Fazogir — versiyalar orasidagi farq

816 bayt qoʻshildi ,  3 yil oldin
k
tahrir izohi yoʻq
k (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
k
{{birlashtirish|Taykonavt}}
[[Tasvir:Astronaut-EVA.jpg|thumb|250px|[[AQSh|Amerikalik]] astronavt [[Bruce McCandless II]] ochiq fazoda (1984).]]
'''Fazogir''' ([[AQSh]]da: ''astronavt'', [[Rossiya]]da: ''kosmonavt'', [[Xitoy]]da: ''taykonavt'') [[fazoviy kema]] ekipaji aʼzosi boʻlib xizmat qilishga tayyorlangan shaxsdir. Fazogirlar koinotda ishlashadi, fazoga sayohat qiluvchilar esa [[fazoviy sayyoh]], deb atalishadi.<ref>[http://spaceflight.nasa.gov/spacenews/factsheets/pdfs/astro.pdf Astronaut Fact Book], [[NASA]]</ref><ref name="utah">[http://www.utahstatesman.com/campus_news/1.563784 Former astronaut visits USU]</ref> Ilk fazogir [[Yuriy Gagarin]]dir.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Astronavt''' (astro… va yun. nautike — kema yuritish) — baʼzi mamlakatlar (mas, AQSH)da kosmonavt atamasi o‘rnida ishlatiluvchi so‘z.<ref name="ReferenceA">[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
'''KOSMONAVTKosmonavt''' (kosmos va yun. nautes — dengizda suzuvchi), astronavt — kosmik kema (KK)da kosmosga parvoz qilib, kosmik texnikani sinovchi va ishlatuvchi, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan kishi; kosmosga inson parvoz qilganidan (1961) soʻng paydo boʻlgan kasb. AQSh da
astronavt deb ataladi. K.da muayyan xususiyatlar (uchuvchilik qobiliyatining yuqoriligi, har xil shoshilinch vaziyatlarda tez qaror qabul qila olishlik, shovqinlar, titrashlar, tezlik va tezlanishlarning uygʻunlashgan taʼsiriga, vaznsizlikka chidamlilik, amaliy va
ilmiy kuzatuvlarni oʻtkazish hamda natijalarni qayd qilib bora olishlik, jismoniy va ruhiy jihatdan barkamol boʻlish, faloqat va haloqatli vaziyatlarda shoshib qolmay, yonidagilarga yordam qoʻlini choʻzish va boshqalar) mujassam boʻlishi lozim. Shuning uchun K.likka nomzod-
lar dastlab, asosan, harbiy uchuvchilar, sinovchi-uchuvchilar orasidan tanlab olingan. Keyinchalik kosmik kemalar ekipajlari tarkibiga maxsus tayyorgarlik va bilimga ega boʻlgan olimlar va muhandislar ham kiritila boshladi. Hozir (2003) ularning katoriga max-
sus tayyorgarlikdan oʻtgan sayyohlar ham qoʻshilmokda.
 
'''Taykonavt''' (xitoycha taykup kosmos) — Xitoyda kosmik parvozni amalga oshiradigan yoki kosmik kema ekipaji aʼzosi sifatida qatnashadigan shaxe. Rossiya va boshqa mamlakatlarda kosmonavt, amerikada astronavt deb ataladi. Xitoyda birinchi T. 38 yoshli podpolkovnik Yan Livey boʻldi. U 2003 y. 15 oktyabr kuni "Shenchjou5" ("Muqaddas kema") kosmik kemasi (KK) da kosmosga parvoz qildi. U kosmosda 21 soatdan koʻp vaqt boʻlib, Yer atrofini 14 marta aylanib chiqdi (600 ming km dan ortiq masofani bosib oʻtdi). Yan Livey 17 okt. kuni ertalab parashyut yordamida KKning tushirish apparatida sogʻsalomat Ichki Mongoliya choʻllariga tushdi. U kosmosga parvoz qilgan 241shaxs boʻldi. Bu parvoz Xitoyning Boshqariladigan kosmik parvozlar muhandislik dasturi (Se Minbo) ga asosan amalga oshirildi. Xitoylik T.ning kosmosga muvaffaqiyatli parvozidan soʻng Xitoy ham Rossiya va AQSH dan keyin kosmik mamlakatlar safiga qoʻshildi.
 
Dastlabki K. larni tayyorlash ishlari AQShda 1959 yilda, SSSRda 1960 yilda boshlangan. Birinchi K. (Yu. A. Gagarin) 1961 yil 12 aprelda kosmosga parvoz qildi. Keyinchalik (1969 yil 16—24 iyulda) AKSh astronavtlari N. Armstrong, E. Oldrin va M. Kollinz Oyga parvoz
qildilar. Birinchi ayol — K. Valentina Tereshkova 1963 yil 16 iyunda kosmosga parvoz qildi. K.-uchuvchi A. L. Leonov 1965 yil 18 martda „Vosxod-2“ KKda kosmosga parvoz qildi (P. P. Belyaev bilan birga) va jahonda birinchi boʻlib ochiq kosmosga chikdi. Oʻzbekistonlik K.— uchuvchi V. A. Jonibekov oʻzining kosmosga qilgan 5 parvozi mobaynida 145 kun 15 soat 58 min. 29 sek. kosmosda boʻlgan, 2 marta ochiq kosmosga chiqib, muhim ilmiy tadqiqot va amaliy ishlarni bajargan. Oʻzbek uchuvchi-astronavti S. Sharipov 1998 yil avgustda amerikalik va rossiyalik 7 kishilik ekipaj tarkibida „Endever“ KKda kosmosga parvoz qildi. 1961—2003 yillar mobaynida kema komandiri va ekipaj aʼzosi sifatida 430 tadan ortiq kishi kosmosga parvoz qilgan.<ref name="ReferenceA"/>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
[[Xalqaro Aviatsiya Federatsiyasi]] (Yevropa) 100 kilometrdan,<ref>[ftp://www.fai.org/sporting_code/sc08_2008.pdf FAI Sporting Code, Section 8, Paragraph 2.12.1]</ref> [[NASA]] (AQSh) esa 80 kilometrdan<ref>[http://www.nasa.gov/centers/dryden/news/NewsReleases/2005/05-57.html NASA — X-15 Space Pioneers Now Honored as Astronauts]</ref> yuqoriga parvoz qilgan shaxslarni koinotga uchgan, deb hisoblaydi. [[2009]]-yilgacha 38 mamlakatdan 505 kishi 100 kilometrdan tepaga parvoz qilgan,<ref name="CBSQL">[http://www.cbsnews.com/network/news/space/democurrent.html Current Space Demographics]</ref> ulardan 24 nafari [[Oy]]ga uchib kelgan.<ref>[http://www-pao.ksc.nasa.gov/kscpao/factoids/hundred.htm NASAʼs First 100 Human Space Flights]</ref>
 
== Manbalar ==
{{reflistmanbalar}}
 
== Havolalar ==