam bo’lmagan ekan. Abdulhay Mahsum Qozoqovning san’ati , iqtidori tez orada Katta Farg’ona kanali qurulishi davrida Usmon ota Yusupov , keyinchalik Sharof Rashidov nazariga tushadi. Shu tariqa respublikaning atoqli adiblarining yubiley kechalariga taklif eta boshlaydilar. Shu davrda yosh olim Rasuljon Muhammadaliyev askiya san’ati bo’yicha dissertatsiya yozish jarayonida o’zbek askiyachilari , xususan , Abdulhay Mahsum bilan muloqotda bo’lib ,uning ijrochilik san’ati to’g’risida bir necha maqolalar yozib , gazeta va jurnallarda e’lon qilganidan so’ng , san’atkorning el orasida obro’yi yanada kengroq yoyildi. 1967-yili 17-avgustda Toshkent shahrida o’tkazilgan respublika askiyachilarning ko’rik tanlovi tom ma’noda askiyaning san’at turi sifatida e’tirof etilishi bo’ldi. Unda Qorasuvning oddiy dehqon bolasi ushbu san’at darg’alaridan biri sifatida tan olindi.
1988-yilning 31-iyul-1-avgust kunlari Toshkentdagi Pushkin nomidagi madaniyat va istirohat bog’ida askiya kechasi bo’lib o’tdi. Tadbirdan so’ng san’atkorning isde’dodi kecha qatnashchilari tomonidan alohida e’tirof etilib , Qorasuv askiya maktabining yetakchisi Abdulhay Mahsum Qozoqov g’olib deb topildi. Askiya kechasidan so’ng uning askiya payrovlari respublika ommaviy axborot vositalarida yoritilaboshlandi . endi har qanday tuman, viloyat,respublika miqyosida o’tkaziladigan tadbirlar askiya-payrovlarisiz o’tkazilmaydiga bo’ldi. 1997-yilning 23-avgustida viloyat hokimining qaroriga ko’ra , o’tkir so’z ustasi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat hodimi Abdulhay Mahsum Qozoqovning 75 yoshi Qorasuvda tantanali ravishda nishonlandi. Tantanada san’atkor-askiyachi Abdulhay Mahsum Qozoqovga viloyat hokimining “Faxriy yorlig’I” va”Tiko” avtomashinasining kaliti topshirildi.
O’zbek askiyasi san’atining darg’asi Abdulhay Mahsum Qozoqov 1998-yili 80 yoshida vafot etdi. Endilikda Abdulhay Mahsum Qozoqov tomonidan ijro etilgan askiya-payrovlari yozilgan magnit tasmalari milliy askiyachilik san’atining asl durdonalari sifatida saqlanib kelinmoqda.
 
'''Qorasuv''' — Andijon viloyatidagi shahar (1990 yildan). Transport yoʻli stansiyasi. viloyat markazi (Andijon shahri)dan 60 km. Aholisi 29,2 ming kishi (2005). Q.da bir necha sanoat korxonasi. Qurilish tashkilotlari, avtokorxona, aloqa boʻlimi, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, kasb-hunar kolleji, kutubxona, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi mavjud. Kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Q.dan Andijon shahriga va tuman markaziga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.Shahar xokimi O.M.Baxtiyorjon. Iqtisodiyot bolimi raxbari Gʻoziyeva.G. Xotin-qizlar qomitasi raisi D.Axmedova. Shahar XTMFMT va TEBga qarashli15ta taʼlim muassasasibar yani 6ta Umumiy oʻrta taʼlim maktablari 5ta Maktabgacha taʼlim muassasalari 1ta 19-DIMI va boshqaalar IIB boshligi I.Mirxalilev unvoni mayor. 10MFY va 7ta MTP bor. Qorasuvda aholi va mehmonlar uchun Bibiseshanba ziyoratgohi va 800 metr balandlikdagi Yunus ota ziyoratgohi ham mavjuddir.Turli tadbir va bazmlarni oʻtkazish uchun Tosh uy va Kamron maskanlari ham bor.