Uslub: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 5:
Ilmiy U. — fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan vazifaviy U.dir. Bu U.da tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq taʼriflanadi, tushuntiriladi. Vazifaviy U.ning bu turi terminologik va mavhum leksikaning , murakkab sintaktik tuzilmalarning qoʻllanishi, soʻzlarning asosan aniq, toʻgʻri maʼnoda ishlatilishi, maxsus iboralarga egaligi va sh.k. bilan ajralib turadi. Ilmiy U.da yana fanning turli sohalariga oid ramz (simvol) va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi. Ilmiy U. oʻz ichida quyidagi mayda U. ga boʻlinadi: ilmiy ish U., ilmiytexnik U., ilmiyommabop U., ilmiypublitsistik U. Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarni ifodalovchi terminlarga boyligi ilmiy U.ning eng asosiy xususiyatlaridan biridir.
 
Publitsistik U. vazifaviy U.ning bir turi boʻlib, u ijtimoiysiyosiyijtimoiy, siyosiy soʻz va iboralarning qoʻllanishi, janrlarning xilmaxilligixilma-xilligi va buning natijasida til vositalaridan uslubiy foydalanishning rang-barangligi va sh.k. belgilar bilan xarakterlanadi. Publitsistik U. ijtimoiysiyosiy adabiyotlarda, vaqtli matbuotda, siyosiy chiqishlarda, majlislardagi nutklarnuqtlar va sh.k.da oʻz ifodasini topadi. Ijtimoiysiyosiy bilimlarni targʻib qiluvchi va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang-barangligi bilan kishilar ongiga koʻproq taʼsir etadi. Publitsistik U.ning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik asosiy oʻrinni egallaydi, yaʼni qisqa, loʻnda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi. Publitsistik U.da til vositalaridan foydalanishda muallifning individual U.i deyarli ajralib yoki sezilib turadi. Ayniqsa, bu holat ocherk, felyeton, badiiy publitsistik makrlada tez koʻzga tashlanadi. Badiiy U.da ham bu holat mavjud; rasmiy U.da esa bunday xususiyat yoʻq. Publitsistik U. baʼzi qoʻllanma va ilmiy adabiyotlarda "ommabop U.", "matbuot U.i" kabi terminlar bilan ham ataladi.
 
Badiiy U. — tilning kommunikativ va estetik vazifalari birligi bilan boshqa U.ga xos unsurlardan keng foydalanishi, ekspressiv va tasviriy vositalarning koʻp ishlatilishi, soʻzlarning obrazli, koʻchmametaforik qoʻllanishi va sh.k. belgilari bilan ajralib turadi. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud boʻlgan barcha lugʻaviy birliklarning ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga — estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq U.ining oʻziga xos xususiyati deb qarash kerak boʻladi. Chunki ana shunday imkoniyat boshqa vazifaviy U.da chegaralangandir. Adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmlardan, dagʻal soʻzlardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlmagani holda ularni badiiy U.da oʻrni bilan qoʻllash mumkin. Vazifaviy U.ning hech birida til oʻzining tuzilish jihatlari, lugʻat tarkibi, yaʼni soʻzning maʼno boyligi va rang-barangligini, toʻgʻri va koʻchma maʼnolarni badiiy nutq U.idagichalik namoyish qila olmaydi, grammatik qurilishi, yaʼni gaplarning barcha tiplari bilan ishtirok eta olmaydi. Badiiy adabiyotning barcha janrlarida soʻz ishlatish va soʻz tanlash imkoniyatlariga bir mezon bilan yondashib boʻlmaydi. Har qaysi adabiy janrning tasvir usuli, soʻz tanlash yoʻsini shu janrdagi asarning umumiy mavzusiga, janr turiga boglik boʻladi. Mas, bayon shaklida yozilgan roman, hikoyaning til vositalari bilan satirik yoki yumoristik asarning til vositalari bir xil emas. Bulardan tashqari, sinonim soʻzlarning u yoki bunisidan foydalanish ham badiiy asar janriga bogʻliq. Mac, bashar, samo, oraz, mujda soʻzlari, asosan, nazmda qoʻllanadi. Nasrda yoki soʻzlashuv nutqida esa bularning sinonimlari — odam, osmon, yuz, shamol, xushxabar soʻzlari keng qoʻllanadi. Badiiy nutq U.ida yozilgan asarlarni tasviriy vositalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Uslubiy figuralar deb ataluvchi tasvir vositalari — inversiya, takror, oʻxshatish, sifatlash, metafora, jonlantirish, antiteza, gradatsiya, ellipsis, ritorik soʻroqlarning badiiy U.da faol qoʻllanishi bu U.ning oʻziga xos tarkibi mavjudligini koʻrsatadi. Til vositalarining vazifaviy chegaralanishi ularning nutq jarayonida ham farqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.