Urush: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Дунёни ўзгартирган уруш
Dalian16 (mun.) tomonidan qilingan 2009037-sonli tahrir qaytarildi cross-wiki spam
Teg: Bekor qilindi
Qator 2:
 
U.larning sanoatlashuvi (yaʼni qurollanish sohasida, shuningdek, qurolli kuchlarni "harbiy mashina" sifatida tashkil qilishda sanoat i.ch.i usullarini qoʻllash) mahalliy U.larning umumjahon U.iga aylanishiga sabab boʻldi. 20-asr boshlanishidan avval eng yirik U.larda ham aholining kichik qismi, odatda, jangda bevosita qatnashayotgan askarlar va jang sodir boʻlayotgan yer aholisi ishtirok etar edi. Birinchi jahon urushi koʻp jihatdan harbiy kuchlarning rivojlanishini belgilab berdi. Bu U. ham miqyosi, ham ishtirok etgan davlatlar soni jihatdan nomiga yarasha edi. Undagi kurbonlar soni avval sodir boʻlgan U.lardagidan koʻp baravar ortib ketdi. Bu U.dan soʻng insoniyatga qirgʻin keltiruvchi qurollar yaratilishiga zoʻr berila boshlandi. Ikkinchi jahon urushida va undan keyingi harbiy harakatlarda nafaqat harbiy, balki tinch aholi orasidagi qurbonlar soni akl bovar qilmas darajada katta boʻldi. Umuman, tadqiqotchilar keyingi 3 asrda ming va undan ortiq odam halok boʻlgan. U.larni hisoblab chiqib, quyidagi raqamlarni qayd etishadi: 18-asrda 68 ta, 19-asrda 205 ta, 20-asrda 237 ta U. boʻlgan, ularda qurbon boʻlganlar soni 18-asrda 4,4, 19-asrda 8,3 va 20-asrda 100 mln. kishidan ortgan. Soʻnggi 5,5 ming yil mobaynida esa, jami 14,5 mingga yaqin katta va kichik U. (shu jumladan, 2 ta jahon U.i) boʻlgan, ularda 3,6 mlrd.dan ortiq kishi halok boʻlgan, epidemiyalar va ocharchilikdan ulgan. Hozirgi sharoitda 1980-yillar oxiridan "sovuq urush" tugaganligi munosabati bilan jahon yadro U. i xavfi kamaydi. Biroq lokal U. deb atalgan U.lar — diniy, hududiy va milliy janjallar, qabilaviy adovat va boshqa bilan bogʻliq harbiy nizolar davom etmokda. Jahon hamjamiyati davlatlar oʻrtasida kuch bilan xavf solish va kuch ishlatishni inkor etuvchi munosabatlar tizimini vujudga keltirishga intilib keladi. 1945 yilda BMT Ustaviga U.dan xalqaro muammolarni hal etishning vositasi sifatida voz kechish prinsipi kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida U.ni targʻib qilganlik uchun javobgarlik belgilangan (150modda).
 
*[https://www.jw.org/uz-cyrl/адабиётлар/журналлар/wp20140301/биринчи-жаҳон-уруши-дунёни-ўзгартирди/ Дунёни ўзгартирган уруш]
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->