Abdurauf Fitrat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 221:
 
=== O‘zbek tili va adabiyotini o‘rganish ===
Bulardan tashqari Fitrat [[o‘zbek tili]]ning garmmatikasinigrammatikasini o‘rganish ishlarini boshlab bergan va shu soha rivojiga katta hissa qo‘shgan. U [[1918]]-yilda [[Shokirjon Rahimiy]] va [[Qayum Ramazon]] bilan hamkorlikda „Ona tili“ darsligini yaratdi. [[1921]]-yilda [[Toshkent]]da bo‘lib o‘tgan Til va imlo qurultoyida Fitrat o‘zbek tilining sofligini taʼminlash va rivojlantirishga qaratilgan bir qancha takliflarni o‘rtaga tashladi. U 20-yillarda o‘zbek tili tabiatini o‘rganishda davom etib, „O‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida bir tajriba: Sarf“ ([[1925]]), „O‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida bir tajriba: Nahv“ ([[1926]]) darsliklarini yaratdi va bu darsliklar [[1930]]-yilga qadar bir necha marta nashr etildi. Olim o‘zbek tili morfologiyasi va sintaksisiga bag‘ishlangan bu asarlari bilan o‘zbek tili grammatikasini ilmiy asosda o‘rganish ishiga tamal toshini qo‘ydi. Fitratning tilshunoslik sohasidagi katta xizmatlaridan yana biri uning 20-yillarda qadimiy turkiy til, jonli xalq tili va shevalarga tayangan holda, ilmiy-adabiy muomalaga kirib kelayotgan yangi tushuncha hamda hodisalarni ifodalash uchun o‘zbek tilining lug‘at fondiga yangi so‘zlar hamda atamalarni olib kirganligidadir.
[[File:Fitrat DavraihukmroniOlimxon.jpg|thumb|Fitratning [[tojik tili]]da chop etilgan „<nowiki>Давраи ҳукмрони Амир Олимхон</nowiki>“ („Amir Olimxonning hukmronlik davri“) asarining muqovasi. [[Toshkent]]-[[Stalinobod]]. [[1930]]-yil]]
Olim „Eng eski turk adabiyoti namunalari“ (matn, tadqiqot, izohlar, [[1927]]), „O‘zbek adabiyoti namunalari“ (matn, tadqiqot, izohlar, 1-jild, [[1928]]) tazkiralarini tuzib, milliy adabiy merosimizning eng qadimgi davrdan so‘nggi davrlarga qadar yaratilgan namunalarini to‘plab, muayyan tizimga soldi („O‘zbek adabiyoti namunalari“ning ikkinchi jildi nomaʼlum sabablarga ko‘ra eʼlon qilinmagan). „Qutadg‘u bilig“ singari o‘zbek yozma adabiyotining xalq orasida sochilib yotgan noyob yodgorliklarini qo‘lga kiritish, o‘rganish va chop etishga intildi. O‘zbek adabiyotining yirik namoyandalarini ilk bor o‘rganib, „Bedil“ ([[1923]]), „Navoiyning forsiy shoirligi va uning forsiy devoni to‘g‘risida“, „Qutadg‘u bilig“ ([[1925]]), „Ahmad Yasaviy“ ([[1927]]), „Yassaviy maktabi shoirlari to‘g‘risida tekshirishlar“, „Hibbat ul-Haqoyiq“, „O‘zbek shoiri Turdi“ ([[1928]]), „<nowiki>XVI</nowiki> asrdan so‘ngra o‘zbek adabiyotiga umumiy bir qarash“, „Muhammad Solih“, „Fors shoiri Umar Xayyom“ ([[1929]]), „Mashrab“, „Farxodu Shirin“ dostoni to‘g‘risida" ([[1930]]) kabi katta ilmiy qimmatga ega risola va maqolalar yaratdi. Fitrat bu tadqiqotlari bilan o‘zbek adabiyotshunoslik maktabiga poydevor qo‘ydi.