Asalari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Changez36 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
[[Fayl:A welcome visitor. (23101201893).jpg|thumb|right|asalari]]
'''Asalari''', bolari (Apis mellifera L.) – arilar oilasining bir turi. A. vatani Janubiy Osiyo hisoblanadi. Hozirgidavrda janubiy kengliklardan Chekka Shimolgacha tarkal-gan. A.lar, asosan, oila bo‘lib yashaydi. Bir oila bir ona (xalq tilida "podsho-si" deb ham yuritiladi), bir necha ming ishchi va bir necha yuz erkak A.dan iborat. Ona A. tanasi uz. 20 – 25&nbsp;mm, vazni 200 – 250&nbsp;mg, bahordan kuzga kadar tuxum qo‘yish va oilani boshqarish vazifasini bajaradi. Qanoti tanasining yarmini qoplaydi, nektar, gul changini yig‘uvchi apparatining yukligi bilan farq qiladi. Ona A.ning jinsiy a’zolari rivojlan-gan. 5 yilgacha yashaydi (tajribali asalarichilar ona Ani har ikki yilda yangilab turadilar). Bir sutkada 2 – 2,5 ming-tagacha tuxum qo‘yadi. Otalangan tuxumlardan 21 kunda ishchi A., otalanmagan tuxumlardan 24 kunda erkak A. chiqadi. Agar lichinkalarni ishchi A.lar asalari suti bilan oziqlantirib tursa 16 kunda ona A. chiqadi. Tuxumdan chiqqan ona A. 7 – 8 kunda jinsiy balog‘atta yetadi. Er-kak A. tanasi uz. 15 – 17&nbsp;mm, vazni 200&nbsp;mg, qorin qismi to‘mtoq bo‘lib, oldingi qanotlari uzun, gul changi va nektar yi-guvchi apparati, nayzasi yo‘q, ko‘kragi keng, hartumi qisqa. Bir oilada 80 – 100 tagacha erkak A. bo‘ladi. Asosiy va-zifasi ona A.ni urug‘lantirish (asosan, havoda juftlashadi, urug‘lantirganidan keyin halok bo‘ladi). Ular uyada faqat yozda bo‘ladi, kuzda oilada urchish ishlari to‘xtashi bilan ularni ishchi A.lar uyadan quvib chiqaradi. Ishchi A. tanasi uz. 11 – 15&nbsp;mm, vazni o‘rtacha 100&nbsp;mg, jinsiy a’zolari rivojlanmagan, urgochi asalarilar bo‘lib, yozda 35 – 40 kun, qishda 3 oy yashaydi. Bir oilada yozda 60 – 80 ming, qishda 10–15 ming ishchi A. bo‘ladi, soatiga 60&nbsp;km tezlikda ucha oladi, oiladan 2 – 3&nbsp;km va undan ortiq masofaga uchib borib, nektar va gul chan-gini yig‘ish, nektarni asalga aylanti-rish, mum ishlash, lichinkalarni boqish, katak qurish, uyani qo‘riqlash kabi ishlarni bajaradi. A qadimdan qimmatbaho mahsulotlar bo‘lgan asal, propolis, mum, ona asalari suti, asalari zahari va boshqalarni olish, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlarini mevali bog‘larni changlatish uchun boqiladi (qarang Asalarichilik). A. oilasi bir mavsumda 683140 – 150&nbsp;kg asal to‘playdi, bundan 100&nbsp;kg A. ta’minotiga sarflansa, 40 – 50&nbsp;kg asal ajratib olinadi. A. oila a’zolarining xizmat faoliyati o‘zaro bog‘liq bo‘lganidan ularning birortasi ham o‘zicha mustaqil hayot kechira olmaydi.Zotlari: O‘rta Rossiya o‘rmon (qoramtir) A. zoti (Asalari millifera) – eng ko‘p tarqalgan zotlarga kiradi. Arilari yirik, asaldorligi yuqori, sovuqqa chidamli, har bir oiladan 100&nbsp;kg gacha asal olish mumkin. Kavkaz (Gruziya) tog‘-qo‘ng‘ir A. zoti (Asalari cavcasica) – aso-san, Zakavkaze, O‘rta Osiyoda tarkal-gan. Karpat A. zoti – G‘arbiy Ukrai-naning tog‘li rayonlari va Karpat ortida ko‘p uchraydi. Rangi qoramtir, tabiati yumshoq, hartumi uzun. Italiya sariq A. zoti (Asalari ligustuca)ning kelib chiqishi Italiya hisoblanib, Kanada, AQSH, Av-straliya va Yangi Zelandiyada tarqalgan. Keyinchalik Finlyandiya, Yaponiya, Xi-toy va Hindistonga ham keltirilgan. 1964 – 70 yillarda O‘zbekistonga kelti-rib sinalgan. Paxta ekiladigan yerlarda yuqori mahsuldorlikka erishildi. Uzoq Sharq A. zoti – Uzoq Sharq (Pri-more, Xabarovsk)da ko‘p tarqalgan. Zot Ukraina, O‘rta Rossiya, Italiya va Kav-kaz A.lari ishtirokida yetishtirilgan, mahsuldorligi o‘rtacha. Kraina kulrang A. zoti (Asalari carnica) – Yugoslaviya, Av-striya tog‘larida keng tarqalgan. Tashqi ko‘rinishdan Kavkaz tog‘-qo‘ng‘ir A.siga o‘xshaydi, mahsuldorligi o‘rtacha.O‘zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institu-tida A.lar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bo-riladi.Ibrohim Jo‘rayev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->