Ternopil viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Ternopol viloyati''' — Ukrainaning gʻarbiy qismidagi viloyat. 1939 yil 4 dekabrda tashkil etilgan. Maydoni 13,8 ming km². Aholisi 1172 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, polyak, belorus, yahudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 27%. Ternopol viloyati 16 tumanga boʻlingan, 14 shahar, 15 shaharcha bor. Markazi Ternopol shahri. Mux.im shaharlari – Ternopol, Chortkov, Zbaraj, Zaleshchiki, Terebovlya, Kremenets, Zborov va boshqalar.
 
Ternopol viloyati Podoliya qirlarining gʻarbiy qismini egallagan. Ukrainaning oʻrmonli dasht zonasida. Viloyat hududi koʻp qismining bal. 300–400 m (eng baland joyi 443 m). Shim.Shimoliy qismida Kremenets qirlari, undan jan.rokda Toltr qirlari joylashgan. Foydali qazilmalari: qoʻngʻir kumir, qurilish materiallari, fosforitlar. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha tempaturasi janubida –4,6° dan shimolida –5,7° gacha, iyulniki 19,4°, 18,3°; oʻrtacha yillik yogʻin 600–680 mm. Vegetatsiya davri 165 kun. Eng yirik daryosi – Dnestr. Qoratuproq, podzollashgan sur tusli tuproklar uchraydi. Oʻrmonli dasht oʻsimliklari oʻsadi. Dashtlar haydalib (70% hududi), ekinzorlarga aylantirilgan. Ternopol viloyati hududining 12% oʻrmon. Oʻrmonlarda tulki, malla tovushqon, boʻrsiq, qobon yashaydi. Ondatra, nutriya, yenotsimon it iqlimlashtirilgan.
 
Ternopol viloyatining asosiy sanoat tarmogʻi mahalliy qishloq xoʻjaligi. xom ashyosi asosida ishlaydigan oziq-ovqat sanoati (unyorma, shakarkand, moysir va sut, spirt, tamakifermentatsiya, konserva va sabzavot quritish zavodlari, goʻsht kombinati, Berejanida shisha zavodi, Ternopolda elektr armaturasi zavodi, qand lavlagi kavlash kombayni, avtotaʼmirlash, taʼmirlashmexanika, savdo asbobuskunalari, chinni, temirbeton zdlarizavodlari va qurilish industriyasi, mebel kombinatlari, Kremenetsda boʻr zavodi, Chortkovda avtomobil zavodlari bor. Ternopolda, farmatsevtika fabrikasi, ip gazlama ktikombinati (Ukrainadagi yirik ktlardan biri), Ternopol va Chortkovda tikuvchilik fabrikalari va sunʼiy koʻn zavodi, Terebovlyada poyabzal fabrikasi, Kremenetsda paxta fabrikasi joylashgan.
 
Qishloq xoʻjaligi gʻalla, lavlagi va sutgoʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Gʻalla, yemxashak, texnika ekinlari, kartoshka, sabzavot ekiladi.