Mannon Uygʻur: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq |
kTahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
'''Mannon Uygʻur''' (taxallusi; asl ismsharifi Majidov Abdumannon) (1897.11.10 — Toshkent — 1955.15.10) — rejissyor, aktyor, dramaturg. [[Oʻzbekiston xalq artisti]] (1932). Yevropa shaklidagi oʻzbek teatr sanʼati va hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri (sobiq Hamza nomidagi teatr) asoschilaridan. 1916 yil "Turon" truppasida aktyor sifatida ish boshlagan. Safarbek (N.Vezirov, "Uy tarbiyasining bir shakli"), Markiz Robl ("Qotili Karima"), Hoji Baxshali (J. Qulizoda, "Oʻliklar"), Xizmatkor (A. Avloniy, "Advokatlik osonmi?"), Zahhok (A. Fitrat, "Abu Muslim"), Eshimqul (Uygʻur, "Turkiston tabibi"), Mahmudxon (Hamza, "Zaharli hayot"), Rahim aka (Gʻ.Zafariy, "Xalima"), Nuriddin (A.Fitrat, "Chin sevish"), Miller (F. Shiller, "Makr va muhabbat"), Karl Moor ("Qaroqchilar") kabi kulgili, dramatik, fojiaviy romantik obrazlar yaratgan. Teatrni jadidlar singari maʼrifat oʻchogʻi, ibratxona deb bilgan. 1919 yilda "Turon" trupp sini qayta tiklab, oʻnga isteʼdodli yoshlarni jalb etish, dramaturglar bilan yangi asarlar ustida ish olib borish, tarjima qilish, sahnalashtirish, sahna ijodkorlarini malakasini oshirish masalalari bilan muttasil shugʻullangan. 1918—20 yillar Abdulla Avloniyning "Advokatlik osonmi?" komediyasini, Hamzaning "Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari", "Boy ila xizmatchi", "Tuhmatchilar jazosi" asarlarini, Gʻozi Yunusning "Zahhoki moron" tragediyasini, Abdulla Qodiriyning "Baxtsiz kuyov", Gʻulom Zafariyning "Halima", Fitratning "Abu Muslim", "Chin sevish" dramalarini sahnalashtirish bilan teatr repertuarini milliy asarlar bilan mustahkamlashga harakat qildi. Oʻzi yozgan "Turkiston tabibi", "Fanniy uy", "Oʻn ikki soatlik hokimiyat" pyesalarini ham sahnalashtirdi. Shuningdek, ozarbayjon dramaturglari asarlari ("Na qonur, na qondirur", "Xoʻrxoʻr", "Dursunali Ballibodi", "Iblis", "U oʻlmasa, bu oʻlsun" va boshqalar)ni ham tarjima qilib sahnalashtirdi. U oʻzining koʻpqirrali faoliyati bilan havaskorlik truppasini Oʻzbek davlat oʻlka namuna teatri darajasiga olib chiqdi. Markaziy Osiyo boʻylab tomoshalar koʻrsatdi. 1922 yil teatr ishlarini yoʻlga qoʻyish uchun Buxoroga yuborilgan. "Abu Muslim", "Halima", "Turkiston tabibi" asarlarini sahnalashtirib, buxorolik havaskorlarni saqna qonun qoidalariga oʻrgatadi. Karki shahrida birinchi teatr truppasi tashkil qiladi. 1923 yil Moskva davlat markaziy teatr sanʼati texnikumining rejissyor lik boʻlimiga oʻqishga kiradi. Shu yili uning tashabbusi bilan Moskvadagi Buxoro xalq maorifi uyi qoshida oʻzbek drama studiyasini ochishga qaror qilinar ekan, U. Buxoro, Toshkent, Andijon, Qoʻqon sh.laridagi teatrga isteʼdodli yoshlarni toʻplaydi. 1924 yil Moskvada Oʻzbek drama studiyasi ish boshlaydi. U. studiyaning ham talabasi, ham tashkilotchi rahbari boʻlib, Choʻlpon bilan birga studiya pedagoglari L. Sverdlin, R. Simonov, V. Kansel va boshqalarga tarjimonlik qilib, spektakllar qoʻyishda yordamlashadi. "Xasis" (Molyer, U. Garpagon rolida), "Tergovchi" (N. Gogol), "Malikai Turandot" (K. Gotsii, U. Altoum rolida) spektakllarining yaratilishi va mamlakatimizda namoyish etilishida U.ning xizmati beqiyos. Oʻzi mustaqil "Shayx Sanʼon" (H. Jovid), "Yorqinoy" (Choʻlpon) kabi asarlarni sahnalashtirdi. 1927 yil U. boshliq 24 nafar oʻzbek yoshlari Samarqandga qaytib, Oʻzbek davlat drama truppasining oʻzagini tashkil qildilar. U. "Arslon" (Fitrat), "Hujum" (V. Yan, Choʻlpon), "Farhod va Shirin" (Xurshid), "Mushtumzoʻr" (Choʻlpon), "Tarix tilga kirdi" (
{{no iwiki}}
|