Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 19 × [[]]; Turkum:Tilshunoslik; -{{no iwiki}}
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Ega''' — [[gap]]ning bosh boʻlaklaridan biri; gapni tashkil etishda muhim rol oʻynaydi. E. fikrning kimga, nimaga qarashli ekanligini anglatadi, shu jihatdan kesim bilan oʻzaro yaqin bogʻlangan. E., odatda, kesim orqali, kesim esa E. orqali, bir-biriga nisbat berish bilan belgilanadi. [[Grammatika|Grammatik]] jihatdan E. boshqa boʻlaklarga nisbatan hokim vaziyatni egallaydi (baʼzi [[ilm]]iy [[adabiyot]]larda mutlaq hokim sifatida gapning kesimi koʻrsatiladi). E. vazifasida kelgan [[soʻz]] egalik va koʻplik [[qoʻshimcha]]larini qabul qila oladi va bosh kelishlik shaklida qoʻllanadi. U koʻpincha [[ot (soʻz turkumi)|ot]], [[olmosh]], otlashgan soʻz va [[soʻz birikmasi]] bilan ifodalanadi. E., asosan, [[kesim]]dan avval keladi; bunday [[soʻz tartibi]] E.ning grammatik [[belgi (soʻz)|belgi]]laridan biridir. Baʼzan kesimdan keyin ishlatilishi ham mumkin; bu hodisa [[inversiya]] deyiladi. E. baʼzan birgina soʻzdan, baʼzan esa bir necha soʻzdan, yaʼni [[sintaktika|sintaktik]] birlikdan iborat boʻladi. Mas: T i n ch l i k urushni yengadi. Ishlagan tishlar, ishlamagan kishnar ([[Maqol]]). Otlarning otxonaga olib oʻtilmagani Ziyodillani taajjublantirdi ([[Hamid Gʻulom|H.Gʻulom]]).
 
E. gapda har doim biror soʻz yoki soʻzlar birikmasi bilan ifodalanishi shart emas. Baʼzi gaplarda E. tushib qolishi, yashirin boʻlishi mumkin. E.ning gapda qoʻllanishi yoki qoʻllanmasligi gapning mantiqiy mundarijasi, [[grammatik shakl]]i va [[nutq]] [[uslub]]i bilan bevosita bogʻliq.Ega ishtirokiga ko'ra gaplar 2 ga bo'linadi: 1.egali gap; 2. Ega ishtirok etmagan gaplar.
Gapda ega ishtirok etmasa ham uning ma'nosi anglashilib turishi mumkin.Bunday holda gapning mundarijasi kesim orqali ifodalanadi.Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, ega va belgisiz kelgan tushum kelishigini olgan so'zni farqlash lozim bo'ladi. Bunda, asosan, so'roq berish yo'lidan foydalanamiz. Ammo faqat so'ro berish bilan aniqlash kamchiliklarga olib keladi. So'zning gapda qanday ma'no ifodalashi ham muhimdir.
 
Neʼmat Mahkamov.