Aflotun: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 16:
'''Aflotun''' yoki '''Platon''' ([[yunon tili|yun.]]: ''Πλάτων'') ([[mil.av. 428]]/[[mil.av. 427]] – [[mil. av. 348]]/[[mil. av. 347]]) [[Qadimgi Yunoniston|qadimgi yunon]] [[faylasuf]]i boʻlgan. Ustozi [[Suqrot]] va shogirdi [[Arastu]] bilan birgalikda Aflotun [[Gʻarb madaniyati]]ni shakllantirdi.<ref>{{maqola|sarlavha=Plato|noshir=Encyclopaedia Britannica|yil=2002}}</ref> U shuningdek [[matematika|matematik]], [[yozuvchi]] hamda Afinadagi ilk [[akademiya]] asoschisi boʻlgan.
 
PLATON (Platon) Afinalik, Aflotun (haqiqiy ismi Aristokl; mil. av. taxminan 427.27.5 – Afina – 347) – yunon faylasufi, platonizm asoschisi. SokratningSuqrotning shogirdi. SokratSuqrot unga "P." (keng yelkali, keng koʻkrakli degan maʼnoni beradi) deb nom qoʻygan. P. mashhur faylasuflar bilan yoshligidan muloqotda boʻlib, ulardan taʼlim oldi. Geraklit, Parmenid, Demokrit va boshqa faylasuflarning asarlarini oʻrgandi. Mil. av. 380 yillarda Afina yaqinidagi Akademiya nomli bir bogʻni sotib oladi (bu nom shu yerlik afsonaviy qahramon Akadem sharafiga berilgan) va bu bogʻda oʻzining P. akademiyasi deb atalgan falsafiy maktabini tashkil etadi. Akademiya Afinada deyarli 1000 yil faoliyat koʻrsatadi. Unda Aristotel ham oʻqigan. Akademiyada faqat falsafadan emas, geom., astronomiya, geogr., zool. va botanikadan ham taʼlim berilar edi. Biroq siyosiy taʼlim markaziy oʻrinda edi. Taʼlim maʼruzalar, munozaralar va suhbatlarga asoslanardi. Har kuni gimnastika mashgʻulotlari oʻtkazilardi.
 
P. falsafasining asosiy mohiyati – "gʻoya" ("eydos")lar haqidagi taʼlimotida bayon etilgan. Uning fikricha, gʻoya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo uning soyasidir. Haqiqiy oʻzgarish va taraqqiyot gʻoyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi hara-kat esa uning inʼikosidir. Gʻoyalar du-nyosining qonuniyatlarini hamma ham bila olmaydi. Ularni biladigan zotlar juda kam uchraydi, bu zotlar ulkan akl egalari boʻladi. Aksariyat kishilar soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi. P. gʻoyalar dunyosini narsalar dunyosidan ustun qoʻyadi, chunki gʻoyalar dunyosi ideal narsalardir. Inson gʻoyalar dunyosi bilan soyalar dunyosi oʻrtasidagi zotdir. Uning ruhi gʻoyalar dunyosiga, jismoniy tanasi soyalar dunyosiga mansubdir. Shuning uchun ruh va tana birligidan iborat odam ikki olamga tegishlidir. Ruh insonning haqiqiy qismidir. Biz hayot deb ataydigak narsa ruh jismoniy tanada yashaydigan vaqtdir. P.ning bilish nazariyasi uning gʻoyalar haqidagi nazariyasiga asoslanadi. Bilish – anam-nesis, yaʼni jonning eydoslar haqidagi xotirasi. Eydosga boʻlgan muhabbat (eros) maʼnaviy yuksalishga undaydigan sababdir.