Qirgʻiziston — versiyalar orasidagi farq

xulosa tahrirlanmadi
 
Oxirgi marta prezidentlik saylovi 15-noyabr 2017-yilda bo'lib o'tdi. Yangi prezident etib Soronboy Jenbekov saylandi. Bundan oldin 1-dekabr 2011-yildan 24-noyabr 2017-yilgacha Almazbek Atambayev prezident edi.
 
Qirg'iziston Respublikasi prezidentiga nomzod 35yoshdan kichik va 70yoshdan katta bo'lmagan, davlat tilida gaplashaoladigan va 15yildan kam bolmagan muddatda respublika fuqarosi bo'lishi kerak.
 
Daryolari Orol depgizi, Tarim, Issiqkoʻl va Balxash koʻli havzalariga mansub. Yirik daryolari: Norin, Chu, Talas. Q.da 1923 koʻl bor. Yiriklari: Issiqkoʻl, Soʻnkoʻl, Chatirkoʻl. Tuproqlari choʻl va yarim choʻl yerlarda boʻz tuproq, daryo qayirlari va koʻl sohillarida allyuvial, oʻtdoqi va oʻtloqi-botqoqtuproqlar. Togʻlarning choʻl-dasht mintaqasida qoʻngʻir tuproqlar, quruq dashtli mintaqada kashtan tuproqlar, togʻlarning sernam yon bagirlarida qora tuproqlar, togʻ tepalarida togʻ-oʻrmon tuproqlarining har xil turlari tarqalgan.
 
Q.da oʻsimliklarning 3,5 mingdan ziyod turi oʻsadi. Mamlakat hududining 4 % dan ortigʻi oʻrmon. Yongʻoqzor-mevazor oʻrmonlar maydoni 265 ming ga. 3600- 4000 m balandliklar sovuq choʻl va togʻ tundralaridan iborat.
 
Hayvonot dunyosi boy. Choʻl va dashtlarda har xil kemiruvchidar, sudralib yuruvchilar, qushlar; oʻrmonlarda qoʻngir ayiq, silovsin, toʻngiz, boʻri, oʻrmon suvsari, togʻlarda togʻ takasi, qor qoploni, ular, togʻ suvsari, yumronqoziq va hokazo yashaydi. Suv havzalarida baliqning 60 dan ortiq turi uchraydi. Moʻynali hayvonlar iqlimlashtirilgan. Hududida Issiqkoʻl, Sarichelak. Beshorol qoʻriqxonalari, Ola-Archa tabiiy milliy bogʻ bor.
 
== Tarixi ==
Q.da topilgan arxeologik yodgorliklar bu hududda taxminan 300 ming yil ilgari odam yashaganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida avval mis, keyinchalik jezdan ishlangan qurollar tarqalgan. Q.ning shimolida saklar qabila ittifoqi (miloddan avvalgi 7— 37—3-asrlar), keyinchalik ular oʻrnida usunlar (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asr) qabila ittifoqi mavjud boʻlgan. Janubiy rayonlar miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Davan davlati, keyinchalik milodiy 1—4-asrlarda kushon qirolligi tarkibida boʻlgan. 5-asrda Q. shimolidagi koʻchmanchi qabilalar oʻtroklasha boshladi. 6—7-asrlarda Q. Turk xoqonligi tarkibida boʻldi. Q. Gʻarbiy Turk xoqonligining markazi boʻlib, xoqonlik poytaxti — Suyob shahri Chu vodiysida (Toʻqmoq shahri oʻrnida) joylashgan. Shimoliy K.da oʻtroqhayotning rivojlanishida Oʻrta Osiyoning dehqonchilik vohalaridan koʻchib kelgan aholining roli katta boʻlgan. 6—8-asrlarda koʻchmanchi turkiy qabilalar Oʻrxun-Yenisey yozuvidan, oʻtroq aholi sugʻd yozuvidan foydalangan. Q. hududida shomoniylik, zardushtiylik, buddaviylik va xristian dinlari tarqalgan. 8-asrning boshida Q.dagi siyosiy hokimiyat turgash zodagonlari qoʻliga oʻtgan. 8-asr oʻrtalarida Oltoydan Tyanshanga qarluqlar kelib, bu yerdagi hokimiyatni egallab olishgan. Qarluqlar hukmronligi 10-asr oʻrtasiga qadar davom etgan. Tyanshanda qirgʻiz qabilalari yashagani haqidagi ilk yozma manbalar 10-asrga oiddir. Bu davrda Chu va Talas vodiylarida shahar va qishloqlar soni koʻpaygan. Ular Issiqkoʻl qirgʻoqlarida ham vujudga kelgan. Shahar va qishloqlar aholisi — Oʻrta Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bogʻliq boʻlgan hunarmandlar va savdogarlar koʻchmanchilari ip-gazlama, charm, yogʻoch, sopol, metall buyumlar, gʻalla, quruq meva va boshqa bilan taʼmin-lab turishgan.
 
Koʻchmanchilar shaharlarga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berganlar. Qarluqlar mulkining markazi — Chu vodiysi orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 10-asr oʻrtasidan taxminan 12-asr oʻrtalarigacha Q. hududida Qoraxoniylar davlatinnng asosiy qismi joylashgan. Chu vodiysida davlat poytaxti — Bolasogʻun (hozirgi Boʻrona shahri xarobasi) boʻlgan. 10— 12-asrlarda Talas vodiysi kumush va boshqa metallar ishlab chiqarilishining yirik markazi hisoblangan. Koʻplab shaharlarda (Bolasogʻun, Oʻzgan va boshqalar) hunarmandchilik, savdo va madaniyat taraqqiy etgan. 13-asr boshida boshlangan moʻgʻullar istilosi qirgʻiz xalqi shakllanishi jarayonini uzoq muddatga toʻxtatib qoʻygan, koʻplab shahar-qishloqlar (14-asr boshiga kelib) vayron boʻlgan, oʻtroq dehqonchilik xoʻjaliklari tanazzulga yuz tutgan. Shimoliy Q.da shu davrdan boshlab yarim koʻchmanchi chorvadorlik xoʻjalikning yetakchi tarmogʻiga aylangan. Oʻrta Osiyoga moʻgʻullar bilan birga koʻplab koʻchmanchi qabilalar koʻchib kelgan. Tyan-shanning bir qismi va Sharqiy Turkiston Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Chigʻatoy ulusining parchalanishi (1348) natijasida Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasida Moʻgʻuliston davlati tashkil topgan. Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib oʻtadilar. muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi. Bu hol Chigʻatoy ulusining ikkiga boʻlinib ketishiga sabab boʻlgan. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va Shimoli-sharqiy qismida qolgan turkiy va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini moʻgʻullar, mamlakatni esa Moʻgʻuliston deb atay boshladilar. 1348 yil Chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temur Moʻgʻuliston xoni qilib koʻtarilgan. Amir Qamariddin hukmronligi davrida Amir Temur unga qarshi 1370—90 yillarda 7 marta qoʻshin tortib borgan va uni oʻziga tobe etgan. Amir Temur vafotidan soʻng temuriylar davrida Ulugʻbek 1425 yil Moʻgʻulistonga zafarli yurish qilgan. 15-asrning oxirida Moʻgʻuliston mayda-mayda qismlarga ajralib ketgan. 15-asrning 2-yarmida Shimoliy Q. hududida qirgʻiz qabilalarining birlashuvi natijasida dastlabki mustaqil xonlik vujudga kelgan, uning aholisini bu davrga kelib shakllangan qirgʻiz xalqi tashkil etgan.
2005 yil martda Q.da yuzaga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat amaldagi prezident A. Aqayevni oʻz lavozimidan ketishga majbur etdi. Q. — 1991 yil 31 dekabrdan MDH tarkibida. 1992 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 31 avgust — Davlat mustaqilligi kuni (1991).
 
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushma birlashmalari. Q. agrar partiyasi, 1933 yil tashkil etilgan; Q. agrarmehnat partiyasi, 1994 yil asos solingan; „Ar-Namis“ („Or-Nomus“) partiyasi, 1999 yil tuzilgan; Q. xotin-qizlari demokratik partiyasi, 1994 yil taʼsis etilgan; q. [[demokratik harakati]], [[1993|1993 yil]]. tashkil etilgan; Q. Kommunistik partiyasi, 1999 yil asos solingan; „Mamlakatim“ harakati partiyasi, 1998 yil tashkil etilgan; „Manas-el“ („Manas xalqi“) maʼnaviy tiklanish partiyasi, 1998 yiltuzilgan; Q. kommunistlari partiyasi, 1992 yil asos solingan; „Erkin Qirgʻiziston“ progressiv-demokratik partiyasi, 1991 yil tuzilgan; „Ata-Meken“ („Vatan“) sotsialistik partiyasi, 1992 yil taʼsis etilgan. Q. kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925 yil tuzilgan.
 
== Xoʻjaligi ==
Respublikada 30 ming oʻrinli 250 dan ziyod kasalxona muassasalarida 15 ming vrach, 30 mingdan ortiq oʻrta tibbiyot xodimi ishlaydi. Vrach va oʻrta tibbiyot xodimlari Tibbiyot institut va bilim yurtlarida tayyorlanadi. Respublika hududida 24 sanatoriy, 21 sanatoriy-profilaktoriy, 57 dam olish pansionati, 11 dam olish uyi, 43 bolalar sogʻlomlashtirish majmuasi va boshqa dam olish maskanlari bor (2002). Mashhur kurortlari: Oqsuv, Jetioʻgʻuz, Choʻlponota, jalolobod, Jirgalan.
 
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. 19-asrning 2-yarmida Q. hududida diniy maktablar — maktabxona va madrasalar boʻlgan. q. [[Rossiyaga qoʻshib olingach]], [[dastlabki rus boshlangʻich maktablari]], [[19-a]].ning 80-yillarida rus-tuzem maktablari ochildi. 1911 yil xotin-qizlar progimnaziyasi, 1912 yil erlar gimnaziyasi tashkil etildi; bu gimnaziya 1917 yilgacha Q. hududidagi yagona oʻrta oʻquv yurti boʻlgan. 1923 yil Q.dagi 327 maktabda 20 mingdan ortiq oʻquvchi oʻqigan. Q.da 2002 yilda 2056 umumiy oʻrta taʼlim maktabida 1168,1 ming, 113 gimnaziyada 72,2 ming, 50 litseyda 18,2 ming, 75 oʻrta hunar oʻquv yurtida 31178 oʻquvchi, 49 oliy oʻquv yurti (jumladan, 16 nodavlat oliy oʻquv yurti)da 214173 talaba taʼlim oldi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Qirgich milliy universiteti, gumanitar universitet, ped. universiteti, tibbiyot akademiyasi, politexnika, sanʼat, qishloq xoʻjaligi insti-tutlari (hammasi Bishkek shahrida).institutlar Institutlar Qirgʻiziston milliy Fanlar akademiyasi institut va muassasalarida, 15 universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlari, tarmoq vazirlik va muassasalarning ilmiy tadqiqot institutlarida olib boriladi. 2002 yil respublikada 4623 ilmiy xodim (ilmiy pedagog kadrlar bilan birgalikda), jumladan, 345 fan doktori va 1051 fan nomzodi ilmiy tadqiqotlar olib bordi. 2002 yil mamlakatda 1035 kutubxona (19 mln. 790 ming asar) faoliyat koʻrsatdi. Ularning eng yirigi — Milliy kutubxona (900 mingdan ziyod asar)dir. yirik muzeylari: Oʻlkashunoslik davlat muzeyi, Tasviriy sanʼat milliy muzeyi, Tarix muzeyi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. 2002 yil Q.da 183 gaz. va 83 jurnal nashr etildi. Yiriklari: „Asaba“ („Bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gazeta, 2001 yildan), „Vecherniy Bishkek“ („Bishkek oqshomi“, rus tilidagi kundalik gazeta, 1974 yildan), „Kizil Tuusi“ („Qizil bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gazeta, 1924 yildan), „Literaturniy Kirgizstan“ („Qirgʻiziston adabiyoti“, rus tilida yiliga 4 marta chiqadigan jurnal), „Slovo Kirgizstana“ („Qirgʻiziston soʻzi“, rus tilida haftada 3 marta chiqadigan gazeta, 1925 yildan), „Erkin Too“ („Erkin togʻlar“, qirgʻiz va rus tillarida haftada 2 marta chiqadigan hukumat gazeta, 1991 yildan). „KABAR“ qirgʻiz milliy axborot agentligi 1937 yil yanvarda tashkil etilgan. Qirgʻiz Respublikasi teleradioeshittirish davlat korporatsi-yasi (1937 yil asos solingan), „Almaz“ xususiy radiostansiyasi, KOORT radio va televideniyesi (1992 yil tuzilgan), „Piramida“ teleradiokompaniyasi (1991 yil asos solingan) mavjud. Radio-eshittirishlar 1931 yildan, telekoʻrsatuvlar 1958 yildan boshlangan.
 
Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodining turli janrlari — ertak, doston, qoʻshiq, rivoyatlar („Kurmanbek“, „Kojojash“, „Er-Tyoshtuk“, „Janish Bayish“) va „Manas“ monumental qahramonlik eposi negizida rivojlangan. Shoir Toʻqtagʻul Sotilgʻonov ijodi 1917 yilgacha boʻlgan xalq sheʼriyatini zamonaviy sheʼriyat bilan bogʻlovchi halqa boʻldi. Barpi Aliqulov (1884—1949) sheʼrlarida ijtimoiy adolatsizlik, ekspluatatsiyaga qarshi norozilik tuygʻulari oʻz ifoasini topdi. Toʻgʻaloq Mulda oʻz sheʼrlarida qirgʻiz ayollarining turmushini bayon etdi. Qirgʻiz milliy yozma adabiyoti asoschisi shoir Aali Toʻqumboyevtr; uning dastlabki sheʼrlari 1924 yil birinchi qirgʻiz gaz.da bosilib chiqqan. 1920-yillarda dastlabki drama, qissa, dostonlar yaratildi. Qirgʻiz adabiyotidagi birinchi dramatik asar M. Tokoboyevning „Bechora Kakey“ pyesasi (1927 yil sahnalashtirilgan), birinchi nasriy asar K.Bayalinovning „Ajar“ hikoyasi (1928) dir. 30-yillarda adabiyotning barcha janr va turlari rivojlandi. [[Tugalboy Sidiqbekov|T. Sidiqbekov]], Q. Jontoshevlarning nasriy, M.Eleboyev, Q. Malikov, T. Umetaliyev, A. Osmonov, dungan shoiri Ya.Shivazaning sheʼriy, J.Turusbekov, J.Bokonboyevning dramatik asarlari bosilib chiqdi. [[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi]] yillari (1939—45) qirgʻiz yozuvchilari vatan-parvarlik ruhida asarlar yozdilar (J. Bokonboyev, M.Eleboyev, A. Toʻqumboyev, Q. Malikov, T. Sidiqbekov, K. Bayalinov, A. Osmonov, T. Umetaliyev va boshqalar). Qirgʻiz adabiyoti urushdan keyingi yillarda yanada rivojlandi. Adabiyotga yangi nomlar: birinchi qirgʻiz shoirasi N. Jetikashkayeva, adiblar Ch. Aygpmagpov, K.Bobulov, Sh.Abdiramanov, S. Eraliyev va boshqa kirib keldi. Yozuvchilardan N. Boytemirov,Sh. Beyshenaliyev, T. Qosimbekov va boshqa, shoirlardan T. Abilqosimova, T. Kojomberdiyev, O. Sultonov, J. Abdikalikov, S. Abiqodirova, R. Risqulov va boshqa, dramaturglardan R. Shukurbekov, T. Abdumoʻminov, B. Jaqiyev, M. Bayjiyev, B. Omuraliyev va boshqa mashhur. Qirgʻiz adiblarining koʻp asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
 
== Meʼmorligi ==
Q. hududidan miloddan avvalgi 4—1-asrlarga oid manzilgohlar topilgan; ular paxsadan qurilgan uylardan, mudofaa devorlari va minoralardan iborat boʻlgan. Qirgʻizlarning anʼanaviy turar joylari yigʻma oʻtov va xom gʻishtdan qurilgan oddiy uylar. 5—10-asrlarda shaharlar paydo boʻldi, qoʻrgʻon va qasrlar, ibodatxona, rabot, karvonsaroylar bunyod etildi. 10-asr oʻrtasi — 12-asrda masjid, minora (Oʻzgan minorasi), maqbara (peshtoq-gumbazli; Oʻzgandagi 3 maqbara) kabi monumental binolar qurildi. 13-asrdan monumental maqbara (Manas maqbarasi, 14-asr) va karvonsaroy (Toshrabot karvonsaroyi, 15-asr), koʻshklar (Oʻsh shahri yaqinida Bobur qurdirgan koʻshk, 16-asr boshi) qurila boshladi. Q. Rossiyaga qoʻshib olingandan keyin shaharlar rivoj topa boshladi. Pishpak (hozirgi Bishkek), Qorakoʻl, Toʻqmoq kabi shaharlar reja asosida (bir qavatli, paxsa va xom gʻishtdan) qurila boshladi. 20-asrning 20-asrlaridan eski shaharlar qayta tiklandi, puxta reja asosida yangi shahar (Jalolobod, Qizilqiya, Koʻkyongʻoq, Talas) va shaharchalar (Koʻktosh, Qorasuv va boshqalar) barpo etildi. 30-yillarning oxiridan binolarda milliy bezaklardan keng foydalanildi (Bishkekdagi Yozgi teatr, meʼmor G. A. Gradov). 40-yillarning oxirlaridan mahalliy sharoit hisobga olingan holda yirik shaharlarning bosh rejalari ishlab chiqildi, shaharlar shu reja asosida qurila boshladi. 1960—70 yillarda binolar yigʻma temir-beton va shishadan barpo etila boshladi (Qirgʻiziston Fanlar akademiyasi binosi, 1960-yillar; Rus drama teatri, 1971; Sport saroyi, 1974, meʼ-mor M.Maruxov; Tasviriy sanʼat muzeyi, 1974, meʼmorlar Sh. Jekshenbo-yev, V. Nazarov, D. Irisqulov, hammasi — Bishkek shahrida; Oʻsh shahridagi „Semetey“ kinoteatri, 1976). Kurortlar qurilishiga eʼtibor berildi (Issiqkoʻl atrofida yirik kurort rayoni barpo etildi). Mamlakatda birinchi yirik panelli toʻqqiz qavatli uy 1975 yil, oʻn ikki qavatli uy 1982 yil, oʻn sakkiz qavatli uy 1985 yilquriddi.
 
== Tasviriy sanʼati ==
Xalq sanʼatida gilamchilik, kigiz bosish, kashtadoʻzlik, charm buyumlari tayyorlash va ularni bezash, kulollik kabi anʼanaviy tarmoklar rivojlangan.
 
Musiqasi qirgʻizlarning asrlar davomida saqlanib kelgan, koʻchmanchi chorvachilikka asoslangan hayot sharoitida rivoj topgan. Shu bois anʼanaviy musiqasida ansambl hamda jamoa ijrochiligi shakllari deyarli uchramaydi, yakka xonandalik va sozandalik yoʻllari asosiy oʻrin tutadi. Xalq qoʻshiq (ir)lari marosim („qoshoq“ yigʻi, „jaramazan“, „beshik iri“ va boshqalar), mehnat („bekbekey“, „shirildan“, „op mayda“), lirik („Seketbay“, „kuy-gen“, „armon“), oʻyin („selkinchek“), shuningdek, „baldar iri“ (bolalar qoʻshiqlari), „qizdar iri“ va boshqalardan iborat. Qirgʻiz shomon-baxshi (baxshi, kuuchu, byubu, emchi va h. q.) lar tomonidan afsun-jodu va tabobat aytimlari ijro etilgan. Boshqa turkiy xalqlarda boʻlgani kabi oqin, manas-chi, jomokchu (terma ijrochilari)ning ijodi keng tarqalgan. Oqinlar nasihat („ulgu ir“, „sanat“), bagʻishlov („arnoo“, „maqtoo“), qutlov („kutuktoo“) qoʻshiqlari, manaschilar „Manas“, „Semetey“, „Seytek“ turkumlari, „Kurmanbek“, „Kojojash“, „Ke-deyxon“ kabi qahramonlik dostonlarini ijro etadi. Musiqa cholgʻulari orasida qad. diddirek, jekesan, shaldiroq, qoʻngʻiroq, ooz qoʻmuz (chsshgkoʻbiz) kabi idiofonlar, puflama sibizgʻa, choor (nay), torli qiyoq, qoʻmuz va boshqa mavjud. Ayniqsa, qoʻmuz va boshqa chol-gʻularda ijro etiladigan yirik shakldagi kuylar („qambarkan“, „kerbez“, „botoy“ va boshqalar) ommalashgan. Xalq orasida manaschilar Sagimboy Orozbakov, Sayakboy Qoralayev, oqinlar Toʻqtagʻul Sotilgʻonov, Qaliq Akiyev, Olimqul Usenboyev, irchilar Atay Ogombayev, Musa Bayotov, qoʻmuzchilar Muzooke Jamankarayev, Kurenkey Belekov, Karamoldo Orozov, Ibray Tumanov, Samarbyubyu Toʻxtaxunova, qiyoqchilar Muratali Kurenkeyev, Said Bekmuro-tov va boshqa mashhur. Anʼanaviy musiqa namunalarini toʻplash va oʻrganish ishlari, asosan, 1920—30 yillarda boshlangan (A. Zatayevich, V. Vinogradov va boshqalar). Shu davrdan boshlab milliy kompozitorlik maktabi ham shakllana boshladi, K. Moldiboyev, M.Abdrayev, A.Tuleyev, A.Omonboyev kabi professional qirgʻiz kompozitorlari yetishdi. Musiqali dramalar („Oltin qiz“, A. Vlasov, V. Fere, 1937; „Oʻlim emas, hayot“, Vlasov, Moldiboyev, Fere, 1938)ning sahnaga qoʻyilishi operalar yaratilishiga yoʻl ochdi, balet, simfoniyalar ijod qilindi. „Manas“ eposi asosida birinchi qirgʻiz operasi („Oygoʻzal“, 1939, Vlasov, Moldiboyev, Fere) yaratiddi. Vlasov va Fere „Anor“ (1940), „Argʻimchoq“ (1943) birinchi qirgʻiz baletlarini, qirgʻiz xalq kuylari asosida ilk simfonik asarlarini (N.Rakov bilan) ijod qilishgan. Vlasov, Moldiboyev, Ferelarning „Manas“ (1946), „Toʻqtagʻul“ (1958) va boshqa operalari, A.Omonboyev, S. L. Germanovning „Aydar va Oysha“ (1952), A.Abrayevning „Boʻron oldida“ (1974) va boshqa operalarda qirgʻiz xalqining erk va baxt uchun kurashi eks etdi. Isteʼdodli ijrochilar yetishdi. Xonandalardan Xalq artistlari S.Kiyizboyeva, A.Moldiboyev, A.Mirzaboyev, B. Minjilkiyev, X.Muxtorov, K.Sartboyev, T.Seytaliyev, Qirgʻiziston xalq artistlari K. Chodronov, M. Mustayeva, M. Mahmutova, dirijyorlardan Xalq artistlari A. Jumahmatov, K. Moʻldabasanov va boshqa mashhur. Opera va balet teatri (1942), filarmoniya (1936), Q. radio va televideniyesining katta simfonik orkestri (1970), Milliy konservatoriya (1993), Sanʼat instituti (1967), Bishkek va Oʻshda musiqa bilim yurtlari, 100 ga yaqin musiqa maktabi, xalq ijodi markazi mavjud. 1939 yilda Q. Kompozitorlar uyushmasi tashkil topgan. Moʻldabasanovning „Momo yer“ baletoratoriyasi (1975), Omonboyevning „Boʻydoklar“ (1961), N.Davlesovning „Ehtiyot boʻling, kelin“ (1970) va boshqa musiqali dramalari, Tuleyev, A. Jonibekov, E.Joʻmaboyevning simfoniyalari zamonaviy qirgiz musiqasi yutugʻi boʻldi.
 
== Teatri ==
Ushbu [[teatr]] [[Oʻzbek milliy akademik drama teatri|Toshkentdagi Hamza nomli Oʻzbek milliy akademik drama teatridan]] keyin [[Markaziy Osiyo]]dagi eng keksa [[teatr]]dir.
 
[[1918]] yili [[Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali-drama teatri|Oʻshda oʻzbek musiqali drama teatri]] va Qorakoʻlda havaskorlik xalq teatri tashkil etildi. [[1920]] yil Pishpek, Qorakoʻl va Norin uyezdlarida faqat havaskorlik teatrlari ishladi. Professional teatr [[1920]]-yillarda vujudga keldi. [[1926]] yilda Musiqali drama studiyasi tashkil etildi. 1930 yil u professional drama teatriga aylantirildi, [[1936]] yildan musiqali drama teatri deb nomlandi; [[1942]] yildan Qirgʻiz opera va balet teatri. Qirgʻiz tilida dramatik spektakllar Yosh tomoshabinlar teatri sahnasida qoʻyildi (u 1936 yil tashkil qilinib, [[1941]] yilgacha ishlagan). [[1941]] yil Frunze (hozirgi Bishkek)da Qirgʻiz drama teatri truppasi tuzildi. 1960-yillarda qirgʻiz xalqining hayoti aks ettirilgan koʻpgina spektakllar yaratildi („Otaning qismati“, B. Jaqiyev; „Qichan“, Sh.Beyshenaliyev; „Yangi kelin“, M. Toʻyboyev; „Yuzma-yuz“, „Momo yer“, ikkalasi ham Ch. Aytmatov qissalari asosida). Q.dagi teatrlarda qirgʻiz va jahon dramaturgiyasining eng yaxshi namunalari asosida koʻptina spektakllar namoyish etildi. Mamlakatda 15 professional teatr, jumladan, Bishkek shahrida qirgiz akademik drama teatri, Rus drama teatri, qirgʻiz drama teatri ([[1972]]-[[1974]]), Norin shahrida Tyanshan musiqali drama teatri, Bishkekda qoʻgʻirchoq teatri (1938) va boshqa ishlaydi. Teatr sanʼati ustalaridan [[Rahmonberdi Madazimov|R.Madazimov]], D. Kuyukova, B. Kidikeyeva, M. Risqulov, [[Joʻraxon Rahmonov|J.Rahmonov]], S. Balqibekova, S. Jamanov, A. Jonqoʻrozova, [[Oʻrinboy Rahmonov|Oʻ. Rahmonov]], S. Kumushaliyeva, A. Quttiboyeva b. mashhur.
 
== Kinosi ==
1939 yil Frunze (hozirgi Bishkek)da kinoxronikaning muxbirlik punkti tashkil etildi. 1942 yil uning negizida Frunze kinoxronika studiyasi („Qirgʻiziston Ikkinchi jahon urushi davrida“ filmi, 1944, rejissyor D.Erdman va boshqalar)ga asos solindi, 1956 yil hujjatli va badiiy filmlar studiyasiga aylantirildi, 1961 yildan „Qirgʻiz-film“ kinostudiyasi deb nomlandi. 1950-y, lardan badiiy kinematografiya rivoj topa boshladi. Birinchi badiiy film „Saltanat“ (1955, rejissyor V. P. Pronin, „Mosfilm“ kinostudiyasi bilan hamkorlikda)dan keyin „Mendagi xatolik“ (1958), „Olis togʻlarda“ (1959), „Tyanshanlik qiz“ (1960), „Choʻlpon — tong yulduzi“ (1960, „Lenfilm“ kinostudiyasi bilan hamkorlikda), „Toʻqtagʻul“ (1961) kabi badiiy, „Ular Tyanshanda tugʻilganlar“ (1958), „Toglar daryosi“ (1960) kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1960-yillardan milliy adabiyot namunalari, xususan, Ch. Aytmatov asarlari ekranlashtirilishi qirgʻiz kinosida diqqatga sazovor ish boʻldi. Ch Aytmatov asarlari asosida yaratilgan „Dovon“ (1961), „Saraton“ (1963), „Birinchi oʻqituvchi“ (1965), „Jamila“ (1969, „Mosfilm“ kinostudiyasi bilan hamkorlikda) va boshqa filmlar qirgʻiz kino sanʼatining yutugʻidir. „Karash dovonidagi oʻq ovozi“ (1968), „Issiqkoʻl lolalari“ (1972), „Oq kema“ (1977), „Ilk turnalar“ (1979, hammasining rejissyor B.Shamshiyev), „Yoshligimiz osmoni“ (1966), „Urkuya“ (1970), „Ulan“ (1978; hammasining rejissyor T.Okeyev) kabi badiiy, „Norin kundaligi“ (1971, rejissyor A.Vidugiris), „Pochta“ (1972, rejissyor B. Abdildayev) hujjatli filmlari xalqaro kinofesti-vallarda mukofotlarga sazovor boʻlgan. Kino aktyorlardan M. Risqulov, D. Kuyukova, B. Kidikeyeva, T. Tursunboyeva, S. Choʻqmorov va boshqa mashhur.
 
== Oʻzbekiston — Qirgʻiziston munosabatlari ==
Qirgiziston Respublikasi 7 viloyatga boʻlinadi viloyatlar esa tumanlarga boʻlinadi.
 
1- [[Jalolobod viloyati]]
 
2- [[Oʻsh (viloyat)|Oʻsh viloyati]]
 
3- [[Botken viloyati]]
 
4- [[Talas viloyati]]
 
5- [[Norin viloyati]]
 
6- [[Issiq-Koʻl (viloyat)|Issiq-Koʻl]]
 
7- [[Chuy viloyati]]
 
== Qirgʻizistonda din ==
18

ta tahrir