Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Dur''', inju ([[xitoy tili]]dan) — 1) [[mollyuskalar]]ning mantiya [[teri]]sida [[shar]]simon yoki notoʻgʻri shaklda paydo boʻladigan [[mahsulot]]. D.ning [[tuzilma|tarkib]]i [[chigʻanoq]]lar tarkibidan farq qilmaydi va asosan [[kalsit]]dan iborat. Juda oz [[miqdor]]da [[suv]], [[organik modda|organik]] va b. moddalar boʻladi. Eng yirik va yuqori sifatli D.lar iliq suvli okeanlarda hamda chuchuk suv [[suv havzasi|hdvzalari]]da yashaydigan Pteria va Margaritana deb ataladigan [[ikki pallalilar|ikki tavaqali]] mollyuskalarda topilgan.
 
D.ga har xil [[rang]]lari bilan jilolanib turadigan konsentrik tuzilishdagi marvarid qatlamlari xos boʻladi. Tabiatda pushti rang yoki sargʻish oq, baʼzan qora rangdagi, [[kaptarlar|kaptar]] [[tuxum]]idek keladigan D. eng qimmatbaho hisoblanadi. D. [[Bahrayn]] [[orol]]lari, [[Qizil dengiz|Qi-zil dengiz]], [[Yaponiya]], [[Shri-Lanka|Shrilanka]], [[Avstraliya]] [[qirgʻoq]]lari yaqinida va b. joylarda yashovchi mollyuskalardan olinadi. [[Rossiya]]ning [[Murmansk viloyati]], [[Uzoq Sharq|Uzok, Sharq]], [[Xitoy]], [[Shimoliy Amerika|Shim.Shimoliy Amerika]] atroflaridagi [[dengiz]]larda ham D. bor. D.ning tabiiy zahiralari ozayib ketganligi sababli 20-asr boshlaridan sunʼiy yoʻl bilan koʻpaytirilmoqda (maxsus havzalar va oqib yuruvchi katta idishlarda [[koʻpaytirish|koʻpaytiriladi]]. Buning uchun yosh chigʻanoqlarning mantiya terisi [[sirt]]iga mayda sharsimon [[qum]] zarralarini joylashtirib, taxminan 10 yil davomida boqib yiriklashtiriladi). Bu usul hozir Yaponiya va [[Xitoy]]da keng qoʻllaniladi; 2) [[zeb-ziynat buyumlari|zeb-ziynat buyumi]]. D.ning yirik va mayda (marvarid) donalari [[taqinchoqlar]] ([[tillaqosh]], [[isirgʻa]], [[uzuk]], toʻgʻnogʻich va b.boshqalar)ni [[bezash sanʼati|bezashda]] ishlatiladi. Shuningdek, saralab olingan yirik D.lardan [[ip]]ga tizib tayyorlangani ([[munchoq]]) [[boʻyin]]ga taqiladi. D. qadimdan [[zargarlik]]da keng foydalanilgan, qimmatbaho metallar ([[oltin]], [[kumush]] va b.boshqalar)dan tay-yorlangan buyumlarga [[qimmatbaho toshlar]] bilan birga qadalgan.
 
== Adabiyot ==