Podshipnik: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Рефлексист (munozara | hissa) Tahrir izohi yoʻq |
Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
'''Podshipnik''' — aylanuvchi [[Val tizimi|val]] va oʻqlarning tayanchi. [[Mexanizm|Mexanizmning]] aylanuvchi yoki tebranuvchi kismlari va-ziyatini boshqa qismlarga nisbatan cheklaydi, valdan tushadigan kuchlarni bevosita qabul qilib, valning ravon va oson aylanishiga imkon beradi. Sirpanish va dumalash P.lari bor. Sirpanish P.larining tayanch sir-ti silindr, [[konus]] yoki [[shar]] shaklida boʻlishi, tayanch sirt bilan val boʻyni quruq (moysiz), yarim quruq yoki suyuq ishqalanib (yaʼni moylanib) ishlashi mumkin. Bunday P.larning ajraladigan va ajralmaydigan xillari boʻladi. Ajraladigan P.da vkladish, ajralmaydiganida [[vtulka]], odatda, korpusdagi teshikka, tayanch sirt bilan val boʻyni orasiga oʻrnatiladi. Bular [[antifriksion materiallar]] ([[Babbitlar|babbit]], [[tekstolit]], [[rezina]], [[plastmassa]] va boshqalar) dan tayyorlanadi. Dumalash P. ichki va tashki halqalar, tebranish jismlari (sharcha, rolik) hamda [[separator]]dan iborat. Taʼsir kiladigan kuch yoʻnalishiga qarab, radial, radialtirak P.lar boʻladi.
Tebranish jismlari va halqalarning ish sirtlari shakliga qarab, sharchali, rolikli, sharchali-sferik, [[silindr]], qisqa va uzun rolikli, konus rolikli, sferik-konus rolikli, ignali xillarga; tebranish jismlarining qatorlar soniga qarab, bir, ikki va koʻp qatorli va boshqa xillarga boʻlinadi. Dumalash P. yuqori sifatli poʻlatdan tayyorlanadi. Moylanish usuliga qarab, oʻz-oʻzidan va majburiy moylanadigan P.lar boʻladi. P. [[
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{OʻzME}}
{{stub}}
|