Islom Karimov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 87:
 
== Amalga oshirgan ishlari ==
{{quote|''Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak.'' <ref>http://www.javob.uz/quote/713</ref>}}
 
Oʻzbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda Karimov nomi va faoliyati bilan bogʻlaydi. U sobiq sovet tuzumidan keyin paydo boʻlgan beqaror, notinch davrda Oʻzbekiston jamiyatida barqarorlik va ishonchni paydo qila oldi, xalqi oldiga millatni yuksaklarga koʻtaradigan ulkan maqsad va vazifalar qoʻydi. Karimov Oʻzbekistonda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy oʻzgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi, mamlakatning istiqol dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yoʻlini belgilab bergan atoqi davlat arbobidir. Karimov demokratik talablar va xalqaro mezonlarga toʻla javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolatidir. U markaziy hokimiyat va uning joylardagi boʻgʻinlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson munosabatlarini uygʻunlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Oʻzbekiston xalqining oʻziga xos xususiyatlari hamda ilgʻor jahon tajribalarini mujassamlashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab chiqdi. Bu rivojlanish yoʻli iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, oʻtish davrida davlatning bosh islohotchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoyadan iborat 5 tamoyilni oʻz ichiga oladi va u dunyoda "[[oʻzbek modeli]]" deb eʼtirof etilgan. Karimov rahbarligi va bevosita ishtirokida Oʻzbekiston turli-tuman "sakrash"lar, "falaj qilib davolash"lardan voz kechib, [[bozor iqtisodiyoti]]ga oʻtishda oʻziga xos yoʻldan bordi va puxta oʻylangan dastur asosida mamlakat iqtisodiy poydevorini qura boshladi. Qisqa vaqt ichida mamlakat [[neft]] va neft mahsulotlari, [[gʻalla]] mustaqilligiga erishdi. Oʻzbekiston Respublikasida yuksak sifatli [[oltin]] va [[gaz]] qazib olish keskin darajada koʻpaydi, ishlab chiqarishning yangi sohalari, mas., [[avtomobilsozlik]] sanoati barpo etildi. Karimov Oʻzbekiston davlatining hududiy yaxlitligini, sarhadlari daxlsizligini himoya qilishga qodir qurolli kuchlar, chegara va ichki qoʻshinlarni zamonaviy islohotlar asosida tashkil etish ishiga rahbarlik qildi. [[KPSS MK]] boshchiligidagi mustabid kuchlar Oʻzbekistonda adolatsizlik va tazyiqlarni avj oldirgan yillarda oʻzbek nomini nohaq tahqir va haqoratlardan himoya qilish, xalqning or-nomusini, milliy gʻururini tiklashda fidoyilik namunasini koʻrsatdi.
[[Fayl:SCO 2012.jpeg|thumb|440px|2012-yilgi ShHT sammitida]]