Turkman tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 23:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Turkman tili''' — turkiy tillardan biri. Asosan, Turkmanistonda, shuningdek, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston respublikalarining ayrim tumanlarida, RFningRossiya Federatsiyasining Stavropol oʻlkasida, Afgʻoniston, Turkiya, Eron va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Turkmanistonning rasmiy tili. Utgan asr oxirlarida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 4,8 mln. (jumladan, Turkmanistonda 2,5 mln.dan ortiq, Oʻzbekistonda 130 ming , Afgʻonistonda 400 ming , Eronda 300 mingga yaqin) kishidan iborat boʻlgan. Asosiy laxjalari: taka, yovmut, ersari, goʻklan, sariq, salir, chovdur va boshqa Stavropoldagi Turkman tili lahjasi truxmen tili deb ataladi.
 
Turkman tili gʻarbiy oʻgʻuz kabila (urugʻ) tillari negizida shakllangan, lekin rivojlanish jarayonida qipchoq guruhidagi turkiy tillarga xos xususiyatlarga ham ega boʻlgan. Turkman tilining asosiy oʻziga xos belgilari: birlamchi (qad.) choʻziq unlilarning mavjudligi, tishlararo talaffuz qilinadigan s vaz undoshlarining (boshqa turkiy tillardagi odatiy s va 3 oʻrniga) mavjudligi, lab undoshlari garmoniyasining rivojlanganligi; kelasi zamon gumon feʼli inkor shaklining r tugallanmali variantining (boshqa turkiy tillar uchun umumiy boʻlgan maye shakli bilan birga) qoʻllanishi va boshqa Leksikasida arab, fors, rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar uchraydi.
 
Eski adabiy Turkman tili, asosan, sheʼriyat tili hisoblangan. Hozirgi adabiy Turkman tili esa 20-asr ningasrning 20-yillaridan turkman lahjalarining taka lahjasi negizida birlashuvi natijasida shakllangan. 1928 yilgacha arab, 1929—40 yillarda lotin, 1940— 90-yillarda rus grafikasiga asoslangan yozuvdan foydalanilgan. 1991 yildan yana lotin fafikasi asosidagi yozuv joriy etildi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->