Qipchoq tillari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qipchoq tillari''' - turkiy til lartillar oilasining gʻarbiy xun tarmogiga mansub bir qancha oʻlik va jonli tillar guruhi. Qipchoq tillari, oʻz navbatida, 3 guruhchaga boʻlinadi: 1) sof qipchoq guruhchasi — qad. qipchoq (kuman) oʻlik tilini (qarang [[Qipchoq tili]]) hamda hozirgi jonli qaraim, qorachoy-bolqor, qrim-tatar, qoʻmiq tillarini oʻz ichiga oladi; 2) qipchoq-bulgʻor guruhchasi — oʻrta asrlarda amalda boʻlgan gʻarbiy oltin oʻrda (oʻlik) adabiy tilini hamda hozirgi jonli tatar va boshqird tillarini oʻz ichiga oladi; 3) qipchoq-noʻgʻay guruhchasi — faqat hozirgi jonli noʻgʻay, qozoq, qoraqalpoq tillarini, shuningdek, oʻzbek tilining qipchoq shevalarini qamrab oladi.
 
Qipchoq tillarining rivojlanish tarixida 3 davr farqlanadi: moʻgʻullar bosqinigacha boʻlgan davr, moʻgʻullar bosqinidan keyingi xonliklar (Oltin Oʻrda, Qozon, Astraxan, Qrim, Sibir) davri hamda Gʻarbiy Osiyo va Sharqiy Yevropaning katta qismini, jumladan, mazkur xonliklar hududini Rossiya bosib olgandan keyingi davr. Bu davrlar qipchoqlarning turli hududlarda turli xalqlar bilan qoʻshni boʻlib yashashlari, turli dinlarni qabul qilishlari tufayli Qipchoq tillari leksikasida roʻy bergan oʻzgarishlar, qisman fonetik-grammatik oʻzgarishlar bilan ajralib turadi. Mas, tatar va boshqirdlar islom dini va arab yozuvini qabul qilganliklari sababli tatar va boshqird tillarida arabcha va forscha leksik birliklar; qaraimlar yahudiylik dini va qad. yahudiy yozuvini qabul qilganliklari tufayli qaraim tilida qad. yahudiy tili unsurlari uchraydi.
Qator 34:
 
a) qipchoq birikmalarida ''ag'', shuningdek ''ay(i)'' yoki ''aa'' ga rivojlanishi mumkin (gʻarbiy qipchoq tilida ''baula-'' va ''bayla-'' 'bogʻla', qirgʻiz-qipchoq tilida ''ayil'' gʻarbiy qipchoq tilida ''aul'' 'ovul', qirgʻiz-qipchoq tilida ''saa-'' gʻarbiy qipchoq tilida ''sau-'' 'sogʻ(moq)') — qirgʻiz-qipchoq shakllari moʻgʻul tili taʼsiri bilan izohlanishi mumkin (''ayil, saa-'');
b) polovets-qipchoq tillarida ''ag'' ning ''au''ga rivojlanishi davomiy emas: qaraim, qirimtatar ''dag'' 'togʻ';
в) ''ag'' ning ''au''ga rivojlanishi qipchoq guruhidan tashqarida uchraydi: [[ili-turkiy til|ili-turkiy]] va lahjaviy shimoliy oltoy tilida ''tau''.
 
== Qipchoq tillari tovush almashinuvi ==