Mixail Glinka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Mixail Ivanovich Glinka''' [1804.20.5(1.6), Novospasskoye qishlogʻi, Smolensk viloyati — 1857.3(15).2, Berlin; Sankt-Peterburgda dafn etilgan] — kompozitor, rus mumtoz musikasining boshlovchisi. 1817 yildan Sankt-Peterburgda yashab, musiqa ijrochiligidan sabok, olgan. 1820-yillarda pianinochi va xonanda sifatida tanilgan. Kompozitsiya boʻyicha Berlinda 3. Den taʼlimini olgan (1833-34). Bir necha marta chet el (Italiya shaharlari, Berlin, Parij, Varshava, Ispaniya va b.boshqalar)da boʻlib, turli xalq kuylari va professional musiqa madaniyati bilan tanishgan.
 
Glinka ijodida xalq (rus, italyan, ispan va b.boshqalar) musiqasi boyliklari bilan kompozitorlik uslubi yutuqlari uygʻunlashgan. Shakli mukammal, kuylari aniq va nafis, garmoniyasi hamda orkestr boʻyoqlari shirador va yorqin boʻlgan Glinka asarlari hayotbaxsh, quvonch ruhi bilan sugʻorilgan.
 
Glinkaning vatanparvarlik mavzuidagi "Ivan Susanin" (aslida "Podsho uchun jon fido", 1836) hamda "Ruslan va Lyudmila" (1842) asarlari rus operasida 2 oqim — xalq musiqali dramasi va ertak doston operasini boshlab berdi. Shuningdek, "Vals-fantaziya" (1845), "Kamarinskaya" (1848) kabi simfonik asarlari bilan rus simfonizmiga asos soldi. G. romanslari rus vokal lirikasi tarixida yangi davr ochgan. Ularning bir qismi oʻzbek tilida nashr etilgan. G.ning opera, simfonik va kamer asarlari Oʻzbekistonda muntazam ijro etiladi. 1960 yildan Glinka nomidagi opera xonandalar tanlovi taʼsis etilgan. Tanlov gʻoliblari orasida oʻzbek xonandalari (mas, I. Jalilov) ham bor.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20G%20harfi.pdf G-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>