Dnepropetrovsk viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Dnepropetrovsk viloyati''' — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932 yil 27 fevralda tashkil etilgan. Dnepr daryosining oʻrta va quyi oqimi havzasida. Maydon 31,9 ming km{{sup|2}}. Aholisi 3811 ming kishi (1997), asosan ukrainlar; shuningdek, rus, yahudiy, belorus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Dnepropetrovsk viloyati 20 tumanga boʻlingan, 19 shaqar, 54 shaharcha bor. D.v.ningDnepropetrovsk viloyatining yer yuzasi baland-past tekislik, gʻarbida Dnepr boʻyi qirlari, markaziy qismida Dnepr boʻyi pasttekisligi bor. Iqlimi moʻʼtadil konti-nental iqlim. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi – 5° dan (Nikopol) – 6,5° gacha, iyulniki 21,8° dan (Nikopol) 22,6° gacha (Pavlograd). Yillik yogʻin shimoilda 450&nbsp;mm, janubida 400&nbsp;mm. Eng yirik daryosi – Dnepr. Tuprogʻi qoratuproq. Dare vodiylari va orollarida oʻrmonlar uchraydi.<ref name=":0">"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20D%20harfi.pdf D-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
Dnepropetrovsk viloyatida sanoat yetakchi oʻrinda. Viloyat sanoati temir rudasi va temirli kvarsit (Krivoy Rog havzasi), marganets rudasi (Nikopol koni), titan, nikel, boksit, toshkoʻmir (Gʻarbiy Donbass) va qoʻngʻir kumir (Dnepr qoʻngʻir koʻmir havzasi), tabiiy gaz (Sarichanka tumani), mineral qurilish materiallari (granit, kaolin, dolomit), oʻtga chidamli gil zaxiralari asosida ishlaydi. Krivoy Rog xavzasi, Nikopol va Marganets sh.lari va janubi-sharqiy qismida konchilik sanoati rivojlangan. Dnepropetrovskda qora metallurgiya, quvur zavodlari, Krivoy Rogda kora metallurgiya, mashinasozlik zavodlari va boshqalar bor. Koks kimyosi va kimyo sanoatlari, qurilish materiallari, yogʻochsozlik sanoati ham rivojlangan. Oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari muhim oʻrin egallaydi. Dnepr boʻyi, Krivoy Rog va Dneprodzerjinsk GRESlari, Dneprodzerjinsk GES ishlab turibdi. Shebelinka – Dnepropetrovsk – Krivoy Rog – Odessa, Pereshchepino – Dnepropetrovsk gaz quvurlari, Kremenchug – Krivoy Rog – Xerson neft quvurlari bor.<ref name=":0" />