Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Ko‘ro‘gli dostoni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Progint (munozara | hissa)
Progint (munozara | hissa)
Qator 48:
Dostondagi ayol obrazlari ham eposning qahramonlik ruhini to‘ldiradi. Nigor, Marjon, Telli, Ruqiya, Mahbub boy hukmdor, poshsho qizlari bo‘lsa ham aysh-ishratda o‘tgan hayotdan bezib, Chanlibelga qochib kelganlar. Bu yerdagi qiyin hayot ularni aslo qo‘rqitmas, aksincha ular Ko‘ro‘g‘liga va uning yigitlariga dastak bo‘ladilar. Bu jasur va yuragi keng ayollar turmush o‘rtoqlariga qimmatli maslahatlar berar, kerak bo‘lganda jang maydonga chiqishdan ham toymaydilar.<ref name="R2" /><ref name="R3" />
 
== "Ko‘ro‘g‘li"da  qahramonlik qo‘shiqlari ==
Xalqning qahramonlik tarixi solnomasi bo‘lgan „Ko‘ro‘g‘li“ dostoni yosh naslning vatanparvarlik tarbiyasida muhim rol o‘ynaydi. Dostondan maʼlumki, Ko‘ro‘g‘lining bir qo‘lida qilich, bir qo‘lida soz bo‘lgan. Jangga soz bilan kirib, jangdan keyin ham g‘alabasini sozni bag‘riga bosib tarannum etgan. „Ko‘ro‘g‘li“ dostonidagi kuylar bugun ham katta-yu kichik tilida yoddir. Dohiy Uzeyir Hojibeyli „Ko‘ro‘g‘li“ dostoni motivlari asosida „Ko‘ro‘g‘li“ operasini yozishi, operaning uverturasi esa deyarli barcha davrlarda Ozarbayjonni tanitish gimni sifatida ishlatilishi ham tasodifiy emas.