Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Aybeg (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 20:
 
== Musulmonlarning munosabati ==
Muhammad (s.a.v.) Qurʼon oyatlarini Jabroildan qabul qilar, boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olardilar. Yozishni biladigan odamlar, jumladan, [[Abu Bakr]], [[Umar]], [[Usmon]], [[Ali]], [[Zayd ibn Sobit]], [[Ubay ibn Kaʼb]] xurmoning poʻstlogʻi, yapaloq [[tosh]], katta [[suyak]], [[teri]] va shunga oʻxshash narsalarga Qurʼonni yozib borganlar. Paygʻambar hayotlik chogʻida yana vahiy tushib qolar, degan umidda Qurʼon jamlab kitob shakliga keltirilmagan. Paygʻambarning vafotidan keyin Qurʼon kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida qoldi.
 
== Kitob holatida jamlanishi ==
Qator 39:
 
== Qurʼonning asosiy gʻoyasi ==
Qurʼonning asosiy gʻoyasi — Alloh toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Uning mavzusi va mohiyati insonlar tafakkurida koʻpxudolikka barham berish, yakkaxudolikni targʻib qilish va islom dinini qaror toptirishdir. Shu bilan bogʻliq ravishda unda paygʻambarlar, oxirat, taqdir va boshqalar haqidagi [[aqida]]lar bayon etiladi. Alloh Qurʼonda oʻzining [[Odamato]], [[Nuh]], [[Ibrohim]], [[Ismoil]], [[Ishoq]], [[Yaʼqub]], [[Muso]], [[Dovud]], [[Iso]], [[Muhammad]] (as) va boshqa paygʻambarlarini zikr etadi. Ularga yuborilgan din — islom ekani, [[Tavrot]], [[Zabur]], [[Injil]] va Qurʼon oʻzi nozil qilgan ilohiy kitoblar ekani, [[yahudiy]]lar, [[Nasroniylik|nasroniy]]lar va musulmonlarni „ahli kitob“ deb atab, ularning eʼtiqodlari vahdoniyat ekanini Qurʼon oyatlarida qayta-qayta uqtiradi. Qurʼonda asosiy ibodat talablari ([[namoz]], [[roʻza]], [[zakot]] va boshqalar) belgilab berilgan. Undagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shakllangan shariatga asos qilib olingan.
 
Qurʼonda insoniyatning etnik boʻlinishi, ijtimoiy tabaqalanishi, ayirmachilik, millatchilik inkor etiladi. Alloh nazdida barcha tengdir. Insonlar Alloh tomonidan millati, nasabi, boyligi, imtiyozi va h.k.ga qarab emas, balki ularning qalbi va qilgan yaxshi yoki yomon amallariga qarab hukm qilinadilar.
Qator 58:
 
=== Tafsir ilmi ===
Tafsir paygʻambar davridayoq yuzaga kelgan. Eng birinchi mufassir (tafsirchi) Muhammad (sav)ningMuhammadning oʻzi boʻlib, u odamlarga Qurʼon maʼnolarini bayon qilib berardi. Paygʻambardan keyin Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib mufassir boʻlgan. Shuningdek, [[Abdulloh ibn Abbos]] (690 yil m.y.), [[Abdulloh ibn Masʼud]] (654 yil m.y.), [[Ubay ibn Kaʼb]] (7-asr), [[Anas ibn Molik]] (712 yil m.y.) kabi sahobalar ham ilk mufassirlardan hisoblanadi. Tobein mufassirlardan [[Mujohid ibn Jabr Makkiy]] (723 yil m.y.), [[Ikrima Abu Abdulloh al-Barbariy]] (723 yil m.y.), Said ibn Jubayr (714 yil m.y.), Ato ibn Abi Raboh (734 yil m.y.) kabilarni zikr etish mumkin. Sahoba va tobeinlar davrida tafsir ogʻzaki rivoyat va naql shaklida boʻlib, kitob tarzida yozilmagan. [[Muhammad ibn Jarir Tabariy]] (923 yil m.y.), [[Abu Mansur Moturidiy]] (944 yil m.y.), [[Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad an-Nasafiy]] (1310 yil m.y.) kabi yirik mufassir ulamolar oʻzlarining tafsir kitoblarini yozdilar.
 
Afsuski, islomda paydo boʻlgan turli firqalar Qurʼonga oʻz taʼlimotlariga mos ravishda tafsirlar yoza boshladilar, zero tafsirchilik mufassirning dunyoqarashi bilan bogʻliqdir. Ammo islomning sof taʼlimotiga zid boʻlgan tafsirlar vaqt oʻtishi bilan yoʻqolib, ularning nomi va mualliflari haqidagi xabarlar manbalarda saqlanib qolgan. Tarixda Qurʼonning islom jamiyatidagi ulkan mavqeidan turli firqalar oʻzlarining gʻarazli maqsadlarida foydalanish holatlari koʻplab kuzatilgan. Ulamolar esa ularning bunday notoʻgʻri talqinlariga qarshi doimiy ravishda oʻzlarining xolis fikrlari bilan kurashib kelganlar. Qurʼonni gʻarazli talqinlardan xoli tutish bugungi kunda ham dolzarb masalalardan biri boʻlib qolmoqda.