Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Ko‘ro‘gli dostoni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Progint (munozara | hissa)
Progint (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 20:
== Ko‘ro‘g‘li – xalqning mardligi, jangovarligi simvoliga aylangan ==
 
Ozarbayjon xalq og‘zaki adabiyotida qahramonlik dostonlarining maxsus o‘rni bor. Sevib mutolaa qilgan va tinglaganimiz “Ko‘ro‘g‘li” dostoni ham tarixiy-qahramonlik mavzusidadir. Ma’lumki, XVI asr oxirlarida va XVII asr boshlarida Ozarbayjonda va Turkiyada tarixga Jaloliylar qo‘zg‘oloni sifatida kirgan qishloqliklar harakati yuz bergan.  “Ko‘ro‘g‘li” dostoni bu qo‘zg‘olonda yuz bergan hodisalarning badiiy in’ikosidir. O‘sha davrda yurtlarida har qanday salohiyatga ega bo‘lgan hokimlar, poshsholar aholiga shafqatsiz munosabatda bo‘lar, ularning ekib-yig‘gan mahsulotlarini talon-taroj qilishar, o‘zlarini esa muhtojlikda yashashga majbur qilishardi. Doston mualliflari eposda ortiq bu zulmga bosh egishni xohlamagan xalqning qahramonlik shijoatini, zolim xonlarga, poshsholarga, beylarga qarshi olib borgan kurashni badiiy syujetda jonlantirishga muvaffaq bo‘lganlar. Doston deyarli elning, xalqning yengilmasligini tasvirlaydi.[1]<ref name="R1" />
 
Dostonning bosh qahramoni Ko‘ro‘g‘li sodda xalq orasidan chiqqan. Uning asl ismi Ravshandir. Hasanxon haqsizlik qilib, uning otasining ko‘zini o‘yib oladi. Ana shundan so‘ng Ravshanni xalq orasida Ko‘ro‘g‘li deb chaqirishadi.
Qator 46:
Ko‘ro‘g‘li yoniga yig‘ilgan yigitlar ham mard va qo‘rqmasdirlar. Xalq ichidan chiqqan bu yigitlarni Chanlibelga zulmkor hukmdorlarga keskin nafrat, Ko‘ro‘g‘lining xalq dushmanlariga qarshi olib borgan kurashlariga rag‘bat jam qilgan. Ko‘ro‘g‘li har besh-o‘n kunda bir libosini o‘zgartirib, safarlarga chiqar va har gal Chanlibelga yangi yigit bilan qaytardi. Faqat Ko‘ro‘g‘li Chanlibelga olib kelgan yigitlarni avval sinovdan o‘tkazar, so‘ngra o‘z guruhiga qabul qilardi. Ko‘ro‘g‘li sinovdan o‘tkazgan yigitlarga ishonar, hurmat qilar, shu bilan birga, ularga g‘amxo‘rlik qilardi.
Dostonda Chanlibelga yetti ming yetti yuz yetmish yetti yigit yig‘ilgani aytiladi. Bu raqam xalqning yengilmasligini, uning kuchi tugamasligining ramzidir. Eposda ishlatilgan “dali” (telba) so‘zi “yigit”, “epchil” degan ma’noda kelgan. Sodda xalq ichidan chiqqan Temirchio‘g‘li, Balli Ahmad, Halaybuzan, Dali Hasan va boshqalari qiyin vaqtlarda Ko‘ro‘g‘liga haqiqiy tirgak bo‘ladilar. Yigitlar ichida eng yoshi Eyvazdir. Yoshi kichik bo‘lishiga qaramay, jang maydonlarida shijoat ko‘rsatgan bu yigitga Ko‘ro‘g‘lining maxsus rag‘bati bor va uni o‘g‘il qilib olgan. Umuman olganda, Ko‘ro‘g‘li bilan uning yigitlari orasida samimiy do‘stlik munosabatlari hukm suradi. Ular bir-birlariga chuqur hurmat bilan qaraydilar.
Dostondagi ayol obrazlari ham eposning qahramonlik ruhini to‘ldiradi. Nigor, Marjon, Telli, Ruqiya, Mahbub boy hukmdor, poshsho qizlari bo‘lsa ham aysh-ishratda o‘tgan hayotdan bezib, Chanlibelga qochib kelganlar. Bu yerdagi qiyin hayot ularni aslo qo‘rqitmas, aksincha ular Ko‘ro‘g‘liga va uning yigitlariga dastak bo‘ladilar. Bu jasur va yuragi keng ayollar turmush o‘rtoqlariga qimmatli maslahatlar berar, kerak bo‘lganda jang maydonga chiqishdan ham toymaydilar.[2][3]<ref name="R2" /><ref name="R3" />
 
== "Ko‘ro‘g‘li"da  qahramonlik qo‘shiqlari ==
Qator 53:
Eposning yuzaga kelish omillardan ilk bora asosli shaklda so‘z ochgan turkman olimi B.A.Karriyev keltirgan dalillar bizda va boshda o‘lkalarda ilgari surilgan g‘oyalar o‘zagini tashkil etadi. To‘g‘rirog‘i, E.Musheg, A. Tabriziy, O‘, Chalabiy, I.Shopen, A.Xodzko, S.S.Penn, I. Petrushevskiy va boshqalar Ko‘ro‘g‘li haqida aytganlariga uning tadqiqotida keng sharh berilgan, bu sababli ham tarixiy asarlarda keltirgan sitatalar keyinchalik darsliklardan o‘rin olgan.
 
Olim shunday to‘xtamga keladi: "Chindan ham XVII asrda katta shuhrat qozongan Ko‘ro‘g‘li nomli shaxs yashab o‘tgan. Ozarbayjon va turkman variantlarida ko‘rsatilishicha, Ko‘ro‘g‘li tuk (aniqroq aytsak, teke) qabilasidan chiqqan turkman edi va uning otasi sulton Murodga xizmat qilgan".[4]<ref name="R4" />
 
== Ko‘ro‘g‘li turk dunyosining umumiy qahramonidir  ==
Qator 68:
“Ko‘ro‘g‘li” dostonining qisqa nashr sanasi ko‘rsatadiki, u XIX asr boshlaridan oxirgi davrlargacha juda mashhur bo‘ldi.
 
Xalq qahramoni Ko‘ro‘g‘lini soz-so‘z san’atkori nomi bilan tanitish an’anasi o‘tgan asrning 30-yillarigacha davom etgan. Ozarbayjon FA Me’morlik va Arxeologiya Instituti arxividan topilgan 1938-yilga tegishli “Oshiq she’rlari” to‘plamida Ko‘ro‘g‘li nomli baxshiga atalgan qo‘shma va geraylilarga duch kelinadi. To‘g‘ri, yosh Ertug‘rul Jovidning (Husayn Jovidning o‘g‘li) izohi bilan chopga tayyorlangan bu to‘plam ba’zi sabablarga ko‘ra chop etilmadi. Bundan tashqari she’rlar eposning alohida qismlari bilan birlashadi. Aniqroq aytganda, mazmunida eposning hodisalari to‘liq aks ettiriladi.[5][6]<ref name="R5" /><ref name="R6" />
 
== Shuningdek qarang ==
Qator 95:
<ref name="R6" >[http://www.anl.az/down/meqale/sherq/2011/iyul/190780.htm Şərq.- 2011.- 13 iyul.- S. 11.]</ref>
</references>
 
[[Turkum:Adabiyot]]
[[Turkum:Kitoblar]]
[[Turkum:Folklor]]
[[Turkum:Ozarbayjon:_Tarix]]
[[Turkum:Ozarbayjon]]
[[Turkum:Ozarbayjon filmlari]]