Kino sanʼati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Dutcman (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Mahufi (munozara | hissa)
+
Qator 33:
Keyingi 10 yillikda milliy Kino sanʼati rivojida keskin burilish davri boʻldi. Qiziqarli filmlar yaratgan M. Abzalov, 3. Musoqov, Yu. Sobitov kabi rej. larning filmlari zamon muammolari, yoshlar hayotining eng ogʻriq jabhalariga qaratildi, uslublar xilma-xilligi taʼminlandi.
 
"Tongga qadar" (Yu. Azimov), "Ajdodlar ovozi" (F. Shermuhamedov), "Ketma" ([[:be:Джасур Ільхамавіч Ісхакаў|J. Ishoqov]], R. Saʼdullayev), "Sevgi qurbonlari" (A. Ismoilov) kabi filmlar eʼtiborga molikdir. 1996 yil milliy kino uchun yangi muhim sana nuqtasi boʻldi. Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 12 iyul 247-qaroriga asosan, "Oʻzbekkino" davlat aksionerlik kompaniyasi tashkil boʻldi. Farmon oʻzbek kinosini yangi izlanishlar, zamon bilan hamnafas boʻlish vazifalariga undadi, tomoshabinni jalb qila bilish yoʻllarini topishga, oʻz-oʻzini pul bilan taʼminlash, yangi texnik jihozlar bilan qurollanishga majbur etdi. Farmon natijasi oʻlaroq, "Kenja qiz" (R. Kubayeva), "Atrof oppoq qor bilan qoplangan" ([[Kamolova Qamara Shodmonovna|Q. Kamolova]]), "Yuldoʻzimni ber osmon" (F. Davletshin), "Buyuk sohibqiron" (I. Ergashev, B. Sodiqov), "Otamdan qolgan dalalar" (Sh. Abbosov), "Margʻiyona" (H. Fayziyev), "Oʻtgan kunlar" (M. Abzalov, H. Fayziyev), "Piyoda" (R. Malikov), "Yaratganga shukur" (3. Musoqov), "Sevgi" (I. Ergashev), "Yolgʻiz yodgorim" (S. Nazarmuhamedov), "Tilsimoy — gʻaroyib qizaloq" (M. Boymuhamedov) kabi yangicha talqindagi filmlar yuzaga keldi.
 
Hozirgi kunda kinoning ijtimoiy nufoʻzi oshdi, mavzu doirasi kengaydi, mahalliy yozuvchilar asarlarining koʻpayishi koʻzga tashlanadi. Folklor, tarixiy, zamonaviy va falsafiy mavzular qayta ishlab chiqildi. "Ayollar saltanati" (Yu. Roziqov), "Chayongul" (S. Nazarmuhamedov), "Parimomo" (M. Rajabov), "Ona" (3. Musokrv) va boshqa keyingi yillarning eng yaxshi filmlaridir.