Tuva tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 24:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Tuva tili''' — turkiy tillar oilasiga mansub, asosan, RFningRossiya Federatsiyasining Tuva (Tiva) Respublikasida, qisman Mongoliya va Xitoyda tarqalgan til. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250 ming kishiga yaqin (1990-yillarning oxiri). Tuva tili markaziy (adabiy tilga asos boʻlgan), gʻarbiy, shim.shimoli-sharqiy va jan.janubi-sharqiy lahjalarga bulinadi. Tuva tilining fonetik xususiyatlari: kuchli va kucheiz undoshlar oppozitsiyasi; qisqa, choʻziq va faringal (boʻgʻiz) unlilarining mavjudligi (at — ism, aat — otmok,, bosib chiqarmoq, aat — uy hayvoni; xaar — qor) va boshqa Morfologik xususiyatlari: joʻnalish kelishigining maxsus shakli (dagje — togga), shart maylining murakkab shakli (barzoʻmza — agar men borsam), chegara mayli, birgalik ravishdosh shakllarining mavjudligi va boshqa Sintaksisi ot kesimning qad. shakli qoʻllanishi bilan ajralib turadi (men bilir kiji men — men bilaman, bilagʻonman). Leksikasida moʻgʻul tilidan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Adabiy Tuva tili 20-asrning 30— 50-yillarida shakllangan. Yozuvi 1930—41 yillarda lotin grafikasi asosida boʻlgan, 1941 yildan rus grafikasi asosida shakllantirilgan.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->